Rossiyaga ketib, 18 yil bedarak yuqolgan Uzbekiston fuqarosi Samara shahridan topildi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi khabar berdi.
Foto: Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi
Malum qilinishicha, asli Toshkent shahridan bulgan fuqaro P.K. 2003 yilda ishlash uchun Rossiyaga ketgan. Malum bir vaqtdan keyin salomatligi yomonlashib, insult bulishi natijasida yaqinlari bilan aloqasi uzilgan.
Oradan 18 yil utib, ushbu fuqaro Samara shahridan topildi. Uning shakhsni tasdiqlovchi hujjatsiz, ishsiz, boshpanasiz kuchada yashab yurganligi aniqlandi.
Shuningdek, yana bir surkhondaryolik fuqaro I.T. Samara shahrida sogligi yomonlashib, mehnatga layoqatsiz bulib qolishi va pasportining yuqolishi natijasida murakkab vaziyatga tushib qolgani haqida murojaat kelib tushgan.
Ushbu fuqarolarga Uzbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulkhonasi tomonidan «Vatanga qaytish guvohnomasi» rasmiylashtirilib, Khalqaro migrasiya tashkiloti bilan hamkorlikda Qozon—Toshkent aviareysi orqali Uzbekistonga qaytarilgan.
Ularni Toshkent khalqaro aeroportida Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi, Khalqaro migrasiya tashkiloti masul khodimlari va yaqin qarindoshlari kutib olgan.
Avvalroq Rossiyada bakhtsiz hodisaga uchragan uzbekistonlik ona va bolaga yordam kursatilgani, Turkiyaning Istanbul, Rossiyaning Novosibirsk va Qozon shaharlarida ishlash maqsadida borib, pandemiya sharoitida moliyaviy qiyin ahvolda qolgan jami 7 nafar fuqaro Uzbekistonga qaytarilgani haqida khabar berilgan edi. Undan avval esa Rossiyada qiyin ahvolda qolgan 9 nafar, Istanbuldan esa 6 nafar uzbekistonlik vatanga qaytarilgandi.