Главная / Jamiyat / «Shifokorlar norasmiy daromadga boglanib qolgan» — khalqaro ekspert Uzbekiston sogliqni saqlash tizimi haqida
<

«Shifokorlar norasmiy daromadga boglanib qolgan» — khalqaro ekspert Uzbekiston sogliqni saqlash tizimi haqida

Jahon bankining sogliqni saqlash buyicha katta eksperti Elvira Anadulu Uzbekiston sogliqni saqlash tizimida mavjud muammolarni sanab utdi, deya khabar bermoqda Kun.uz mukhbiri.

Foto: “Taraqqiyot strategiyasi” markazi

Mutakhassisning qayd etishicha, sogliqni saqlash tizimi khodimlari oylik maosh hajmining kamligi bois norasmiy daromadlarga boglanib qolgan.

«Uzbekistonda sogliqni saqlash tizimini samarali boshqarish imkonini beruvchi normativ-huquqiy platforma mavjud emas. Tekhnik, mamuriy va moliyaviy masalalar buyicha alohida javobgarlik tizimining borligi resurslarning samarasiz taqsimlanishiga olib keladi.

Mamlakatda birlamchi tibbiy-sanitar khizmat miqdor jihatdan kup bulsa-da, sifat jihatdan ularni yuqori baholab bulmaydi. Bu  tizimning etarli moliyalashtirilmasligi bilan bogliq», – dedi Elvira Anadulu ijtimoiy sohada davlat dasturi ijrosi muhokamasiga bagishlab «Taraqqiyot strategiyasi» markazida utkazilgan onlayn davra suhbatida.


Foto: “Taraqqiyot strategiyasi” markazi

Khalqaro ekspert Uzbekistonda tibbiyot tizimini rivojlantirishda etibor qaratilishi kerak bulgan ustuvor yunalishlarni sanab utdi.

«Shahar va qishloq hududlarida kadrlar taqsimotidagi nomuvofiqlikni bartaraf etish uchun tibbiy kadrlar tayyorlashning uzoq muddatli siyosati ishlab chiqilishi kerak. Ikhtisoslikka asoslangan tibbiy khizmat kursatish tizimidan oilaviy vrachlar bazasi asosida birlamchi tibbiy khizmat kursatish tizimiga utilishi maqsadga muvofiqdir.

Faktga asoslangan mamuriy malumotlar saqlanishining ishonchli tizimi yaratilishi lozim. Bu kerakli siyosiy qarorlar qabul qilinishi uchun muhimdir», – dedi Anadulu.

Jahon banki vakili koronavirus pandemiyasining tibbiyot tizimiga kursatadigan salbiy tasirlarini prognoz qildi.

«COVID-19 pandemiyasi natijasida kasalliklarni erta bosqichda aniqlash imkoniyatlari qisqarishi, surunkali khastaligi bulgan bemorlarga khizmat kursatish tizimida kechikishlar kuzatilishi mumkin.

Shuningdek, bolalarni emlash tizimida pauzalar va buzilishlarning bulishi natijasida yangi kasallik tulqinlari paydo bulishi ehtimolini keltirib chiqarishi mumkin. Uyda zuravonlik holatlari kuzatilgan holatda ruhiy salomatlik bilan bogliq muammolar avj oladi», dedi Elvira Anadulu.

О нас

Яна маълумот

gSVsd8VHSBxWXbR-8yle8ewnTSf6MLc

Tanlovdan olingan er: Oqdaryoda tadbirkor 4 yildan buyon kutmoqda, nizom buzilgan, hokimlik uz davosini uzgartirgan

Samarqand shahridan Ulugbek Mansurov tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanish maqsadida er olish uchun bundan turt yil …