Главная / Jahon / Putin va Poroshenko 2015 yili dustona ohangda suhbatlashgani audiosi tarqaldi
<

Putin va Poroshenko 2015 yili dustona ohangda suhbatlashgani audiosi tarqaldi

Ukraina nashrlarida mamlakatning sobiq prezidenti Petro Poroshenko hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning telefon suhbati ekani aytilayotgan audio tarqaldi. Audiodagi Putin va Poroshenko dustona ohangda gaplashgani eshitilgan.

Suhbat ikki mamlakat urtasidagi ziddiyat avjiga chiqqan 2015 yilning 30 aprelida yozib olingani aytilmoqda. Unda Poroshenko Putinga omma oldida gapirgani kabi nafratini tukib solmagan va juda yumshoq gapirgan. Khususan, Ukraina sobiq prezidentining «Siz va biz mehnatkash odamlarmiz», «Qulingizni siqib qolaman» deyishi ukrainaliklarning gazabiga sabab bulmoqda. Shuningdek, Putinning suhbat okhirida «Sizni quchoqlab qolaman» degani ham kup muhokama qilingan.

Har ikki prezidentlar suhbat davomida haddan tashqari erkin gaplashgan va ular hatto hazil manosida sukinib ham quyishgan. Poroshenko suhbat davomida juda kup kulgan. Shuningdek, sobiq prezident Putinga reytingi tushmayotgani va mamlakat ichidagi muammolarni hal qila olayotganidan fakhrlanishini aytib «Har holda Ukraina prezidentligi uchun nomzodlar qatorlashib turgani yuq», degan. Putin esa bunga javoban «Nega endi, akhir Ukraina chiroyli davlat bulsa», deb hazil qilgan.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu audio buyicha munosabat bildirdi. Uning aytishicha, aynan bunday mazmundagi suhbat bulib utganidan bekhabar: «Bunday suhbatlar yopiq tarzda utkaziladi, hayronman ular qanday yozib olishgan», degan Peskov.

О нас

Яна маълумот

zoirjon_qurbonov

Tojikistonda bank direktori Koronovirusdan vafot etdi

Tusatdan, 35 yoshida, Davlat khavfsizlik khizmati “Amonatbank” ning sobiq rahbari Zoirchon Qurbonov va ilgari “Aqroinvestbank” …