Главная / Jamiyat / Sevimli TV seks sahnasini kesib tashlamagan khodimlarini ishdan haydadi

Sevimli TV seks sahnasini kesib tashlamagan khodimlarini ishdan haydadi

Sevimli TV khususiy telekanali 15 iyul kuni efirga berilgan khorijiy filmdagi intim sahna qirqib tashlanmagani uchun uzr suradi. Telekanal “milliy ahloqqa zid sahnani utkazib yuborib, khatolikka yul quygan” khodimlarini ishdan bushatdi.

“Hurliqo”ning “uyatsiz sahnasi”

15 iyul kuni soat 22:30da Sevimli TV orqali “Hurliqo” (I Feel Pretty) khorijiy filmi tulaligicha efirga uzatildi yani filmdagi “milliy mentalitetga mos bulmagan” sahnalar qirqib tashlanmagan holda tomoshabinlarga namoyish qilindi.

Tomoshabinlar tomonidan tasvirga olib tarqatilgan filmning usha “uyatsiz sahnasida” ayol va erkakning upishayotgan kadri aks etgan. Biroz utib kadrda ayolning yalangoch elkasi kurinadi va keyin tushakda yotgan erkakning bosh qismi kurinadi. Ayol va erkakning harakatlanishidan bu kadrlar jinsiy aloqaga ishora ekanligi anglashiladi.

Shu kunning uzida filmni kurgan tomoshabinlarning muayan guruhi orasida “uzbekchilikka zid” film namoyish etgan telekanalni qoralash kampaniyasi boshlandi. Ayrimlar “millat manaviyatini oyoq osti qilgan” telekanal mamuriyatiga qatiy chora kurish talabi bilan chiqdi.

“Uyatsiz sahna” uchun kechirim

16 iyul kuni tushga yaqin Sevimli TV telekanalining Facebook sahifasida“kechirim khati” elon qilindi. Telekanal mamuriyati “Hurliqo” filmidagi intim sahna khatolik bois efirga uzatilgani va bunga khodimlarning masuliyatsizligi sabab bulganini takidladi.

“Filmda tekhnik khato tufayli milliy akhloqimizga zid qisqa epizod utib ketib qolgani uchun” barcha teletomoshabinlardan uzr suragan telekanal ijodiy jamosi “Bunday khato takrorlanmasligi uchun zarur chora-tadbirlar kurildi va belgilandi”, deya khabar qiladi.

Sevimli” telekanali uz tomoshabinlaridan uzr suraydi
Kanalimiz mukhlislariga malumki biz uzbek milliy kinolari bilan bir qatorda khorij kino ijodkorlarining tarikhiy va zamonaviy mavzudagi filmlarini namoyish etib kelamiz. Mazkur filmlar kupchilik tomoshabinlarga manzur bulayotganligi kanal ijtimoiy tarmoqlarida bildirilayotgan fikr-mulohazalardan malum.
Biroq, ish bor joyda kamchilik ham buladi deganlaridek, 15 iyul kuni kech soat 22. 30 dan keyin efirga uzatilgan filmda tekhnik khato tufayli milliy akhloqimizga zid qisqa epizod utib ketib qoldi. Uz ishiga masuliyatsizlik qilgan barcha khodimlar ishdan bushatildi. Bunday khato takrorlanmasligi uchun zarur chora-tadbirlar kurildi va belgilandi.
Ushbu holat munosabati bilan kanalimiz ijodiy jamoasi barcha teletomoshabinlardan uzr suraydi.

Kamida uch kishi ishdan ketdi

Sevimli TV khodimlaridan birining ismini ochiqlamaslik sharti bilan Ozodlikka aytishicha, “Hurliqo” filmidagi intim sahna mojarosi bois kamida uch khodim ishdan olingan:

“Odatda har bir film, ayniqsa, chet el kinolari avvaldan tomosha qilinib, undagi mentalitetimizga mos bulmagan sahnalar montaj qilinib, qirqib tashlanishi lozim. Yakshanba kuni bulgani bois odam kam bulgan va kinoni montaj qilish eslaridan chiqib qolgan. Men ertalabki majlisda qatnashmadim, lekin hamkasblarimning aytishicha, uch kishi ishdan bushatilibdi. Ichida usha kungi navbatchi muharrir ham bor. Balki yana kimlarnidir ishdan olishi yoki vigovor berishlari mumkin ekan. Kechaning uzida tupolon bulib ketdi. Haligacha bu tupolon bosti-bosti bulmadi”, dedi Sevimli TV khodimlaridan biri.

Suhbatdoshning aytishicha, ular qulida “mentalitetga mos bulmagan sahnalar ruykhati” yuq.

“Shakhsan men bunaqa ruykhatni kurmaganman. Lekin oilada utirgan payti kurish uyat bulgan sahnalar, masalan, upishish, quchoqlashish yoki tushakda yotgan sahnalarni berish mumkin emasligini hammamiz bilamiz. Bizda chet elga ukhshab, detskiy vremyadan keyin +18 kinolarini berish degan narsa yuq. 24 soat kursatuv bersangiz, hammasiga birday talab bor”, deydi telekanal khodimi.

Khorijiy filmlarni montaj qilish qonuniymi?

Khorijiy filmlarni montaj qilish qaysi qonuniy hujjatga muvofiq amalga oshiriladi? Istalmagan sahnalarni qirqib tashlash orqali film mualliflarining huquqlariga dakhl qilinmayaptimi? Bu savollar – alohida katta mavzudir.

Akhborot tekhnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligining Ozodlik boglangan khodimi «Milliy mentalitetga mos kelmaydigan sahnalar» borasida vazirlik huzuridagi Monitoring markazidan malumot olishimiz mumkinligini aytdi.

Teledasturlarni kuzatib boruvchi Monitoring markazining uzini Rashid deb tanishtirgan khodimi esa, bergan savollarimizni urganib, keyin uzlari qungiroq qilishini aytib, Ozodlik mukhbirining telefon raqamlarini yozib oldi. Biroq qungiroq qilishmadi.

“Bitta labidan upganiga shunchami?

Sevimli TVdagi “uyatsiz” sahna borasida bahslashgan ijtimoiy tarmoqlar yuzerlari ikki guruhga bulingani kuzatildi. Ushbu sahna namoyishini qoralagan muayyan guruhga qarshi turgan yuzerlar bu kabi sahnalarning hech qanday uyatli joyi yuqligi haqida yozishdi.

Jumladan, Facebook foydlanuvchisi @Otabek Kadirov “Bitta labidan upgan sahnani utib ketganiga shuncha shov-shuv qilish kerakmi?! Odamlar “Daydi qizning daftari” “Bahor qaytmaydi” “Shaytanat”lardagi shunaqa joylarini uqib sanat darajasiga olib chiqishadiyu bitta tvda kurganini mentalitetga qarshi deb propaganda qiladi. Absurddan boshqa narsa emas”, deya yozdi.

Jurnalist Jasur Hamroev esa “Har bir film har bir millat khususiyatlarini inobatga olib, yaratilsa, “butqa” buladi-ku?! Shundoq ham filmlarni “qirqaverib”, mazmuni “poyintar-soyintar” bulib qolmoqda!” deya yozgirdi Facebook sahifasi orqali.

Яна маълумот

nUpwfes8jZf5puqVDrT-ygaHB6NViOgS

Qaysi kasalliklarda Fitoterapiya samarali tasir qiladi?

Shifobakhsh usimliklardan tayyorlangan dorilar qaysi kasalliklarga samarali tasir qilishi haqida malumot berildi. Shifobakhsh usimliklar qadimdan …