Главная / Madaniyat / Salomlashish odobi

Salomlashish odobi

968337342a24cabb92ca9068ef883eb1Malumki, muqaddas dinimiz Islom talimotlari insoniyatni guzal khulqu odoblar bilan ziynatlab, ezgu fazilatlar kasb ettiruvchi ilohiy yul-yuriq va kursatmalardan tashkil topgan. Paygambarimiz Muhammad alayhissalom ham bir hadislarida shunga ishora qilib, “aslida, Men oliyjanob khulqlarni kamoliga etkazish uchun yuborilgandirman”, deya marhamat qilgan edilar (Imom Ahmad: musnad; Hokim; Bayhaqiy; Bukhoriy: al-adab al-mufrad; Ibn Abu-d-dunyo rivoyatlari). Ushbu hadisi sharifda U zot Uzlarining paygambar sifatida yuborilishlaridan kuzlangan maqsadlardan biri olijanob khulq va fazilatlarni kamol toptirish ekanligidan khabar berganlar. Mazkur oliyjanob khulqlardan biri ham islomiy salomlashuvdir. Albatta, har bir khalq va madaniyatning uz salomlashish uslubi bor. Islomdan avval ham odamlar bir-birlari bilan turli khil kurinishlarda salomlashganlar. Ammo, Islom salomi uziga khos. Negaki, uni odamlar emas balki, Alloh taoloning Uzi sunggi paygambari Muhammad alayhissalom orqali joriy qilgan. Binobarin, mazkur salom bilan salomlashgan kishilar qushimcha ajr-savoblarni ham qulga kiritadilar. Chunki, ular nafaqat salomlashayotgan, balki, dindagi bir buyruqni amalga oshirib, bir sunnatni tiriltirayotgan buladilar. Bu jihatdan salomlashuvning uzi bir ibodat, desak yanglishmagan bulamiz.
Salomlashishning bu turi musulmonlarni boshqalardan ajratib turuvchi asosiy belgilaridan biri bulib, jamiyat vakillari urtasida inoqlik paydo bulishiga khizmat qiladi. Kishilar urtasida mehr-muhabbat tuygularini vujudga keltiradi. Bu esa uz navbatida jannatga kirish omillaridan ekanligi hadisi shariflardan malumdir. Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “toki, mumin bulmaguningizgacha jannatga kirmaysiz. Toki, bir-biringizni yakhshi kurmas ekansiz, (komil) mumin bulolmaysiz. Bir-biringizga nisbatan (qalblaringizda) muhabbat paydo bulishiga sabab buladigan ishni aytaymi?!.. Orangizda salomni yoying!”, deya salomlashishni odamlar orasida keng kulamda joriy qilish jannatga kirish sabablaridan biri ekanligini bayon qilib berganlar (Imom Muslim, Abu Dovud, Termiziy va Ibn Moja rivoyatlari). Etibor berilsa, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam jannatga kirish sharti (komil) muminlik ekanligi, (komil) mumin bulish uchun esa uzaro muhabbat shartligi, uzaro muhabbat paydo bulishi uchun esa khalq ichra salom keng kulamda yoyilishi lozimligini aytar ekanlar, salom bilan jannatga dokhil bulish urtasidagi amal va bosqichlarni guyoki bir silsilaning halqalari kabi bir-biriga goyat guzal va mantiqiy ravishda boglab berganlar. Shundan ham bilish mumkinki, dinda salomlashuvning urni beqiyos.
“Salomni yoyish” deganda uzidan yoshi kattaroq odamni kurganda manosiga parvo qilmagan holda til uchida “assalomu alaykum!” deb quyish tushunilmaydi. Avvalo, salomning shunchaki khushmuomalalik va etiket tarzidan iborat emasligini unutmaslik lozim. Salom bu birinchi navbatda duodir. Allohdan qarshisidagi insonga tinchlik va salomatlik, rahmat va barakotlar berilishini surashdir. Bir-birlari bilan salomlashayotgan kishilar shu manoni qalbdan utkazsalar, albatta u ijobat bulib, kuplab yakhshiliklarga sabab buladi.
