Главная / Jamiyat / Pulat Bobojonov «Jasliq»dagi mahkumlar sonini ochiqladi
<

Pulat Bobojonov «Jasliq»dagi mahkumlar sonini ochiqladi

Uzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri Pulat Bobojonov “Uzbekiston 24” telekanaliga Jasliq koloniyasi tugatilishi haqida intervyu berdi. Malumki, shu yil 2 avgust kuni davlat rahbari tomonidan Qoraqalpogiston IIVga qarashli 19-son ikhtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasining (Jasliq koloniyasi) tugatilishi tugrisidagi qaror qabul qilingandi.

“Prezidentimiz tomonidan imzolangan ushbu qaror mamlakatimiz siyosiy hayotida va dunyo jamoatchiligi oldida juda katta ahamiyatga ega hujjat hisoblanadi. Ushbu koloniya Qoraqalpogiston Respublikasining Qungirot tumani, Jasliq qurgoni hududida joylashgan, khalq tilida “Jasliq” koloniyasi deb aytiladi. Koloniya 1999 yilda tashkil topib, bu erda ogir va uta ogir jinoyatlar sodir etgan, uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shakhslar saqlanib kelmoqda. Ushbu koloniya nafaqat bizning fuqarolar orasida, qolaversa, khalqaro tashkilotlar orasida ham salbiy nom qozongan.

Bu koloniyani prezidentimiz qarori bilan tugatish nima uchun zarur bulib qoldi? Birinchidan, joylashishi Nukus shahridan 300 km., Qungirot tuman markazidan esa 180 km. uzoqlikda. Ikkinchidan, iqlimini olsak, qishda qahraton sovuq, yozda jazirama issiq. Jazoni utayotgan shakhslar, bularning qarindoshlari, yaqinlari kelib-ketishiga ham uta noqulay. Siz bir tasavvur qiling, Fargona viloyatidan, Andijon yoki Surkhondaryo viloyatidan ota-ona yoki farzandlari bilan usha erda jazo utayotgan mahkumni kurish uchun kelish juda kup masofa bosib, Jasliq qurgoniga borilardi. Bu ham ovoragarchilik, vaqt ketishi, juda kup sarf-kharajatlarga sabab bular edi.

Men birinchi marta raqamlarni aytmoqchiman. Turli mish-mishlarda koloniyada 5 000, 10 000gacha mahkum saqlanishi, 5 000 nafargacha diniy ekstremistik jinoyatlarni sodir qilgani uchun saqlanishi tugrisida khabarlar juda kup uchragan.

Mazkur muassasaning bugungi kundagi limiti 1100 urin. Hozirgi kunda 395 nafar mahkum saqlanyapti va shularning atigi 10 foizi diniy ekstremistik jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan shakhslardir. Shuning uchun bu erda har qanday mish-mishlar yoki boshqa narsalar buyicha gap bulishi mumkin emas”, – dedi Pulat Bobojonov.

Uzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:

bir hafta muddatda mazkur qarorga muvofiq tugatish komissiyasini tashkil etadi va 19-son JIEKni tugatish buyicha belgilangan tartibda kompleks tashkiliy-huquqiy choralarni amalga oshiradi;

bir oy muddatda 19-son JIEK mahkumlarini sud tomonidan belgilangan tartib turiga muvofiq ravishda ichki ishlar organlarining boshqa jazoni ijro etish koloniyalariga yuborilishini tashkil etadi;

mahkumlarni yangi ozodlikdan mahrum etish joylariga kuchirish vaqtida 19-son JIEK shakhsiy tarkibi urtasida yuqori jangovar shaylikni va khizmat intizomiga rioya etilishini taminlaydi.

О нас

Яна маълумот

6lJBEITqyjOl_SdnLC6L3fYmPjbSKcjt

YPKh inspektorining kukrak nishoni, radioaloqa vositasi va jezl tayogini tortib olgan fuqaro 10 oyga qamaldi

Foto:Bukhoro viloyait IIB matbuot khizmati Joriy yilning 7 avgust kuni Bukhoro shahrining “Markaziy bozor” chorrahasida …