Главная / Siyosat / Rossiyadan Uzbekistonga charter reyslar: qachon, kimlar uchun va chipta narkhi qancha?
<

Rossiyadan Uzbekistonga charter reyslar: qachon, kimlar uchun va chipta narkhi qancha?

Kun.uz tahririyatiga Rossiyadagi vatandoshlardan charter reyslar masalasida juda kuplab murojaatlar kelib tushmoqda. Bu, uz urnida, hozirga qadar bu masalada mavjud malumotlarni jamlagan holda taqdim etish zaruratini tugdirdi.

Foto: Kun.uz

Avvalo aytish joiz, 13 mayga qadar 65 ming kishi Rossiyadan Uzbekistonga qaytish istagini bildirib, charter reyslar ruykhatiga yozilgan.

Rossiyada millionlab uzbekistonliklar istiqomat qilishidan kelib chiqilsa, diplomatik vakolatkhonalarga 65 mingta murojaat bulganini notabiiy holat deb bulmaydi. Shu bilan birga, vaziyatdan kelib chiqib ruykhatdagi barchaning vatanga qaytarilishi ehtimoli kamligini ham takidlash lozim.

Hozircha qaytish istagini bildirganlar malum mezonlar asosida saralab olinyapti va charter reyslarda olib kelinmoqda – vatandoshlarni poezdda qaytarish rejasi bor-yuqligi nomalum, hozircha rasmiylar tomonidan bu haqda biror fikr bildirilgani yuq.

Kutilayotgan charter reyslar

13-24 may kunlari khorijdagi Uzbekiston fuqarolarini olib kelish uchun 13ta charter reys amalga oshirilishi belgilangan. Shulardan 7tasida Rossiyadagi uzbekistonliklar olib kelinadi.

14 may kuni Sankt-Peterburgga rejalashtirilgan parvoz haqida, 13 maydagi Istanbul reysi bilan bulgani kabi, malumot berilgani yuq. Rossiya shaharlariga kutilayotgan charter reyslar ruykhati quyidagicha (barchasi Toshkentga qunishi rejalashtirilgan):

  • 16 may. Rostov-Don — 11:00
  • 17 may. Qozon — 11:00
  • 18 may. Moskva — 7:20
  • 19 may. Sankt-Peterburg — 8:35
  • 20 may. Moskva — 7:20
  • 23 may. Novosibirsk — 13:00

Yulovchilar qanday tanlab olinadi?

Tashqi ishlar vazirligi khabariga kura, charter reyslarda birinchi navbatda quyidagi fuqarolar olib kelinadi:

  • keksalar
  • kasal fuqarolar
  • homilador va bolali ayollar
  • ilgari bekor qilingan doimiy reyslarga chiptasi bor fuqarolar.

Chipta narkhi qancha?

Charter reyslar uchun chiptalar narkhi minimal tarifdan yuqori bulmasligi belgilangan.

  • «Novosibirsk – Toshkent» – $186
  • «Sankt-Peterburg – Toshkent» – $178
  • «Rostov-Don – Toshkent» – $160
  • «Qozon – Toshkent» – $148
  • «Moskva – Toshkent» – $147

Chipta narkhini oshirish holatlari yuz bersa, «Uzbekiston havo yullari» kompaniyasining koll-markaziga (+99871 140-02-02) murojaat qilish mumkin.

«Agar fuqaro charter reys uchun ruykhatdan utgan va tasdiqlangan bulsa, ammo chipta kharid qilishga mablagi bulmasa, ularning qarindoshlari Uzbekistondan turib chipta pulini tulashlari mumkin, yani chiptalarni Toshkentdan sotib olish imkoniyati ham bor», – deydi Transport vazirligi matbuot kotibi Navruz Ashurmatov.

Olib kelinganlar kamida 14 kunga karantin majmuasiga joylashtiriladi va yashash sharoiti, oziq-ovqat, zaruriy maishiy jihozlar va gigiena vositalari bilan taminlanadi.

Qushimcha reyslar tashkil etiladimi?

Bu haqda hali rasman malum qilinganicha yuq. Ammo Rossiyada ogir vaziyatda qolayotgan fuqarolarimiz soni kupligini inobatga olib aytadigan bulsak, katta ehtimol bilan charter reyslar bundan keyin ham tashkil etib boriladi va sharoitdan kelib chiqib, parvozlar kunora yoki haftasiga bir necha marta amalga oshiriladi, deb takhmin qilish mumkin.

Fikrimizcha, doimiy aviaqatnovlar tiklanguniga qadar vatandoshlarni olib kelish tadbirlari tukhtab qolmaydi. Nafaqat Rossiya, balki Uzbekiston fuqarolari kupchilikni tashkil etadigan Turkiya, Hindiston, BAA va Evropa davlatlaridan ham yana reyslar yulga quyilishi ehtimoldan kholi emas.

Bu haqda Makhsus komissiya tomonidan qushimcha akhborot berilishi aytilgan.

