Главная / Madaniyat / Samarqandda hadis ilmi maktabi tashkil etildi
<

Samarqandda hadis ilmi maktabi tashkil etildi

Samarqanddagi Imom al-Bukhoriy majmuasi
Samarqanddagi Imom al-Bukhoriy majmuasi

Uzbekistonda hadis ilmi maktabi tashkil etildi va u Samarqand viloyatining Payariq tumanidagi Khuja Ismoil shaharchasida bunyod etilgan Imom Bukhoriy khalqaro ilmiy-tadqiqot markazi binosida faoliyat olib boradi. Bu haqda Samarqand viloyat bosh imom-khatibi Zayniddin Eshonqulovning Uzbekiston Milliy akhborot agentligi saytida chop etilgan maqolasida aytiladi.

Maktab Uzbekiston Prezidentining 2018 yil 16 aprelidagi “Diniy-marifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tugrisida”gi farmoni ijrosini taminlash maqsadida 1 noyabr kuni Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Hadis ilmi maktabi faoliyatini tashkil etish va qullab-quvvatlash chora-tadbirlari tugrisida”gi qarori asosida tashkil etilgan.

Hadis ilmi maktabi Uzbekiston musulmonlari idorasi muassisligida oliy talim beruvchi nodavlat talim muassasasi hisoblanadi.

“Hozirda yurtimizda faoliyat olib borayotgan oliy va urta makhsus diniy talim muassasalarida darslar umumiy yunalishda olib boriladi. Shu bois, hadis ilmini urgatishga ikhtisoslashgan talim yunalishidagi ilm dargohiga ehtiyoj bor edi. Chunki buyuk muhaddislar yashab utgan zaminimizda hadis ilmi buyicha bilimdon, bobolar yulini munosib davom ettiradigan mutakhassislarga talab yuqori.

Islom dini va hadis ilmi rivojiga beqiyos hissa qushgan buyuk ajdodlarimizning boy merosini chuqur urganish, ular tomonidan asos solingan hadis ilmi maktablari faoliyatini qayta tiklash va rivojlantirish hamda dinimiz asoslari va hadis ilmini pukhta uzlashtirgan oliy malymotli etuk mutakhassislar tayyorlash maqsadida tashkil etilayotgan ushbu talim dargohi ayni ehtiyojni qondirishga khizmat qiladi” deyiladi Z. Eshonqulov maqolasida.

О нас

Яна маълумот

Onangni bir eslaysanmi ? Sher

Sensiz bakhtli yurgan yoring uchun yiglaysan Sen uchun qaygu urgan onangni khech eslaysanmi Sevgiling khafa …