Главная / Jamiyat / Shifokorlar qancha maosh olishlari lozim?

Shifokorlar qancha maosh olishlari lozim?

Sunggi paytlarda uqituvchi kasbining obrusini kutarish masalasi kup muhokama qilindi va ularning maoshi bsoqichma-bosqich oshirib borilmoqda. Ammo byudjetning uta muhim yana bir qatlami borki, ular ham alohida etiborga muhtoj.

Shifokorlarning davlatdagi, jamiyatdagi urni beqiyos, bu shubhasiz. Lekin sunggi yillarda bu soha buyicha ham ziddiyatli fikrlar kup uchramoqda. Tizim khodimlari maoshlar kamligidan, moddiy tekhnik baza sustligidan, aniq belgilanmagan va ogir ish vaqti kabi muammolardan shikoyat qilishsa, bemorlar shifokorlarning porakhurligidan, etarli etibor qaratmasligi va malakasi pastligidan nolishadi. Bir qarashda har ikki tomon ham uzicha haq. Keling, har ikki tomonning fikrlarini urganamiz.

Bemor nuqtai nazari

Shifokhonaga ishingiz tushsa, tamom buldim deyavering. Tanish-bilishingiz bulsaku yakhshi, agar hech kimga suyanmay borsangiz navbat kutib umringiz utib ketadi. Bir amallab shifokorga kirganingizda ham qul uchida kuradi va olamjahon dorilarni yozib berib, qulingizga tikilib turadi. Ataganingizni qistirib, dorikhonaga junaysiz. U erda shifokor belgilagan dorilarning narkhini eshitib, kapalagingiz uchadi.

Yana kamiga diagnostika uchun besh-olti joyga junatadi va kerak-nokerak apparatlarga tushib, bor-budingizdan ayrilasiz. Nahotki, shifokorlar turli-tuman uskunalarga shu qadar suyanib qolgan bulsalar?

Ayniqsa tugruqkhonalarda vaziyat chatoq. Bola eson-omon dunyoga kelsin deb suraganini berasiz, yana kamiga chiqib ketayotganingizda ham suyunchi allaqancha pulingizni shilib olishadi. Bermayman desangiz iloji yuq, qator bulib turgandan keyin, bolangiz ularning qulida bulganidan keyin nima ham qilardingiz?..

Ogir operasiyalar paytida jarrohlarning kuni tugadi. Avval kelishib, beradiganingizni berib quymasangiz, operasiyangiz ham chuziladi, sog-salomat chiqishga ham kafolat yuq.

Eng alam qilarlisi, kupchiligi uz kasbining sirlarini bilmaydi, tavakkaliga dori yozib beraveradi. Sizning salomatligingiz ikkinchi darajali.

doctor

Shifokor nuqtai nazari

Agar hayotimni qayta boshlash imkoniyati bulganida, shu kasbni tanlamasdim! Mutlaqo jiddiy aytyapman. Tugri, kucha tozalash, pakhta terish, yagana qilishga ochiqdan-ochiq majburlashlaridan qutuldik. Ammo haliyam byudjetning pulini bekordan-bekorga eb yotibsan, degan minnatli gaplardan khalos bulganimiz yuq. Usha byudjet bizga maosh uchun ajratayotgan pulning uzi kulgili. Khup, aytaylik men pora olmayman va halol ishlayman. 1,3-1,5 million sum oylik olaman. Khush, bu pulga oilamni, usib kelayotgan uch bolamni boqishim mumkinmi? Lekin shugina maoshning ham osmon qadar javobgarligi bor — bemor uchun siz shifokorsiz, oylikni olyapsizmi, davlat sizni uqitganmi, vazifangizni bajarishingiz shart! Balki siz kontrakt tulab, uz pulingizga uqigandirsiz, maoshingiz tirikchilikka etmas, lekin buning kimga qizigi bor?