Charter reyslarga qanday ruykhatdan utiladi?

Uch khil yul bilan ruykhatga yozilish mumkin:

  1. Charter reyslarga ruykhatdan utish formasini tuldirish orqali
  2. Uzbekistonning Rossiyadagi konsullik muassalari tomonidan tashkil qilingan quyidagi Telegram manzillariga malumot yuborish orqali: @UzKoRusBot, @UzKoRusCharts1@UzKoRusCharts2@UzKoRusCharts3@UzKoRusCharts4
  3. Uzbekistonning Rossiyadagi konsullik muassasalariga qungiroq qilish orqali:
  • Koll-markaz: +7 499 230-00-76, +7 499 238-36-20
  • Konsullikning tezkor shtab raqamlari: +79778061677, +79778061274, +79778061655, +79778061273

Bir martalik moddiy yordam

Uzbekistonning Rossiyadagi diplomatik vakolatkhonalari 14 maydan etiboran karantin tufayli qiyin vaziyatda qolgan vatandoshlarga bir martalik pul mablagi tulab berishni boshladi.

Ushbu «Mehr» aksiyasi homiylik mablaglari hisobidan tashkil etilgan. U orqali ogir vaziyatdagi uzbekistonliklarga Rossiyada belgilangan mehnatga haq tulashning eng kam miqdoridan kelib chiqqan holda (12 130 rubl — 165 dollar atrofida) bir martalik moddiy kumak berilmoqda.

Moddiy yordam quyidagi toifadagi Uzbekiston fuqarolariga beriladi:

  1. Nogironlar – tegishli tasdiqlovchi hujjat (malumotnoma) taqdim etilgan taqdirda;
  2. Qaramogida 2 yoshgacha farzandi bulgan hamda homilasi 7 oylikdan oshgan ayollar – zarur tasdiqlovchi hujjatlar (bolaning tugilganligi haqidagi guvohnoma, tibbiyot muassasidan malumotnoma) taqdim etilgan holda;
  3. Covid-19 tashkhisi quyilgan shakhslar – tegishli tasdiqlovchi hujjat asosida;
  4. Rossiya OTMlarining kunduzgi bulimlarida tahsil olayotgan talabalar – uqish joyidan tegishli malumotnoma asnosida.

Kumak olish uchun «mekhr.rf» portali orqali murojaat yuborish lozim.

Bundan tashqari, Rossiyadagi uzbek faollari qiyin ahvoldagi vatandoshlar uchun yordam tadbirlarini utkazmoqda. Ogir vaziyatga tushib qolgan uzbekistonliklar quyidagi surovnomani tuldirish orqali ham sakhovatpesha insonlardan ijtimoiy va moddiy kumak olishlari mumkin.

Hozirga qadar charter reyslar va Rossiyadagi vatandoshlarga kumak berilishiga doir hozirgacha elon qilingan asosiy akhborotlar yuqoridagilardan iborat. Tahririyatimizga kelib tushayotgan kuplab savol va murojaatlarga javoban aytishimiz mumkinki, sayt khorijdagi va khususan Rossiyadagi hamyurtlarimizga aloqador muhim yangiliklarni berib borishda, ularning muammolari yuzasidan mutasaddi tashkilotlardan izoh surashda davom etadi.

Maqolamiz sungida bir masalaga diqqat qaratishni lozim topdik. Chet elda malum muddat qolish uchun mablagi va shart-sharoiti bor yoki karantin sabab ishi tukhtab qolmagan vatandoshlarimiz vaqtincha khorijda yashab turishi maqsadga muvofiq bulardi. Bu orqali ular nafaqat Rossiya, balki jahonning boshqa mamlakatlariga ham tashkil etilayotgan charter reyslardagi cheklangan joylar haqiqatan ham yordamga muhtoj hamyurtlarimizga nasib etishiga hissa qushgan bular edilar.

Vatanga qaytishga u qadar katta zarurati yuq vatandoshlarimiz uz qarorlarini yana bir bor uylab kurishlarini tavsiya qilgan bular edik. Boisi ular kelganlaridan sung ham 14 kunga karantinga olinishadi va bu muddat bir oygacha chuzilishi ehtimoli yuqori. Qolaversa, Uzbekistonda ham kuplab sohalarda karantin cheklovlari amal qilmoqda; vatanga qaytgach, hozirgi sharoitda bush ish urinlarini topish ham oson bulmaydi.

Khorijdagi barcha vatandoshlarimizni gigiena qoidalariga rioya etib, imkon qadar salomatliklariga etiborli bulishga chaqirib qolamiz.

О нас

Яна маълумот

bpRVs

Qirgiziston Rishton-Sukh yulini EOII tufayli yopgan. Uzbekiston yulni qisqa muddatda ochish masalasini quydi

1 iyun kuni bosh vazir Abdulla Aripovning Fargona viloyati Sukh tumanida mahalliy aholi bilan utkazgan …