Главная / Madaniyat / Sadaqa berganning rizqiga baraka kiradi

Sadaqa berganning rizqiga baraka kiradi

sadakaAlloh taolo aytadi: (Ey Muhammad,) ayting: “Albatta, Rabbim bandalaridan Uzi khohlagan kishilarning rizqini keng qiladi va (Uzi khohlagan kishilarning rizqini) tang qiladi. Sizlar biron narsani infoq qilsangiz, bas U Zot uning urnini tuldiradi. U rizq berguvchilarning eng yakhshisidir” (Saba, 39). Yani: ey Muhammad, odamlarga ayting: albatta, Alloh bandalari urtasida rizqlarni taqsimlovchidir. U Uzi khohlagan bandasining rizqini malum hikmatga kura keng qilib, khohlagan bandasining rizqini tor qilib quyadi. Ammo sizlar kambagallikdan qurqmanglar. Allohning yulida infoq qilib, boyliklaringiz bilan U Zotga yaqinlashinglar. Agar Alloh rizosi uchun biron narsa infoq qilsangiz, buning evaziga dunyoda kup mol-dunyo, okhiratda esa mislsiz ajr-savoblarga musharraf bulasizlar.
Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Banda infoq qilgan har bir narsaning urnini tuldirish Allohning zimmasidadir. Faqat bino (qurish) yoki masiyatga qilingan sarf-harajat bundan mustasno” (Bayhaqiy “Shuabul iymon”da rivoyat qilgan).
Zubayr ibn Avvom roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilgan hadisi qudsiyda: “Albatta rizq eshigi etti osmonning ustidan ochiqdir. U Arshgacha etib borgan. Usha eshik tunu kun yopilmaydi. Alloh har bir bandaga niyati, sarf(-harajat)i, sadaqa va infoq qilishiga qarab usha rizqdan (Erga) tushiradi. Bas, kim (sadaqani) kupaytirsa, unga ham (rizqi) kupaytiriladi. Kim kamaytirsa, unga ham kamaytiriladi. Kim (bermasdan, bakhillik qilib) ushlab qolsa, undan ham (baraka va keng rizq) ushlab qolinadi”, deyilgan (Hakim Termiziy rivoyati).
Alloh taolo aytadi: “Allohga qarzi hasana beradigan kishi bormi? U Zot unga bir necha barobar qilib qaytaradi. Zero, (rizqlarni) tor va keng qiladigan Allohdir va Ungagina qaytarilasizlar” (Baqara, 245). “Qarzi hasana” deganda savob umid qilib, kungildan chiqarib biron narsani – khoh katta, khoh kichik bulsin – Allohning yulida sadaqa qilib yuborish tushuniladi.
Alloh taolo bu erda infoq qilishga targib qilib, Uzining rozligi uchun qilingan har qanday sadaqani “qarz” deb atamoqda va bandalar qilgan sadaqalarini uzlariga kupaytirib qaytarishni malum qilmoqda. Zero, Alloh khohlagan bandasining rizqini keng qiladi va istagan bandasining rizqini tor qiladi. Shunday ekan, kambagal bulib qolishdan qurqmay, nafsning bakhilligidan golib kelib, Allohning yulida sadaqalar qilish kerak. Okhiratda bandalar Allohning huzuriga qaytib borganlarida, U Zot ularni qilgan amallariga qarab hisob qiladi.
Ibn Masud roziyallohu anhu rivoyat qiladi: “Qachon Allohning “Allohga qarzi hasana beradigan kishi bormi?” oyati nozil bulganida, Abu Dahdoh al-Ansoriy: “Ey Rasululloh, Alloh bizdan qarz surayaptimi?” dedi. U zot: “Ha, ey Abu Dahdoh”, dedilar. U: “Menga qulingizni bering, ey Rasululloh”, dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam unga qullarini bergan edilar, u: “Men ushbu bogimni Rabbimga qarz qilib berdim. Unda olti yuzta khurmo darakhti bordir”, dedi. Usha paytda (uning ayoli) Ummu Dahdoh va oila azolari bogda edilar. Abu Dahdoh kelib: “Ey Ummu Dahdoh”, deb chaqirgan edi, ayoli: “Labbay”, deb javob berdi. “Bogdan chiq. Men uni Rabbim azza va jallaga qarz qilib berdim”, dedi Abu Dahdoh” (Tabaroniy, Ibn Abu Hotim, Ibn Munzir, Ibn Jarir, Bazzor, Bayhaqiy va Hakim Termiziy rivoyat qilgan).
Alloh taolo aytadi: “Shayton sizlarni (agar infoq-ehson qilsangiz) kambagal bulib qolishingizdan qurqitadi va fahsh ishlarga buyuradi. Alloh sizlarga Uz tarafidan magfirat va fazl (boylik) vada qiladi. Alloh (fazlu karami) keng va Biluvchidir” (Baqara, 267).
Ibn Abbos roziyallohu anhu ushbu oyat tafsirida aytadi: “Ikki narsa Allohdan va ikki narsa shaytondandir. Shayton: “Molingni infoq qilma, uzingda ushlab qol, unga uzing muhtoj bulib qolasan”, deydi va bandani fahsh ishlarga buyuradi. Alloh esa, agar banda infoq qilsa, utgan gunohlarini kechirishni va unga keng rizqni vada qiladi”.

