Главная / Jamiyat / SSV: Uzbekistonda koronavirusdan zararlanganlar orasida yoshi 60dan yuqori bulganlar soni 18 nafar
<

SSV: Uzbekistonda koronavirusdan zararlanganlar orasida yoshi 60dan yuqori bulganlar soni 18 nafar

Koronavirusga chalingan 263 nafar fuqarodan 102 nafari khorijda bulgan, 161 nafari esa ular bilan muloqotda bulish oqibatida virus yuqtirgan.

Sogliqni saqlash vazirligi Uzbekistondagi koronavirus bemorlari buyicha qushimcha malumotlarni malum qildi.

Malum qilinishicha, bemorlarning 120 nafari erkak, 143 nafari ayollar bulsa, shundan 13 nafari voyaga etmagan bolalardir.

Bemorlarning yosh jihatidan tasnifi quyidagicha:

0-9 yoshgacha – 8 nafar;
10-19 yoshgacha – 10 nafar;
20-29 yoshgacha – 51 nafar;
30-39 yoshgacha – 63 nafar (1 kishi vafot etgan);
40-49 yoshgacha – 73 nafar;
50-59 yoshgacha – 40 nafar;
60-69 yoshgacha – 13 nafar;
70-79 yoshgacha – 5 nafar (1 kishi vafot etgan).

Hozirga qadar khorijda bulib, koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan fuqarolar soni 102 nafarni tashkil etmoqda. Ular Fransiya (2), Turkiya (45), Rossiya (46), Buyuk Britaniya (5), BAA (2), Saudiya Arabistoni (1) hamda Shveysariya (1) kabi davlatlarda bulib qaytgan.

161 nafar fuqaro esa ular bilan muloqotda bulgani uchun yuqtirib olishgan.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlarning 146 nafari Toshkent shahrida, 27 nafari Fargona viloyatida, 28 nafari Namangan viloyatida, 30 nafari Andijon viloyatida, 14 nafari Bukhoro viloyatida, 13 nafari Khorazm viloyatida, 3 nafari Qashqadaryo viloyatida va 2 nafari Navoiy viloyatidagi yuqumli kasalliklarga ikhtisoslashgan shifokhonalarda davolanishmoqda.

«Barcha bemorlarga shifokorlar tomonidan Jahon sogliqni saqlash tashkilotining tavsiyalari, khalqaro tajriba va belgilangan standartlar asosida davolash muolajalari olib borilmoqda. Shu kungacha 25 nafar bemor ushbu kasallikdan butunlay sogaydi.

Eslatib utamiz, Sogliqni saqlash vazirligi mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda epidemiologik surishtiruv hamda COVID-19 infeksiyasining tarqalib ketmasligi uchun barcha zarur profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda», deyiladi Uzbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bulimi rahbari Furqat Sanaevning telegram kanali khabarida.

Eslatib utamiz, Sogliqni saqlash vazirligi koronavirus tashkhisi quyilgan bemorlarning epidemiologik marshruti bilan tanishish imkonini taqdim etdi.

О нас

Яна маълумот

jV-jWyKWhY3R86LxSr9qbcB1_zRh8T5

Uzbekistonda tibbiy niqoblar ishlab chiqarish kuniga 10,8 mln donagacha etkazildi

Foto: KUN.UZ Uzbekistonda 18 may holatiga himoya niqoblari ishlab chiqarish kuniga 10,8 mln donagacha etkazildi. …