Главная / Siyosat / Shavkat Mirziyoev Imomali Rahmon bilan uchrashuv utkazdi
<

Shavkat Mirziyoev Imomali Rahmon bilan uchrashuv utkazdi

Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari buyicha kengashning beshinchi sammitida ishtirok etish uchun Dushanbe shahriga kelgan Uzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashdi.

Imomali Rahmon khalqaro darajadagi tadbir doirasida yana bir bor uchrashish imkoniyatidan mamnunligini bildirdi va yuqori martabali mehmonni Tojikistonga tashrifi bilan qutladi.

Davlat rahbarlari Uzbekiston-Tojikiston dustlik, yakhshi qushnichilik va kup qirrali hamkorlik munosabatlari jadal surat bilan rivojlanib, tobora mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

«Uzaro siyosiy iroda va birgalikdagi say-harakatlar tufayli strategik sheriklik tamoyillari amalda ruyobga chiqarilayotgani qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi ortmoqda, qushma kooperasiya loyihalari va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlari ilgari surilmoqda. Hududlar darajasida faol muloqot yulga quyilgan.

Uchrashuvda qardosh mamlakatlarimiz urtasidagi keng kulamli hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi hamda mintaqaviy va khalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar kurib chiqildi.

Davlatimiz rahbari Tojikiston Prezidentiga OHIChK sammiti doirasidagi tadbirlar muvaffaqiyatli utishini tiladi», deyiladi Uzbekiston prezidenti matbuot khizmati khabarida.

«Uchrashuv davomida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, qushma ishlab chiqarish korkhonalari tashkil etish, uzaro tovar almashish hajmini oshirish hamda hamkorlikning tomonlar uchun uzaro manfaatli boshqa sohalaridagi masalalar muhokama qilindi», deyiladi Tojikiston prezidenti matbuot khizmati khabarida.

Afgonistondagi siyosiy muammolar echimi, terrorizm, diniy ekstremizm, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi kabi tahdidlarga qarshi birgalikda kurashish davlat rahbarlarining diqqat markazida buldi.

Shuningdek, Toshkeentda Dushanbe kunlari va Dushanbeda Toshkent kunlarini utkazish maqsadga muvofiq ekanligi qayd etildi.

Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari buyicha kengash qitada hamkorlikni mustahkamlash, tinchlik, khavfsizlik va barqarorlikni taminlashga qaratilgan khalqaro forumdir.

Bugungi kunda kengashga 27 davlat azo. Sakkizta mamlakat va beshta khalqaro tashkilot uning kuzatuvchilaridir. OHIChK 2007 yil oktyabr oyida BMT Bosh Assambleyasi huzurida kuzatuvchi maqomini olgan. 2018-2020 yillarda OHIChKga Tojikiston Respublikasi raislik qilmoqda.

«Khavfsiz va yanada ravnaq topgan mintaqa sari yagona yondashuv» mavzuida utadigan bu galgi yalpi majlisda kengashga azo va kuzatuvchi mamlakatlardan, shuningdek, khalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vakillaridan iborat 30 dan ziyod delegasiya ishtirok etadi.

Uzbekiston prezidenti sammit doirasida qator khorijiy delegasiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar ham utkazadi.

О нас

Яна маълумот

TZGrIeHIA_LdoX6n748a5NWuxKVXBUUU

Hukumat qarori: Erkin Vohidov memorial muzeyi tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining “Erkin Vohidov memorial muzeyi hamda Haziniy uy-muzeyi faoliyatini tashkil etish tugrisida”gi qarori qabul …