Главная / Madaniyat / Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) masjidlarining mujizakor sakkiz ustuni

Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) masjidlarining mujizakor sakkiz ustuni

masjidAllohning okhirgi elchisi Muhammad a.s. Madina shahriga kuchib kelganlaridan sung, u erda masjid barpo etishni iroda qildilar. Dastlab masjid qurilganda sanoqli ustunlar bulgan. Masjidning dastlabki ustunlari uziga khos tarikhga ega. Ustunlarning joylashuv usuli Paygambarimiz davrlaridan beri davom etib kelmoqda. Masjidga kelgan har bir kishi bu ustunlarga kup ham etibor beravermaydi. Yuqorida aytib utilganidek muqaddas masjidagi har bir ustunda uziga khoslik bor. Quyida majiddagi bazi ustunlarning tarikhi haqida tukhtalib utamiz.

1. Hannana ustuni.

Mazkur ustun Rasululloh mehroblarining ung tomonida joylashgan bulib, eng bakhtli ustun desak mubolaga bulmaydi. Chunki uning yonida Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) namoz uqiganlar. Bu erda ilgari khurmo darakhti usgan bulib, Paygambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) maruza qilganlarida shu darakhtga suyanib turardilar. Maruza qilish uchun minbar yasalganda, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) minbardan maruza qila boshladilar. Shunda haligi khurmo darakhti yiglabdi. Buni masjidagi barcha eshitdi. Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) darakht oldiga kelib unga qullarini quydilar va shunday dedilar “Bu darakhtning yonida Alloh eslanar edi, endi minbar qurilgach, uning yonida Alloh eslanmayapti. Shuning uchun u yiglayapti. Agar kelib qulimni quymaganimda to qiyomatgacha yiglagan bular edi”. Bu “Hannana” ustuni deyiladi. Arabchadan tarjima qilganda hannana – “yigloqi butaloq” manosini anglatadi.

2. Oysha ustuni.

Bu ustunni “Mukhojirlar ustuni” deb ham atashadi. Sababi mukhojirlar (kuchib kelganlar) ushbu ustun tagida yigilib dam olishni yakhshi kurardilar. Paygambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) “Hannana” ustuni quyilgunga qadar shu ustun tagida ibodat qilganlar. Shuningdek, bu ustunni “Qura ustuni” deb ham atashadi. Oysha onamizdan rivoyat qilingan hadisda, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) dedilar: “Bu masjidda shunday joy borki, odamlar uning qanchalik khayrli joy ekanini bilganlarida u erda namoz uqish uchun talashib, khatto qura tashlagan bulardilar”. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) vafotlaridan sung, Oyshadan bu joy masjidning qaysi joyi ekanini surashdi. Avvalida u aytishni istamadi. Keyinchalik Abdulloh ibn Zubayr qattiq talab qilgach aytishga majbur buldilar. Mazkur ustun haqidagi hadisni Oysha onamiz rivoyat qilganlari uchun ham ustun Oysha onamiz nomlari bilan atalgan.

3. Abu Luboba yoki Tavba ustuni

Musulmonlar khiyonatkor Bani Qurayza yahudiylarini 25 kun qamal qildilar. Yahudiylar ish shu zaylda davom etsa, ochlikdan qirilib ketishlarini bilib, musulmonlar bilan sulh qilishga kelishdilar. Yahudiylar bilan sulh tuzgani borgan Abu Luboba yahudiylarga bekhosdan musulmonlarning asl maqsadini aytib quydi. Abu Luboba bu ishidan ming afsus chekib, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ga kurinishdan uyalib, uzini masjid ustuniga boglatib quydi va tavbam qabul bulmaguncha shu erda boglanib turaveraman, deb qasam ichdi. Bu gaplarni eshitgan Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) “Agar Abu Luboba oldimga kelib kechirim suraganda kechirar edim, uz bilganicha ish tutdimi, endi Allohdan hukm tushmaguncha usha erda turaversin”, dedilar. Yahudiylarni qamal qilish nihoyasiga etgach, Rasululloh Madinaga keldilar. Alloh Abu Lubobaning tavbasini qabul qilganini vahiy bilan malum qilib, Tavba surasining 102-oyatini nozil qildi. Shundan sung Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) uz qullari bilan Abu Lubobani masjid ustunidan ozod qildilar. Shu voqeadan sung mazkur ustun Tavba yoki Abu Luboba ustuni nomini olgan.

4. Sarir ustuni.

Bu ukhlash uchun joy manosi anglatadi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) shu ustun tagida etikof utirganlari va uning tagida ukhlaganlari rivoyatlarda kelgan. Shu sabab ustun yuqoridagi nomni olgan.

5. Makhris yoki Ali (roziyallohu anhu) ustuni.

Usha davrda Rasulullohni dushmanlardan himoya qilish maqsadida sahobalar navbatma-navbat shu ustun tagida quriqchilik qilar edi. Bu ishni kupincha hazrati Ali (roziyallohu anhu) bajarardi. Shu sabab ham mazkur ustunning nomi Mahris (himoya joyi) yoki Ali (roziyallohu anhu) ustuni deb nomlanadi. Alloh taolo Moida 67-oyatini nozil qilgach. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) uz izdoshlariga boshqa quriqchilik qilmaslikni buyurdilar. Allohning Uzi himoya qilishni vada qildi, dedilar.

6. Vufud ustuni.

“Vufud” elchilar manosini anglatadi. Odatda turli qabilalardan khabar olib kelganlar bilan Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) shu ustun yonida uchrashar va ularga islomdan talim berar edilar.

7. Tahajjud ustuni.

Masjidni hamma tark etgach, aynan shu ustun yonida Rasululloh tahajjud namozini ado etganlar.

8. Jabroil (a.s.) ustuni.

Jabroil (a.s.) Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) huzurlariga kelganlarida shu ustun yoniga tushganlar. Hozirgi kunda bu ustunni kurish imkoni yuq. Sababi bu ustun Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) qabrlari yonida joylashgan.

     Mazkur 8 ustun khuddi Paygambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) masjidlari va Madina shahri singari uziga khos tarikhga ega. Bir uylab kuring, bir necha yuz yillar ilgari aynan shu ustunlar atrofida Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) va U zotning safdoshlari yurgan. Nasib qilib Madina shahriga borsangiz, albatta, bu ustunlarga etibor bering va ularning atrofida sodir bulgan voqealarni yodga oling.

Яна маълумот

273074

Bo’yida bo’lish va homilaning rivojlanishi

Tabiatning jinsiy yaqinlikdan kuzda tutgan maqsadi yangi hayotning dunyoga kelishini taʼminlashdir. Qanday qilib insondan inson …