Okhirgi paytlarda maoshlar oshishi haqida yakhshi khabarlar eshitdik, umid bilan kutyapmiz…

Bir kunda 10 soatgacha ishlayman, yana kunora navbatchilik. Ammo bemorlarning noroziligi tinmaydi. Hozirgi bemorlar zur usulini topib olishgan – portal! Bir kuni hamshira bir bemor bola uchun otasiga ikkita «pampers» olib kelishni aytibdi. Boyagi otaning hammayoqni boshiga kutarib duq urishini kursangiz edi. Nima emish, davlat hamma narsani taminlab quyganmish, hammasini bepul berishimiz kerak emish. Tugri, okhirgi yillarda taminot ancha yakhshilandi, lekin hali hamma narsani davlat taminlab quyishiga ancha bor. Umuman, uzi hech qachon bunday bulmagan, bulmaydi ham.

Qishloqdagi shifokorning holiga bir qarang — mol ham boqadi, dehqonchilik ham qiladi, kerak bulsa pakhsa ham uradi. Akhir u ham ne umidlar bilan 7-8 yil suyagu-ulik titkilab uqigan. Shu qishlogimga foydam tegsin deb qaytib kelgan. Yaganada ham, pakhta terimida ham u bor. Qishloqda odam yutalsa ham unga qarab chopadi. Yakhshiyam khalqimiz khizmatini quruq quymaydi. Ukol qildi deya ikkita non qistirib junatadi. Lekin okhirgi paytlarda mana shu berganini minnat qilganlarning bir toifasi paydo bulyapti.

Poliklinikadagi dukhtirlarga yanayam qiyin. Eshigining oldi hamisha gavjum, lekin tuzalib ketaqolmaydigan bemorlarning daftarlari bir khirmon. Har tashrifga sahifa-sahifa tuldirib tashlanadi. Bu erda endi non berish urf emas — sakhiyroqlar besh-un ming sum tashlab ketishadi, boshqalari shunchaki rahmat. Shifokor shunga ham khursand, shunday tushumlarga ham shukr qilib kucha tozalash, binoni tamirlash, obuna, ishidan tashqari uyma-uy yurib hammaning holidan majburiy khabar olishlarni ham ichiga yutib bajaradi.

Tez yordam shifokorlari ishi hammanikidan ham ogir, mast-alastni eplagan ham, depressiyani amallagan ham, kamiga borgan joyida kaltak egan ham shular. Tugri, maoshi kuproq, bandligi kamroq. Lekin ular utkazgan bitta tun boshqalarning bir necha kuniga teng.

Shunday qiziq odamlarimiz borki, tuy qilsa qoplab pul sochadi. Lekin salomatligiga kelganda khasisligi tutadi. Belgilangan muolajalar uzi uchun, lekin shuni ham pul sarflamaslik uchun qabul qilmaslik payida buladi. Dori buyursang arzonligiga uchib sifatsizini kharid qiladi, keyin shuncha ichib nega tuzalmayapman deb etiroz ham bildiradi.

Soglom turmush tarzi, badantarbiya degan tushunchalar umuman yot bulib ulgurgan!

Lekin organizm malum darajaga kelib, bir dard tutganidan keyin shifokorning huzuriga chopadi va darhol davo topmasa, butun tizimni yomonlay boshlaydi. Khush, shu paytgacha qaerda edingiz? Ichmaslik, chekmaslik kerakligini bilmasmidingiz? Ertalab turib biroz yugurish kerakligidan bekhabarmidingiz? Endi qanday qilib darrov tuzatib yuborishni talab qilasiz?

Yuqorida maosh tugrisida gapirdim. Albatta, kup sohalarda muammolar bor, davlat iqtisodi hali u qadar baquvvat emas. Lekin biz ham bugun yashayapmizku! Harbiylar, MIB khodimlarining maoshlariga havas qilamiz. Hatto quruvchilaru, kompyuter dasturchilarining oyligi ham shifokorlarnikidan yuqori. Tugri, MIBchilar pora olmasligi uchun baland maosh belgilangan. Khush, shifokorchi, unga pora olish mumkin ekanda demak?!

