Главная / Jamiyat / Samarqand viloyatida avtobus va yuk mashinasi tuqnashdi. Bir kishi halok bulgan, 20dan ortiq kishi jarohatlangan
<

Samarqand viloyatida avtobus va yuk mashinasi tuqnashdi. Bir kishi halok bulgan, 20dan ortiq kishi jarohatlangan

3 sentyabr kuni takhminan soat 07:00da Samarqand viloyati, Jomboy tumanining Beshbola qishlogi hududida «ISUZI» rusumli avtobus «MAN» rusumli yuk avtomashinasi bilan tuqnashdi.

Sogliqni saqlash vazirligi malumotlarga qaraganda, avtobusda 31 nafar yulovchi bulgan, ularning 22 nafari turli darajadagi tan jarohati olgan. 1 nafar yulovchi voqea joyida vafot etgan.

0_kys6qphttyipxuarnvj9kqc8bel-pj

«Tez tibbiy yordam birigadasi voqea joyiga 5 daqiqada etib borgan. Jami 8ta tez tibbiy yordam brigadasi kumagida jarohatlanganlarning barchasi tezkor ravishda Jomboy tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelingan.

Sogliqni saqlash vazirligi tomonidan bemorlarga uz vaqtida tezkor tibbiy yordam kursatish maqsadida sanitar aviasiya khizmati orqali neyrokhirurg, khirurg, travmatolog kabi qator tajribali mutakhassislar safarbar etildi. Ayni paytda yul-transport hodisasi natijasida jarohatlanganlarning 6 nafari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand filialiga davolanish uchun kuchirilgan, 3 nafar bemorga Jomboy tuman tibbiyot birlashmasida, 13 nafar bemorga esa ambulator tibbiy khizmat kursatilmoqda.

Hozirda Sogliqni saqlash vazirligi tomonidan halokat oqibatida jabrlanganlarga yuqori malakali tezkor va sifatli tibbiy yordam kursatish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Qushimcha dori-darmon va tibbiy vositalar etkazib berildi», deyiladi Sogliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bulimining telegramdagi kanalida.

О нас

Яна маълумот

agCkoYZuMMFytud3lRmV09wdqqZxhe_D

Uzbekistonda Gollivud aktyorlari ishtirokida tarikhiy serial suratga olinadi

Uzbekistonda Gollivud aktyorlari ishtirokida tarikhiy serial suratga olinishi rejalashtirilmoqda. Shu munosabat bilan 2020 yilda Samarqand, …