Главная / Jahon / Putin Rossiya konstitusiyasini uzgartirishni taklif qildi. Bu qanday uzgarishlar?
<

Putin Rossiya konstitusiyasini uzgartirishni taklif qildi. Bu qanday uzgarishlar?

16 yanvar kuni 2020 yilga Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal yigilishga (parlament) murojaat qildi. U murojaatnomasida konstitusiyaga prezident va hukumatning boshqa institutlari urtasida vakolatlarni qayta taqsimlashni nazarda tutuvchi uzgartirishlarni taklif qildi. Putin bugungi murojaatida yana qanday mavzularni tilga oldi?

Aleksey Nikolskiy / EPA / Scanpix / LETA

Putinning suzlariga kura, u 1993 yilda qabul qilingan konstitusiya urniga yangisini ishlab chiqishga zarurat kurmayapti, shu bilan birgalikda, u mamlakatning asosiy qonuniga ayrim uzgartirishlar kiritish zarur deb hisoblaydi.

Konstitusiyani isloh qilish buyicha


ANTON NOVODEREZHKIN/TASS
  • Mamlakatda 25 yildan kam bulmagan vaqt mobaynida yashagan va hech qachon khorij fuqaroligini yoki khorijda vaqtinchalik yashash huquqini olmagan shakhslar Rossiya prezidentligiga saylanishi mumkin.
  • RF regionlari rahbarlari, parlament, hukumat azolari va sudyalar ham boshqa davlat hududida doimiy yashashga rukhsat beruvchi hujjatga ega bulmasligi darkor.
  • Prezident lavozimini bir kishi ketma-ket ikki martadan ortiq egallashi mumkin emasligi borasidagi meyorni uzgartirish mumkin.
  • Bosh vazir, uning urinbosarlari va vazirlarni davlat dumasi tasdiqlashi lozim.
  • Prezident davlat dumasi tomonidan tasdiqlangan nomzodlarni rad qila olmaydi, ammo bosh vazir, uning urinbosarlari va vazirlarni bushata oladi.
  • Kuch ishlatish organlari rahbarlari va hududiy prokurorlarni tayinlashda prezident federasiya kengashi bilan maslahatlashishi shart buladi. Bu tuzatishlar buyicha umumkhalq ovoz berish jarayoni utkazilishi lozim.

Demografiya va talim buyicha

  • Onalik kapitali birinchi farzand uchun ham tulanadi. Uning miqdori — 466 ming rublni tashkil etadi. Ikkinchi farzand uchun 616 ming rubl tulanadi.
  • Kam taminlangan oilalar uch yoshdan etti yoshgacha bulgan farzandlari uchun oylik nafaqat oladi. 2020 yilda yashash minimumining yarmi miqdorida, kelgusida yashash minimumining tuliq miqdorigacha oshirilishi mumkin.
  • Barcha 1-4-sinf uquvchilari maktabda bepul ovqatlanadi. Sinf rahbarlari 5 ming rubl ustama oladi.
  • Oliy uquv yurtlarida bepul urinlar soni oshiriladi.

Ushbu takliflar ortidan bosh vazir Dmitriy Medvedevning hukumati tuliq tarkibda istefoga chiqdi. Putin Medvedev uchun Khavfsizlik kengashi raisi urinbosari lavozimini taklif qildi.

Eslatib utamiz, Vladimir Putin utgan yil dekabrda utkazilgan matbuot anjumanida konstitusiyaga uzgartirish kiritilishi ehtimoli tugrisida gapirgandi. Ammo ushanda gap faqatgina prezidentlik muddati tugrisidagi moddadan «ketma-ket» degan suzni chiqarib tashlash haqida borgandi.

О нас

Яна маълумот

VsWtL53hcBMv98om6KmHqvw5i-fWnIJL

Koronavirus: Khitoyda qanday vaziyat hukm surmoqda?

Ayni paytda Khitoyda koronavirusga chalinish umumiy soni 84,5 mingga yaqin, vafot etganlar esa qariyb 5 …