Salomni yoyish deganda barchaning bir-biriga salom berishga haris bulishi, tabassum va ochiq chehra bilan tillardan yogiluvchi “assalomu alaykum!” degan mujizavor khitob mudom aylanishda bulib, mazkur tilak barobarida qalblar ham bir-biriga nisbatan adovat va nafratdan musaffo va salomat holga kelishini tushunamiz. Ana shunda jamiyat hayotida tom manoda tinchlik hukmron buladi. “Salom”dan kuzlangan maqsad ham ruyobga chiqadi. Akhir, qanday qilib, bir-biriga Allohdan tinchlik va salomatlik surab turgan kishilar urtasida adovat va nafrat bulishi mumkin?! Qanday qilib, qarshisidagi kimsaga qalbi bilan ezgulikni soginib turgan inson unga zarar keltirishni khayoliga keltirishi mumkin?!
Salom musulmonlik amallarining eng afzallaridandir. Abdulloh ibn Amr ibn Os raziyallohu anhumodan rivoyat qilinishicha, bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan: “Islomning qaysi amali eng yakhshi (amal hisoblanadi)?”, deb suradi. Ul zot sollallohu alayhi va sallam javob berdilar: “(Islomning eng yakhshi amallari bu – ochga) taom berishing va taniganu tanimagan kishingga salom berishingdir” (muttafaqun alayh). Shu bois ham musulmon kishi mazkur guzal odatni kanda qilmasligi, qaerda bulmasin tanigan-tanimagan kishiga salomni qizganmasligi maqsadga muvofiq ish buladi. Zero, hadisi shariflarda “eng bakhil kishi salomga bakhillik qiladigan kishidir”, deyilgan.
Salomlashuvdagi har bir jumla uchun unta savob beriladi. Imron ibn Husoyn raziyallohu anhumodan rivoyat qilinishicha, Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi va sallam huzurlariga kelib: “Assalomu alaykum!”, dedi. Nabiy alayhissalom alik oldilar va u (salom bergan kishi) utirdi. Nabiy alayhissalom: “unta” dedilar. Sungra boshqa bir kishi kelib: “Assalomu alaykum va rahmatulloh!”, dedi. Ul zot uning salomiga alik olgach, u utirdi. Nabiy alayhissalom: “yigirmata” dedilar. Sungra yana bir kishi kelib: “Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh!”, dedi. Ul zot alik oldilar va salom bergan kishi utirdi. Shunda Nabiy alayhissalom: “uttizta” dedilar (Abu Dovud va Termiziy rivoyati).
Bir kuni Paygambarimiz alayhissalom Sad ibn Uboda raziyallohu anhuni ziyorat qilish uchun uyiga bordilar. Va uyining eshigi oldida tukhtab: “Assalomu alaykum va rahmatulloh!”, dedilar. Sad ichkarida edi. U faqat uziga eshitiladigan qilib, past ovozda alik oldi. Nabiy alayhissalom buni eshitmadilar va birozdan sung yana: “Assalomu alaykum va rahmatulloh!”, dedilar. Sad yana past ovoz bilan alik oldi. Nabiy sollallohu alayhi va sallam uchinchi marta salom berdilar. Sad bu safar ham past tovushda javob qaytardi. Nabiy sollallohu alayhi va sallam uylariga qaytib keta boshladilar. Shu payt U zotning ortlaridan Sad shoshgancha yugurib kelar ekan: “Ey Allohning Rasuli, men salomingizni eshitayotgan edim. Lekin, bizga kuproq salom berishingiz uchun atayin past ovoz bilan alik olayotgandim”, dedi. (Imom Ahmad rivoyati).
Salom berish sunnat (mustahab), alik olish esa farzdir. Bazilar salom berishni sunnati muakkada ham deydilar. Agar uziga salom berilayotgan shakhs bir kishi bulsa, alik olish farzi ayn, bordiyu kupchilik bulsa alik olish farzi kifoya buladi. Yani, muayyan bir kishiga salom berilganda uziga salom berilgan odam alik olmasa gunohkor buladi. Agar bir jamoaga salom berilsa, u erdagi har bir odam alik olishi shart emas. Bazilari javob bersa, boshqalardan soqit buladi. Bordiyu hech kim alik olmasa hammalari bab-barobar gunohkor buladilar. Agar usha jamoadagi hamma salomga javob qaytarsa, nur ustiga alo nur buladi.
