Главная / Siyosat / Shavkat Mirziyoev Avtomobil yullari qumitasi raisiga qattiq tanbeh berdi
<

Shavkat Mirziyoev Avtomobil yullari qumitasi raisiga qattiq tanbeh berdi

Prezident Shavkat Mirziyoev Fargona viloyatiga safari doirasida Fargona shahridagi «Shodiyona» mahallasiga kutilmagan tashrif bilan bordi.

«Makhsus rakurs» kursatuvida khabar qilinishicha, davlat rahbari mahalla idorasi qaerda ekani bilan qiziqqan.

«Mahalla idorasi qaerda? Nega olib bormaysan usha erga, mahallaning raisi qani, nahotki bilmaysan?» – dedi prezident.

Shavkat Mirziyoev kup qavatli uyda yashovchilar bilan muloqotni tukhtatmagan, bu erdagi mahalla fuqarolar yigini binosini ham uz kuzi bilan kurish istagini bildirgan.

Prezident mahalla fuqarolar yigini binosi va yullar achinarli ahvolda ekanini tanqid qilib, shaharning endilikda sobiq hokimi Hamid Habibidinovga qattiq tanbeh bergan.

«Nega ahvol bunday kharob? Nega shu paytgacha joyiga quyilmagan, nega men kelishim kerak? Qachon hammang kabinetda utirishni bas qilib, galstukni echib, etik kiyasan? Bu nima ahvol? Surkhondaryoni borib kurgin, bunaqa mahalla raisi qolmagan u erda. Nega ishlamaysizlar, yullarning qandayligini qara, binoni qara, odamlarni qara. Bu Fargona-ku, ogayni. Birorta uyingning oldida bir baraka yuq, hamma er chiqindi bulib yotibdi», – degan prezident unga.

Kursatuvda qayd etilishicha, yullardagi nosozliklar sababli tanbehlardan Avtomobil yullari qumitasi rahbari (Abdurahmon Abduvaliev) ham quruq qolmagan.

«Mana shu yullarga kim javob berishi kerak? Sen shuncha yonimda yurgan odamsan, nega shuni aytmaysan? Bu yullar sifati sharmandalik emasmi? Mayli, tumanlarda hech balo qilmabsan, shaharda-chi? Nega men aytmasam qilmaysan shuni, turt yildan beri yonimda yuribsan-ku? Shuncha pul beryapman, nega uzingni qiynamaysan? Nega taklif bermaysan, nega hammang befarqsan? Hozir yana ketasizlar, yana eski hammom, eski tos buladi», – dedi Shavkat Mirziyoev.

  • Bundan oldinroq Fargona shahri hokimi Hamid Habibidinov va boshqa sektor rahbarlari – prokuror Atham Mamataliev, ichki ishlar bulimi boshligi Shavkat Dadakhonov va davlat soliq inspeksiyasi boshligi Vohidjon Bobobekov prezident tashrifi doirasida ishdan olingani khabar qilingandi.
  • 2017 yil martidan buyon Avtomobil yullari qumitasi raisi bulgan Abdurahmon Abduvaliev yanvar oyi boshida bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi yigilishdan keyin hayfsan olgandi.

О нас

Яна маълумот

Y3LYavBWBjhXiGkD1cadlGp3SQMz8yl5

Toshkent viloyati hokimi ishdan olindi. Uning urnini Jahongir Ortiqkhujaevning sobiq urinbosari egalladi

Toshkent viloyati hokimi Rustam Kholmatov lavozimidan ozod etildi. Uzbekiston prezidentining bu haqdagi farmoni elon qilindi. …