Главная / Iqtisodiyot / Sayyohlar uchun 2020 yilda eng khavfsiz davlatlar malum qilindi. Uzbekiston MDH davlatlari orasida etakchi
<

Sayyohlar uchun 2020 yilda eng khavfsiz davlatlar malum qilindi. Uzbekiston MDH davlatlari orasida etakchi

2020 yilda sayyohlar uchun eng khavfsiz va eng khavfli davlatlar malum qilindi. Uzbekiston bu borada 180 ta davlat ichida 46-urinni egalladi.

Sayohatlarning sugurtalanishini taqqoslovchi Insurly veb-sayti metodologiyasi buyicha tuzilgan reytingga kura, Shveysariya 2020 yilda sayyohlar uchun eng khavfsiz davlat deb topilgan.

Metodologiya muayyan davlatda tabiiy ofatlar qanchalik tez-tez yuz berishi, sogliqni saqlash tizimi sifati, zuravonlik yuli bilan sodir etiluvchi jinoyatlar va terrorchilik tahdidlari, transport bilan bogliq khavf-khatarlar darajasini baholashni uz ichiga oladi.

Foto: Flickr

Reytingda hammasi bulib 180 ta davlat baholangan.

Shveysariya maksimal 100 balldan 93,4 ball olgan.

2-urinni 92,7 ball bilan Singapur egallagan. Singapur tabiiy ofatlar borasida Osiyoning eng khavfsiz davlati deb topilgan.

3-urinni 91,1 ball bilan Norvegiya egallagan.

Sayyohlar uchun eng khavfsiz davlatlar reytingining etakchi untaligidan Lyuksemburg, Kipr, Islandiya, Daniya, Portugaliya, Finlyandiya va Yaponiya ham urin olgan.

Reytingning eng okhirgi uchta urnini Markaziy Afrika Respublikasi, Kongo Demokratik Respublikasi va Janubiy Sudan egallagan.

Takidlash joiz, Uzbekiston 70,3 ball bilan reytingning 46-urnidan joy olgan. Insurly Uzbekistonning sogliqni saqlash tizimini 81 ballga, jumladan havosi tozaligini qoniqarli, transport bilan bogliq khatarlarni 67 ballga, tabiiy ofatlar khavfini 25 ballga, zuravonlik darajasini 79 ballga, jumladan terrorchilik khavfini 0 ballga baholagan.

Qayd etish joiz, Uzbekiston MDH davlatlari orasida reytingda eng yakhshi natijani kursatgan. Undan keyingi urinlarni Belarus (48-urin), Ozarboyjon (52), Turkmaniston (60), Moldova (66), Gruziya (68), Qozogiston (71), Armaniston (72), Ukraina (83), Rossiya (86), Tojikiston (93), Qirgiziston (106) egallagan.

О нас

Яна маълумот

5mi8CciwAxbgWh-_hLH11-C0iUlOiKZv

Karantin tatili paytida kontrakt va stipendiya tulash tartibi malum qilindi

Kontrakt tulash muddati haqida karantin tatili tugaganidan keyin khabar beriladi. Stipendiya esa avvalgi tartibda, faqat …