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَا مِنْ يَوْمٍ يُصْبِحُ الْعِبَادُ فِيهِ إِلاَّ مَلَكَانِ يَنْزِلاَنِ فَيَقُولُ أَحَدُهُمَا: اللَّهُمَّ أَعْطِ مُنْفِقًا خَلَفًا وَيَقُولُ الآخَرُ: اللَّهُمَّ أَعْطِ مُمْسِكًا تَلَفًا. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَمُسْلِمٌ وَأَحْمَدُ.

   Abu Hurayra roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Bandalar tong ottiradigan har bir kunda ikki farishta tushib, ularning biri: “Ey Alloh, infoq qilgan (bandang boyligi urni)ni tuldirgin!” deydi. Boshqasi esa: “Ey Alloh, (infoq qilmay, boyligini uzida) ushlab turgan(ning moli)ga talafot bergin!” deydi” (Bukhoriy, Muslim va Ahmad rivoyati).
Ushbu hadisda sadaqa qilish bilan boylik zigircha ham kamayib qolmasligi uziga khos usulda bayon qilinmoqda. Imom Termiziy Abu Kabsha al-Anmoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Mol (boylik) sadaqa bilan kamaymaydi”, deganlar.
Quyosh chiqadigan, bandalar tong ottiradigan kun borki, unda osmondan ikki farishta tushib, ulardan biri: ey Alloh, mol-dunyosini Sen rozi buladigan yulda infoq qiladigan bandalaring boyliklari urnini tuldirgin va ularga ziyoda qilgin, deb duo qilar ekan. Boshqasi esa: ey Alloh, bakhillik bilan boyligini kerakli joylarga sarflamay, uzida ushlab turganlarning mollariga talafot va nuqson etkazgin! – deb duo qilar ekan.
Demak, infoq qilsam, molim kamayib qoladi, deb khavfsiramasdan, urtacha yulni tutgan holda Allohning yulida sarflash kerak ekan. Aks holda, boyligimizni yanada kupaytirish uchun bakhillik qilib uzimizda ushlab turaversak, unga biron talafot etishi mumkin. Bunda zohiran ish tutish kerak emas. Bu rivoyatdan bilib olamiz, banda infoq qilsam, molim kamayib qoladi, emas, balki infoq qilmasam, bakhillik qilsam, molimga talafot etadi, degan etiqodda bulishi kerak.
Imom Navaviy aytadi: “Maqtalgan infoq qilish turlariga toat-ibodatlar, oila, mehmonlar va boshqa nafl ibaodatlarga sarflash kiradi”. Qurtubiy esa: “Bunday infoqqa vojib va mandublar kiradi”, degan.

وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: قَالَ اللهُ عَزَّ وَجَلَّ: أَنْفِقْ يَا ابْنَ آدَمَ ، أُنْفِقْ عَلَيْكَ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَمُسْلِمٌ وَأَحْمَدُ وَابْنُ مَرْدَوَيْهِ.

    Abu Hurayra roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Alloh azza va jalla: “Ey Odam bolasi, infoq qil, shunda Men ham senga infoq qilaman”, deb aytadi” (Bukhoriy, Muslim, Ahmad va Ibn Mardavayh rivoyati).
Ushbu hadis aslida ikki qismdan iborat bulib, uning avvali hadisi qudsiydir. Unda Alloh taolo tarafidan bandalarini Uzining yulida infoq qilishga targib qilinmoqda. Hadisning manosi quyidagicha: ey Odam bolasi, haqdor kishilarga, kambagal, miskin, beva-bechoralarga sadaqa va infoq qil. Agar shunday qilsang, Men ham senga Uz fazlim bilan infoq qilaman. Zero, Mening fazlu karamim keng va khazinam bitmas-tuganmasdir.
Hadisning davomida Paygambarimiz sollallohu alayhi va sallam Alloh taoloning fazli, lutfu karami va khazinasi qandoq ekanini quyidagicha bayon qiladilar: “Allohning ung “qul”i tula, doim oqib turuvchidir. Kechayu kunduz uni biron narsa kamaytira olmaydi. Sizlar U Zot osmon va Erni yaratganidan beri nima infoq qilganini bilasizlarmi? Albatta, Uning ung “qul”idagi (yani, khazinasidagi) narsadan hech narsa kamaygan emas. U Zotning Arshi suv ustida edi. Boshqa “qul”ida qabz (mezon) bordir. Kutaradi va tushiradi (yani, Alloh khohlagan ishini qiladi, khohlagan bandasining rizqini keng yoki tor qiladi)”.
Demak, Alloh taoloning khazinasi shunchalik ekanki, Eru osmon yaratilganidan beri tinimsiz tarzda infoq qilib turilsa ham, undan hech narsa kamayib qolmas ekan. Ana shu khazinaga boglanish, Alloh taoloning fazlu marhamatiga noil bulish uchun kuproq infoq-ehson, ikhtiyoriy sadaqalar qilib yurish kerak. Zero, Alloh taolo bergan bandasiga beradi, qizganchiqlik qilgan bandasidan fazl-marhamatini man qiladi.

وَعَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ مَسْعُودٍ رَضِىَ اللهُ عَنْهُ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: أَنْفِقْ يَا بِلاَلُ! وَلاَ تَخْشَ مِنْ ذِي الْعَرْشِ إِقْلاَلاً. رَوَاهُ الطَّبَرَانِيُّ فِي الْكَبِيرِ وَالْبَيْهَقِيُّ فِي شُعَبِ الإِيْمَانِ وَالْقُضَاعِيُّ فِي مُسْنَدِ الشِّهَابِ وَسَنَدُهُ حَسَنٌ.

    Abdulloh ibn Masud roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Nabiy sollallohu alayhi va sallam unga: “Ey Bilol, infoq qil! Arsh Egasining kamaytirishidan qurqma!” – deganlar (Tabaroniy “Kabiyr”da, Bayhaqiy “Shuabul iymon”da, Quzoiy “Musnadush shihob”da rivoyat qilgan. Hadisning sanadi hasan). Yani: ey Bilol, bu khurmolarni infoq qil. Arsh Egasi bulmish Alloh taolo senga kupaytirib beradi. Dunyoda keng rizq va okhiratda katta ajr-mukofotlar ato qiladi. Infoq qilganing tufayli moling kamayib, kambagal bulib qolishdan sira qurqma. Balki Alloh roziligi uchun uni haqdorlarga sadaqa qil!
Demak, sadaqa berish bilan:

1. Molga baraka kiradi.

2. Sadaqa molga kelishi mumkin bulgan balo va ofatlarni daf qiladi.

“Keng rizq va baraka omillari” kitobi asosida tayyorlandi

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …