Главная / Jamiyat / Samarqandda «Neksiya» va «Damas» tuqnashib ketdi. Ikki haydovchi ham halok buldi
<

Samarqandda «Neksiya» va «Damas» tuqnashib ketdi. Ikki haydovchi ham halok buldi

7 iyun kuni Samarqand viloyat Toyloq tumanida yul transport hodisasi sodir buldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi khabar bermoqda.

t-p2yygst3fy4tothrosl09yugzz2foi

7 iyun kuni soat 19:30 larda Samarqand viloyati Urgut tumanida yashagan 47 yoshli B.B. uz boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomashinani Toyloq tumani Shokkash mahallasi hududidan utuvchi «Toyloq-Urgut» yulining 3-kilometrida haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay, yulning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketgan va Toyloq tumanida yashagan 27 yoshli A.H. boshqaruvidagi «Damas» rusumli avtomashinasi bilan tuqnashuv sodir etgan.

Avtohalokat oqibatida ikkala avtomashina haydovchisi kasalkhonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan. Holat yuzasidan Uzbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi quzgatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Takidlash joiz, Urgut-Toyloq yuli Samarqand viloyatidagi eng serqatnov hududiy yullardan biri hisoblanadi.

Ushbu yulning qarama-qarshi yunalishdagi «polosalari» tusiqlar yordamida ajratilmagan. Ikki tomonga harakatlanish uchun ham atigi bitta «polosa» ajratilgan. Yulning torligi, yoritilmasligi, qarama-qarshi yunalishlar tusiqlar yordamida ajratilmagani va ayniqsa yul qoplamasi sifatli bulmagani sabab bu yulda tez-tez yul transport hodisalari bulib turadi.

О нас

Яна маълумот

Uzbekistonning 3 aeroporti boshqaruvi khorijiy kompaniyaga berilmoqda – sabab? Transport vazirligi bayonoti

Uzbekistonning Samarqand, Namangan va Urganch aeroportlari boshqaruvi «Novaport» kompaniyasiga utishi tugrisidagi khabarlar paydo bulib, memorandum …