Salomlashuvning eng qisqa kurinishi “Assalomu alaykum!” degan suzdan iborat. Eng mukammali esa: “Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu!” shaklida aytilib, “siz (lar)ning ustingizga tinchlik-salomatlik, Allohning marhamati va barakotlari yogilsin!”, degan mazmundagi ezgu tilakni anglatadi. Alloh taolo marhamat qilib aytadi (manosi): “Qachonki, sizlarga salom berilsa, bas, undan guzalroq salom bilan javob bering yoki uning uzini qaytaring!” (Niso surasi, 86-oyat). Ushbu oyati karima alik olayotganda berilgan salomning eng kamida uzini qaytarish lozimligiga dalolat qilish bilan birga ziyodasi bilan alik olish mustahab va afzal ekanligini ham bildiradi. Yuqoridagi oyati karimani sharhlab, Ibn Kasir aytadi: “yani: “agar sizlarga musulmon kishi salom bersa, bergan salomidan afzalroq salom bilan alik oling. YOki bergan salomini uzidek qilib qaytaring. Binobarin, ziyodasi bilan alik olish mustahab, uzidek qaytarish esa farzdir!” (Ibn Kasir tafsiri). Shunga kura, birov sizga “Assalomu alaykum!” (Sizga tinchlik bulsin!), desa, kamida “va alaykum assalom!” (Sizga ham tinchlik bulsin!), deb alik olish kerak. Ammo, “va alaykum as-salom va rahmatulloh!” (Sizga ham tinchlik va Allohning rahmati ham bulsin!), deya ziyodasi bilan alik olsangiz yana ham yakhshi buladi. Qushimcha savob qozonasiz. Agar “as-salomu alaykum va rahmatulloh!” deb salom berilsa, kamida “va alaykum as-salom va rahmatulloh!” deb javob qaytariladi yoki “va alaykum as-salom va rahmatullohi va barakotuhu!” deya “va barakotuhu” suzi ziyoda qilinadi. Bordiyu, “as-salomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu!” (sizga tinchlik va Allohning rahmati va barakotlari bulsin!), deya salom berishsa, u holda hech narsa ziyoda qilmasdan “va alaykum as-salom va rahmatullohi va barakotohu!” (sizga ham tinchlik va Allohning rahmat va barakotlari bulsin!), deb alik olinadi.
Salom bu – musulmonning musulmon birodari ustidagi haqlaridandir. Nabiy alayhissalom marhamat qilib dedilar: “musulmonning musulmon ustidagi haqlari beshtadir: salomga alik olish, kasal kurish, janozalarda qatnashish, mehmonga chaqirsa borish va aksirgan kishiga alhamlu lillah desa, yarhamukalloh deya duo qilib quyish” (muttafaqun alayh).
Salom berish sunnat, alik olish farz dedik. Shunga binoan, qay yusinda salom berilishidan qatiy nazar alik olish lozim buladi. Agar khat-khabarda salom berilgan bulsa, iloji bulsa yozma ravishda alik olinadi, iloji bulmasa, ogzaki ravishda goyibona alik olinadi. Birov orqali salom etkazilgan bulsa ham unga alik olish vojib. Shuningdek, salomni etkazib quyish ham mashru amaldir. Oisha onamizdan (Alloh u kishidan rozi bulsin!) rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam u kishiga “Jabroil senga salom aytyapti”, dedilar. Shunda Volidamiz “va alayhis-salom va rahmatullohi va barakotuh!” yani: “Unga ham Allohning salomi, rahmati va barakotlari bulsin!”, deb alik oldilar (bu hadis yaqin iboralar va ukhshash lafzlar bilan Bukhoriy “al-Adab al-Mufrad”, Termiziy, Nasoiy va Ibn Abu Shayba tomonidan rivoyat qilingan).