Umuman, asrlar davomida khalqimizda hakimlarga berib kelingan nazr-niyozni pora deb atash mumkinmi?

Sohadagi qiyinchiliklardan zerikkan kupchilik khususiy tibbiyotga utib ketyapti, yanada ilgorlari khorijga junashyapti. Hatto khalqi qashshoq mamlakatlarda ishlagan hamkasblarimiz ham oyiga kamida 1000 dollar maosh olishyapti, 3-5 ming olayotganlari ham talaygina. Hamma uz ishini tashlab ketaversa, bu soha kimlarga qoladi?

Tor mutakhassislikdan voz kechib, hammani umumiy amaliyotga utkazishda shifokorlar obrusi va daromadlari bir tukilgandi. Qachon tiklanadi, hayronman.

Khullas savollar bisyor…

Qissadan hissa

Kurib turganingizdek, har ikki tomonning ham uziga yarasha etirozlari bor va har biri uzicha haq. Biz ham qaysidir tarafning pallasiga tosh bosish fikridan voz kechib, dunyoning turli davlatlaridagi shifokorlarning moddiy ahvoli bilan qiziqamiz, khulosa esa uzingizdan (raqamlar byudjet tashkilotlarining urtacha statistik kursatkichlarga asoslangan).

Evropa

Niderlandiya

Yillik urtacha maosh (mutakhassislar): 253 000 $

Yillik urtacha maosh (umumiy amaliyot shifokorlari): 117 000 $

Belgiya

Yillik urtacha maosh (mutakhassislar): 188 000 $

Yillik urtacha maosh (umumiy amaliyot shifokorlari): 61 000 $

Buyuk Britaniya

Yillik urtacha maosh (mutakhassislar): 150 000 $

Yillik urtacha maosh (umumiy amaliyot shifokorlari): 118 000 $

Fransiya

Yillik urtacha maosh (mutakhassislar): 149 000 $

Yillik urtacha maosh (umumiy amaliyot shifokorlari): 92 000 $

Irlandiya

Yillik urtacha maosh (mutakhassislar): 143 000 $

Yillik urtacha maosh (umumiy amaliyot shifokorlari): 90 000 $

Shveysariya

Yillik urtacha maosh (mutakhassislar): 130 000 $

Yillik urtacha maosh (umumiy amaliyot shifokorlari): 116 000 $

Daniya

Yillik urtacha maosh (mutakhassislar): 91 000 $

Yillik urtacha maosh (umumiy amaliyot shifokorlari): 109 000 $

Norvegiya

Yillik urtacha maosh (mutakhassislar): 77 000 $

Yillik urtacha maosh (umumiy amaliyot shifokorlari): 69 000 $

Shvesiya

Yillik urtacha maosh (mutakhassislar): 76 000 $

Yillik urtacha maosh (umumiy amaliyot shifokorlari): 66 000 $

Finlyandiya

Yillik urtacha maosh (mutakhassislar): 74 000 $

Yillik urtacha maosh (umumiy amaliyot shifokorlari): 68 000 $

Shimoliy Amerika

Kanada: 100-120 ming $

AQSh: 180-245 ming $

Markaziy Osiyo

Qozogiston: 4-7 ming $

Tojikiston: 1-1,3 ming $

Qirgiziston: 2-2,5 ming $

Arab davlatlari

Yaman: 12-18 ming $

Jazoir: 10-14 ming $

Saudiya Arabistoni: 60-85 ming $

Abror Zohidov.

Яна маълумот

nUpwfes8jZf5puqVDrT-ygaHB6NViOgS

Qaysi kasalliklarda Fitoterapiya samarali tasir qiladi?

Shifobakhsh usimliklardan tayyorlangan dorilar qaysi kasalliklarga samarali tasir qilishi haqida malumot berildi. Shifobakhsh usimliklar qadimdan …