Главная / Jahon / Rossiyani tark etmaslik uchun 7 sabab – Rossiyadagi uzbekistonliklarga murojaat
<

Rossiyani tark etmaslik uchun 7 sabab – Rossiyadagi uzbekistonliklarga murojaat

Rossiyaning Moskva shahrida yuristlik faoliyatini olib boruvchi hamyurtimiz Botirjon Shermuhammad ushbu mamlakatda bulib turgan uzbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi.

“Assalomu alaykum, hurmatli vatandoshlar. Koronavirus epidemiyasi sabab, Uzbekiston 1 maygacha dunyoning barcha mamlakatlari bilan havo, temir yul va avtomobil orqali yulovchi qatnovlarini taqiqladi. Kamida shu muddatgacha Uzbekistonga hech qanday doimiy reys bulmaydi. Charter reyslar tashkil qilinadi”, deyiladi murojaatda.


Botirjon Shermuhammad

 U murojaatida ayni paytda Rossiyada bulib turgan yurtdoshlarimizni shu erda qolishga chaqiradi.

“Bunga bir qancha sabablarni keltiraman:

1) Sarson bulasiz. Charter reyslarda avvalo bemorlar, homilador va yosh bolali ayollar, qariyalar va “Uzbekistan Airways”ning 16 martdan 21 martgacha bulgan davridagi bekor qilingan reyslarga bileti bor fuqarolar ketishadi. Bilet topish ham oson bulmaydi. Uzbekistonga borib, 14 kun makhsus joylarda karantinda bulasiz. 20 kg dan kam bulmagan yuklaringiz bilan u erlarga etib borish va joylashish ham oson emas. Ayniqsa, yosh bolalar bilan. Sharoitlar ham oliy darajada emas.

2) Karantin paytida sizga yoki siz orqali boshqalarga kasallik yuqishi ehtimoli katta. Virus chetdan kelganlardan yuqmoqda. Karantinda turganlar uzaro muloqot paytida bir-birlariga yuqtirishlari mumkin. Shifokorlar barchaga imkon boricha, jamoat joylarida kamroq bulishni tavsiya qilishmoqda. Vaksina yuq hozirgi sharoitda eng samarali usul shu. Kasallanganlar birdan kupayib ketsa, hech qaysi davlatning tibbiyot tizimi bunga dosh berolmaydi.

3) Charter reyslarga biletlar pullik va arzon emas.

4) Davlatimiz resurslarini bizni olib ketishga emas, kasallikka qarshi kurashga safarbar qilaylik. Borganlarni tekshirish, quriqlash va karantinda 14 kun taminlashga ham resurs kerak buladi.

5) Hammani olib ketish imkoni yuq. Rossiyada 2 milliondan ortiq Uzbekiston fuqarolari mavjud. Agar ulardan 1 foizi (20 ming) uyga ketmoqchi bulsa, kamida 80 ta reys tashkil qilish kerak buladi. Bu ham bitta reysda 250 olib kelinsa. Odatda bir uchoqda 200 odam buladi.

6) Rossiya tibbiyoti imkoniyatlari biznikidan yakhshiroq. Uzbekiston tibbiyoti khodimlari va rahbarlarini hurmat qilgan holda, bu erdagi sharoitlar va tibbiyot taraqqiyoti darajasi yakhshiroq ekanini tan olishimiz kerak. Hudo kursatmasin, kasallik yuqsa ham Rossiyada davo topish imkoniyati kuproq.

7) Hujjat muammolari hal buldi. Barcha registrasiyasi yuq va muddati tugayotgan fuqarolarga Rossiya IIV hech qanday muammosiz registrasiya muddatini 90 kunga chuzib beradi. Chegaraga chiqmay patent olsa ham buladi. Hech kim deport qilinmaydi.

P.S.: Yuqoridagilarni hisobga olib, kelinglar davlatni ham, uzimizni ham qiynamaylik. Epidemiya tugaguncha shu erda bulib turaylik. Bizning hukumatimizga yordamimiz shu bulsin”, deyiladi murojaatda.

Avvalroq Uzbekiston Tashqi ishlar vazirligi va respublikaning chet eldagi 53ta elchikhona va konsulkhonalarida tuzilgan operativ shtablarga 5800dan ortiq Uzbekiston fuqarosi va 2800dan ortiq chet el fuqarosi vatanga qaytishni surab murojaat etgani khabar qilingandi.

Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Jahongir Khidaykhujaevning malum qilishicha, Rossiya, Turkiya, Misr, Hindiston, Malayziya, Koreya Respublikalaridan 7ta charter reyslari orqali jami 1750dan ortiq fuqarolarimiz vatanga qaytarilgan bulib, ular 14 kunlik karantinga olingan.

О нас

Яна маълумот

f7bfQyknIvtl2VF4MhgVtaZ-kmVmHDFv

Berni Sanders AQSh prezidenti saylovida ishtirok etmaydi

Vermont shtati senatori, Demokratlar partiyasidan nomzod Berni Sanders AQSh prezidenti saylovida ishtirok etmaydigan buldi. Berni …