Salomni birinchi bulib berishda kichik kattaga, yurgan utirganga, otliq piyodaga, kamchilik kupchilikka salom berishi afzal bulib, bu dinimiz targib qilgan odoblar sirasiga kiradi. Imom Bayhaqiy “Odob”da va boshqa kuplab muhaddislar, jumladan, Imom Bukhoriy, Imom Muslim, Imom Termiziy va boshqalar uz “sahih” va “sunan”larida Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda bunday deyiladi: “Otliq piyodaga, utib ketayotgan utirganga, kamchilik kupchilikka va kichik kattaga salom beradi”. Nabaviy ugitga kura otliq (hozirgi zamonda harqanday ulov, jumladan mashina mingan ham shu mano ostiga kiradi) piyodaga, utib ketayotgan utirgan odamga, kamchilik kupchilikka, yoshi kichik yoshi kattaroqqa salom berishi salomlashuv odoblaridan va afzal yullaridan ekan. Khush, buning hikmati nimada?! Nima uchun piyoda otliqqa emas, balki, otliq piyodaga salom berishi kerak? Nima sababdan utirgan yurganga emas, yurgan utirganga salom beradi? Marifat sarchashmasidan bahramand bulgan rabboniy ulamolarning tushuntirishlariga kura, bu masaladagi asosiy hikmat jamiyatning turli qatlamlari orasidagi muvozanatni saqlashdir. Otliq kishi piyodadan shu turishining uzida bitta imtiyoz bilan ustun bulib turipti. Unda piyodada yuq nemat bor. U ham bulsa, Alloh ungaUzfazlidan bir ulov ato etganligi. Endi, yana buning ustiga uziga salom berilish fazli ham unga berilsa, u holda u kishida bir vaqtning uzida qarshisidagi piyodaga nisbatan ikkita ustunlik jam bulib qoladi. Natijada uning qalbiga kibr va manmanlik kirib qolishi mumkin. Uz navbatida uzining ijtimoiy va moddiy holati tufayli bunday tahqirga uchraganligini gumon qiluvchi narigi insonning qalbida esa unga nisbatan kuchli nafrat paydo buladi. Shu bois, Shore uzaro muvozanat va tenglik hosil qilish hamda kishilar urtasida nafrat va adovat paydo bulib, jamiyat ichdan emirilmasligi uchun endi otliq bulganligi ila bir fazlni uzida mujassam qilgan kishi qarshisida salomni qabul qilib olish fazlini piyodaga berdi. Natijada urtada bir qadar manaviy tenglik va muvozanat paydo buldi. Kamchilikning kupchilikka salom berishi ham ayni hikmatga asoslangan. Tasavvur qilaylik, bir kishi ilmi va darajasi harchand yuqori bulmasin, bir jamoa ustiga kelib qoldi. Shu urinda bir guruh kishi bir kishiga salom berishi salomlashuv odobiga kiritilganda, uning qalbiga ujub va kibr urmalab kirib, uziga bino quyish kasaliga uchrab qolgan, “demak, men kupchilikdan ustun ekanman, afzal ekanman” degan fikr ongiga urnashib qolishi mumkin bulib qolardi. Holbuki, kupchilikning kamchilik ustida haqqi bor, khuddi kattalarning kichiklar ustida haqqi bulganidek. Shuning uchun ham hadisning Imom Bukhoriy rivoyatida: “va kichik kattaga (salom beradi)…”, degan qushimchasi kelgan. Endi, hadisning “utib ketayotgan” deya mano berganimiz “piyoda utirganga salom beradi” degan qismiga kelsak, bunda ham yuqoridagi kabi kuplab ibrat va hikmatlar mavjud. Etibor bering-a, salom berishning hammasi yuqoridan pastga qarab kelyapti. Otliq piyodaga, piyoda utirganga… Otliq piyodadan oliy, piyoda utirgan kimsadan oliy. Urtada malum manoda tenglik va muvozanat hosil qilish uchun baland pastga salom berishi odobga kiritildi. Shuningdek, buning hikmatlaridan yana biri shuki, utirgan kimsa, uning huzuridan utayotgan notanish kishi borasida khotirjam bulishi uchun utib ketayotgan kishi birinchi bulib salom beradi. Shunda utirgan kishi qalbidan khavfsirash va qurquv ketib, khotirjamlik paydo buladi. Akhir, u bilmaydiki, unga qarab qora tortib kelayotgan notanish inson yakhshi niyatdami, yomon niyatdami. Yaqiniga kelar-kelmas “Assalomu alaykum!” yani “ustingizga Allohning tinchligi bulsin!”, degan suzni aytsa, bu narsa qalbga sukunat bagishlaydi, tahlika va khavfsirash barham topadi. Undan tashqari, bir erda utirgan odamning oldidan kupchilik utishi mumkin. Misol uchun bir kishi uyining oldida utiribdi. Oldidan bir soat ichida unlab, balki, yuzlab odam utadi gohida. Agar utirgan kishi yurib ketayotgan kishiga salom berishi joriy qilib quyilganda, u oldidan utgan