Главная / Madaniyat / Salovot aytish fazilati

Salovot aytish fazilati

muhammadzarif-dadamirzaevNabiy sallollohu alayhi vasallamga salovot yullash qalbni munavvar qiladigan, duolar ijobat bulib, amal daftariga kuplab savoblar bitilishiga sabab buladigan guzal ibodatdir.

Quroni Karim va hadisi shariflarda bir necha urinlarida Paygambarga kup va khup salovot aytishga targib qilinadi. Jumladan, Ahzob surasining 57 – oyatida shunday mahamat qilinadi: “Albatta Alloh va uning farishtalari Paygambarga salovot ayturlar. Ey iymon keltirganlar! Siz ham Unga salovot ayting va  kup salom yullang!”. Ushbu oyati karimada Alloh taoloning Uzi Nabiy sallollohu alayhi vasallamga salovot yullab turishni eslatar ekan, biz ummatlari ham Ul zotga mudom salovot aytishga buyurgan.

Salovot suzi arab tilida “صلاة”  kalimasining kupligi bulib “duo, magfirat surash” manolarini bildiradi. Shuningdek namoz ham magfirat surash bulgani uchun “صلاة” deyiladi.  Azhariy rakhmatullohi alayhi “solat” ning “rahmat” manosi ham bor deydilar.

Salovot Alloh tomonidan bulsa “rahmat”, farishtalar tarafidan bulsa muayyan banda uchun Allohdan magfirat surash, bandalar tarafidan esa “duo”dir. Jumhur ulamolar: “Kishi umri mobaynida bir marotaba salovot aytish vojib hamda Nabiy sallollohu alayhi vasallamga salovot yullash, zikr – tasbih, hamd aytish kabi ibodatdir” – deganlar.

Mumin kishi Rasulloh sallollohu alayhi vasallam haqlariga  tez-tez  salavot yullab turishga harakat qilishi lozim. Zero bu shafoatchimizga bulgan muhabbatimizning ifodasidir. Mumin kishi salovot yullasa ziyodasi bilan Alloh taolo ajr-savob beradi. Uni un barobar qilib qaytaradi. Zero Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda: “Nabiy sallollohu alayhi vasallam aytadilar: “Kim menga bitta salovot aytsa, Alloh taolo unga unta salovot aytadi”.

Yana Abdulloh ibn Masud raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda shunday deyiladi: “Rasulloh sallollohu alayhi vasallam dedilar: “Qiyomat kunida insonlarning menga eng yaqini kup salovot aytadiganlaridir”. (Imom Termiziy rivoyati)

Rasulloh sallollohu alayhi vasallamning ismlari tilga olinganda yoki Paygambarimiz deya u zot nazarda tutilganda ham salovot yullash lozim. U zot haqlarida suzlaganda diqqat bilan tinglab malolanmay, qancha kup nomlari zikr qilinsa, zavqu shavq bilan shuncha kup salovot aytish Janobimiz alayhis – salomga bulgan muhabbatimizdan dalolat beradi. Kishi uz imkonyatidan kelib chiqib, malum miqdorda salovot yullashni uziga vazifa qilib olsa va bu ishda bardavom bulsa maqtalgan, mandub amalni qilgan buladi.

Solih taqvodor zotlardan Muhammad ibn Said ibn Mutarrif rahmatullohi alayhi aytadilar: ”Men har kuni kechasi uyquga yotish oldididan Rasulloh sallollohu alayhi vasallamga  malum miqdorda salovot aytishni vazifa qilib olgandim. Bir kuni kechasi odatdagidek sanoqni etkazib ukhlab qoldim. Tushimda, birdan men ukhlab yotgan khonaga  Nabiy sallollohu alayhi vasallam kirib keldilar. Khona yorishib ketdi. U zot men tomonga turib, “Menga kup salovot yullaydigan bu ogizdan upsam”, dedilar. Men uyalib yuzimni burgandim Ul zot alayhis-salom yonogimdan updilar. Usha ondayoq uygonib ketdim. Shu payt yonimdagi ayolim ham uygondi. Uyda Nabiy sallollohu alayhi vasallamning khushbuy hidlari ufurib turardi. Mening yonogimda ham Ul zot  sallollohu alayhi vasallamning khushbuy hidlari qolib un sakkiz kunga qadar buy taratib turar, har kuni ayolim uni hidlar edi.

Anas ibn Molik rziyallohu anhudan rivoya qilinadi: Nabiy sallollohu alayhi vasallam marhamat qilib, dedilar: “Kim menga bitta salovot aytsa, Alloh taolo unga unta salovot yullaydi. Uning unta gunohi uchiriladi. Un daraja yuksaltiriladi” (Imom Nasoiy rivoyati).

     Shuningdek hadisi shariflar kuchirilganda yo U zot  sallollohu alayhi vasallamning muborak ismlarini yozganda ham “s.a.v.” deb qisqartirmay, “sollallohu alayhi va sallam” yoki “alayhissolaatu vassaalom” yokhud “alayhissalom” deya tuliq yozish Nabiy sallollohu alayhi vasallamga nisbatan hurmat – ehtirom hisoblanadi. Yahyo ibn Maindan rivoyat qilinishicha Abu Zakariyo Obidiy rahmatullohi alayh aytadilar: “Hadis ilmi bilan shugullanadigan basralik dustimiz bor edi. U hadislarni kuchirib yozsa qogozni qizganib Nabiy sallollohu alayhi vasallamga salovotni yozmay, tushirib qoldirar edi. Kup utmay uning ung quliga “qorason” tushib qattiq azob chekdi. Okhiri, uning quli kesib tashlandi”.

Salovot haqida buyuk sahobalardan Umar raziyallohu anhu “Nabiy sallollohu alayhi vasallamga salovot yullamaguningcha, qilgan duolaring Eru Osmon orasida tukhtab turadi. Undan birortasi qabul bulmaydi”, – deganlar (Imom Termiziy rivoyati). Oisha raziyallohu anho onamiz aytadilar: “Majlislaringizni Nabiy sallollohu alayhi vasallamga salovot aytish bilan bezatinglar”.

Ali karramallohu vajhahu aytadilar: “Barcha duo Nabiy sallollohu alayhi vasallam va u zotning ahli oilasiga salovot yullangunga qadar tusilib turadi.

“Abdurohman ibn Amr raziyallohu anhu aytadi: “Kimki Nabiy sallollohu alayhi vasallamga bitta salovot yullasa Alloh taolo va farishtalar uning haqqiga etmishta salovot yullaydi ” (Imom Ahmad rivoyati).

Demak musulmonman deb davo qilgan har bir ummat Nabiy sallollohu alayhi vasallamga kuproq salovot aytishga intilishi kerak. Zero salovot aytish kishining gunohlari kechirilishi, dunyo va okhirat hojatlari bitib, janobimiz Nabiy sallollohu alayhi vasallamning shafoatlariga noil bulishga sabab buladi.

                                     Muhammadzarif DADAMIRZAEV

                                     Imom Bukhoriy nomidagi Toshkent Islom instituti talabasi

О нас

Яна маълумот

Oxb5vMnYXmu6c091XpmRkIR2xL87yNFn

12:40 33852 2 «Bu tizimni fuqarolarimizning oyogiga kishan qilganmiz» — Prezident propiskani isloh qilish buyicha topshiriq berdi

Parlament va hukumat 2020 yil 1 aprelga qadar propiska tizimini isloh qilish buyicha aniq takliflar …