Главная / Siyosat / Shavkat Mirziyoev Erdugan bilan uchrashdi
<

Shavkat Mirziyoev Erdugan bilan uchrashdi

Turkiyaga tashrifini amalga oshirayotgan Uzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Anqarada Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdugan bilan uchrashdi. Uzbekiston prezidenti Erdugan qarorgohida tantanali ravishda qabul qilindi.

Turkiya Respublikasi prezidenti saroyida Uzbekiston Respublikasi prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bulib utdi.

Unda oliy martabali mehmon sharafiga fakhriy qorovul saf tortdi, ikki davlat madhiyalari yangradi.

Ikki davlat delegasiyasi vakillari tanishtirildi.

Rasmiy kutib olish marosimidan sung davlat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi boshlandi.

Kun.uz mukhbirining khabar berishicha, uchrashuvda davlatlar urtasidagi hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, birgalikda yangi loyiha va dasturlarni amalga oshirish masalalari kurib chiqilgan.

Davlat rahbarlari uchrashuvda uzlarini qiziqtirgan mintaqaviy va khalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.

Ayni vaqtda Anqara shahrida Uzbekiston – Turkiya strategik hamkorlik kengashining birinchi yigilishi boshlanishi kutilmoqda.

Bu kengash ikki tomonlama munosabatlar tarikhida yangi muloqot formati hisoblanadi. U 2018 yili davlat rahbarlarining Qushma bayonotiga muvofiq tuzilgan.

Kengash uz faoliyatini Uzbekiston va Turkiya prezidentlari hamraisligida olib boradi.  Siyosat, khavfsizlik, mudofaa, savdo, iqtisodiyot, investisiya, turizm, energetika, transport,  qishloq khujaligi, fan, talim, madaniyat,  sogliqni saqlash va uzaro manfaatli boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish strategiyasini belgilaydi. Shuningdek, qushma loyihalarning bajarilishini nazorat qiladi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik buyicha hukumatlararo komissiya hamraislari erishilgan natijalar tugrisida mazkur kengashga doimiy akhborot kiritib boradi. Uzbekiston tashqi ishlar vazirligi va Turkiya tashqi ishlar vazirligi strategik hamkorlik kengashining muvofiqlashtiruvchi organi hisoblanadi.

Uchrashuv yakunida Oliy darajadagi Uzbekiston-Turkiya Strategik kengashining 1-yigilishi yakunlari buyicha qushma bayonot, shuningdek, savdo va iqtisodiy yunalishdagi qator hujjatlar imzolanishi ham kutilmoqda.

О нас

Яна маълумот

VkJrM3E1SSWRTvMBydDG4D9SFsS5zO5W

«Hududingda kimdir vafot etsa, tobutini kutar, shunda hurmat qilishadi» – Almatov ichki ishlar organi khodimlarining urni haqida gapirdi

Kun.uz sizni qiziqtirgan mavzularda suhbatlar uyushtirishda davom etadi. Bu galgi suhbatdoshimiz Uzbekistonning eng taniqli insonlaridan …