hammaga salom berish bilan mashgul bulib, harajga tushib qolgan bulardi. Yurib ketayotgan kishida esa bu holat yuq. Uning uchun utirgan odam har qadamda uchrayvermaydi, odatda. Bu jihatdan yurib ketayotganning utirgan odamga salom berishi hech qanday qiyinchilik tugdirmaydi. Qolaversa, utirgan kishi kupincha uz hududida utiradi, garchi utib ketish niyatida bulsa-da mazkur hududga kirib kelayotgan kimsa esa qaysidir manoda begona maqomida buladi. Shunday vaziyatda kirib kelayotgan kishi salom bersa, urtadagi vahshat unsga, khavotir khotirjamlikka aylanadi. Bu erda mutlaq shakhsiy hudud, mutlaq begonalik nazarda tutilmayapti. Balki, hatto nisbiylik ham etiborga olingan. Masalan, bir joyga birinchi bulib kelib utirgan kishi, uzidan keyin keluvchiga nisbatan usha joyga haqliroq buladi. Kuchadan kirib keluvchi kishi odob buyicha uzidan oldin kelib joylashganga salom berishi kerak. Bu yurganning utirganga yokhud kamchilikning kupchilikka salom berishi qabilidan hisoblanadi. Khullas kalom, etibor bersak, birgina salomlashuv odoblarining uzida ancha-muncha narsa rioya qilinganligi, kupchiligimiz hatto farqiga ham borib utirmaydigan nozik holatlar ham kuz ostiga olinganligi oydinlashadi. Olijanob Shariatimizning vasatiylik va muvozanat ustiga barpo qilinganligi kuz ungimizda yana bir karra uz isbotini topadi. Yuqoridagi, birinchi bulib aslida kimlar salom berishi haqidagi suzlar salomlashuvning risoladagidek bulishi va uzidan kuzlangan hikmatga muvofiqroq bulishi uchun aytilgan. Bu bilan, yoshi katta kichikka salom bermasligi kerak, va hokazo degan mano chiqmaydi. Agar, yoshi katta bulsa ham uzidan kichikka salom bersa, utirgan bulsa ham yurib ketayotganga salom bersa bu nur ustiga nur, hamda dastlab salom berganligi jihatidan qushimcha ajr-savoblarga ega buladi. Zero, kuplab hadis va osorlarda birinchi bulib salom berishning fazilati vorid bulgan. Jumladan, Abdulloh ibn Masuddan marfu holda rivoyat qilingan khabarda: “Salomni birinchi beruvchi kibrdan pok odam buladi”, deyilgan (Bayhaqiy rivoyati).
Salomlashish mukammal bulishi uchun salomlashish asnosida qul berib kurishilsa yanada yakhshi buladi. Bu ish gunohlar kechirilishiga sabab buladi. Nabiy alayhissalom marhamat qilib, dedilar: “qachonki, ikki musulmon uchrashib qolishsayu birbirlari bilan qul berib kurishishsa, birbirlari bilan ajralishgunlariga qadar albatta ularning gunohlari kechirilgusidir” (Abu Dovud rivoyati). Agar imkon bulsa, salom berib, kurishilayotganda tabassum ham qilinsa, savobi yana ham ziyoda buladi. Zero, hadisi shariflarda “birodaring yuziga tabassum qilishing ham sadaqa (savob)dir!”, deyilgan (Termiziy rivoyati).
Bazi urinlarda salom bermaslik durust hisoblanadi. Jumladan, hojatkhonada, azon aytilayotganda, iqomat takbiri aytilayotganda, namoz ichida (namoz ichida turib, birovga salom bersa, namozi buziladi), namozdagi odamga ham salom berilmaydi. Chunki, bu uni chalgitadi. Shuningdek, juma khutbasi uqilayotgan vaqtda, duoga berilgan holatda yana haj va umra uchun talbiya aytayotganda ham salomlashilmaydi.
Bush uyga kirganda ham salom berish mashrudir. Kishi biror uyga kirganda u erda hechkim bulmasa “as-salaamu alaynaa va alaa ibaadillaahis-solihiyn” yani “bizlarga va Allohning solih bandalariga salom bulsin!”, lafzi bilan salom beradi.
Biror majlisni tark etayotganda yokhud dustlari, qarindoshlari va hokazolar bilan khayrlashayotganda ham salom berish mustahab va mashru hisoblanadi. Bu haqda Nabiy alayhissalomdan shunday hadis kelgan: “qay biringiz birorta majlis (yigilish, utirish va hokazo)ga duch kelib qolsa, salom bersin! Agar utirgisi kelsa, utirsin! Sungra urnidan turib ketmoqchi bulganda ham salom bersin! Zero, boshidagi salom okhiridagi salomdan haqiroq emas” (Termiziy va Abu Dovud rivoyati). Yani, bu hadisi sharifda afzallik va savoblilikda uchrashgandagi salom ham, tarqalishayotgandagi salom ham barobar ekanligi aytilgan. Shunday ekan, khayrlashayotganda ham salom berish mashru va mustahabdir.

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …