Главная / Jamiyat / Prokuror Mirziyoev jazolashni vada qilgan Bukhorodagi MKhKhchilarga uzoq muddatli qamoq jazolari suradi

Prokuror Mirziyoev jazolashni vada qilgan Bukhorodagi MKhKhchilarga uzoq muddatli qamoq jazolari suradi

20 iyun kuni Uzbekiston Respublikasi Oliy harbiy sudida Bukhoro viloyati sobiq MKhKh boshqarmasi va prokuraturasining bir guruh rahbarlari ustidan utayotgan yopiq sud majlisida davlat qoralovchisi ayblanuvchilarga nisbatan 15,5 yildan 18,5 yilgacha qamoq jazosi suragan. Bu Ozodlikka yuborilgan sud jarayoniga oid hujjatlar, qolaversa huquq faollari va Toshkent harbiy garnizonining nomi sir qolishini istagan mulozimi bilan suhbatlardan malum buldi. Ozodlik boglangan Uzbekiston Bosh prokuraturasi matbuot khizmati sudning yopiq utkazilaëtgani bois bu haqda malumot berilmasligini bildirdi.

pro

Ozodlik qulga kiritgan ayrim tergov va sud hujjatlaridan malum bulishicha, 08/26616-18-sonli mazkur jinoyat ishi Uzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining tergov guruhi tomonidan shakhsan Prezident Shavkat Mirziyoevning kursatmasi asosida olib borilgan.

Ayblanuvchilar jami 11 nafar bulib, ular ustidan Uzbekiston Jinoyat Kodeksining 301-moddasi (Hokimiyatni suiistemol qilish, hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligi) va 235-moddasi (Qiynoq) bilan tergov ishlari quzgatilgan.

Sudning qora kursisida Milliy khavfsizlik khizmati (hozirgi Davlat khavfsizlik khizmati) Bukhoro viloyati boshqarmasi sobiq boshligi, polkovnik Rustam Azimov, boshliqning ichki khavfsizlik buyicha urinbosari, polkovnik Azim Yunusov, tezkor vakillar Inom Marupov hamda Bahodir Hoshimovlar utiribdi,” dedi Toshkent harbiy garnizoni mulozimi.

Shuningdek, guruh azolari sifatida kurilayotganlar qatorida Respublika Bosh prokuraturasi qoshidagi soliq, valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash Departamentining Bukhoro viloyati bulimi boshligi Ravshan Rajabov, Bukhoro viloyati prokuraturasi tergovchisi Rasul Yuldashev, Bukhoro viloyati IIB terrorizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bulimi boshligi urinbosari Umid Bobomurodov ham bor.

Jinoyat ishida Bukhorodagi Qorovulbozor qamoqkhonasi “lokhmach”lari sifatida tasniflangan Rustam Jumaev, Umid Inogomov, Jamshid Safarov hamda Aleksandr Ivanovlar ham suroqqa tortilgan.

Uzbekiston Bosh prokuraturasi matbuot khizmati MKhKh va prokuraturaning Bukhorodagi sobiq khodimlari ustidan boraëtgan mahkama yopiq bulgani uchun malumot berilmasligini bildirdi.

Sud jarayonidan voqif yana bir huquq faoli Ozodlik bilan suhbatda bukhorolik aka-uka Ibodovlarning qiynoqqa tutilgani haqidagi davolarning jinoiy ish markazida ekanini bildirdi.

Aka-uka Ibodovlar ishi

Bukhoro shahridagi “Sitora” avtomobil bozorida tadbirkorlik bilan shugullanib kelgan 44 yoshlik Ilhom Ibodov va uning akasi 48 yoshlik Rahim Ibodovlar 2015 yil 16 avgust kuni savdo qoidalarini buzganlik va noqonuniy valyuta oldi-sotdisini tashkil qilganlikda ayblanib, MKhKh khodimlari tomonidan hibsga olingan edi.

Bir oy utib Bukhoro Milliy khavfsizlik boshqarmasi tergov izolyatoridan Ilhom Ibodovning uligi chiqdi.

Ilhom Ibodovning Ozodlikka etib kelgan qamoqdan chiqqan jasadi suratlarida murdaning qorin va bel qismlarida kukargan joylari va oyogida jarohatlarini kurish mumkin. Bukhoro viloyat sud-tibbiyot ekspertizasi Ilhom Ibodov ulimi sabablarini urganib, mahbus tergov izolyatorida yurak khurujidan vafot etgan, degan khulosani chiqardi.

Ilohom Ibodovning akasi Rahim sakkiz yilga qamaldi.

28 noyabr kuni Khyuman Rayts Uotch, Inson huquqlari uchun khalqaro sheriklik, Norvegiya Khelsinki qumitasi va Markaziy Osiyoda inson huquqlari assosiasiyasi Uzbekiston hukumatini aka-uka Ibodovlarning qamoqkhonada qiynoqlarga solinishi holatini tergov qilishga chaqirdi.

2016 yil 1 dekabrda Ozodlik bilan suhbatlashgan aka-uka Ibodovlarning onasi Khursand Rajabova kichik uglining qamoqkhonadagi shubhali ulimi yuzasidan batafsil, kholis va shaffof tekshiruv utkazish hamda uzbek qamogida qolayotgan yana bir uglini ozod etishni surab Shavkat Mirziyoevning virtual qabulkhonasiga murojaat etganini bildirdi.

“Ularni ham shu kuyga soldiraman”

Uzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yil 16 fevral kuni Bukhoro viloyatining Peshku tumanida viloyat faollari bilan bulgan uchrashuvda Milliy khavfsizlik khizmati (yangi nomi Davlat khavfsizlik khizmati) ni tanqid qildi.

MKhKhga berilgan cheksiz vakolatni tanqid qilgan prezident, tizim faoliyatini utgan asrning 30-yillaridagi qatagonga solishtirgan edi.

Prezident aka-uka Ibodovlarning qiynoqqa solinganini tilga olmagan esa-da, uning qulida MKhKhning Bukhorodagi jinoyatlari haqida etarli dalillar borlini aytdi:

“Bukhorodan menda juda kup manba bor. Tadbirkorlarni aybsiz qamagani, qanday qiynagani, rasmlari ham bor menda. Usha ishni qilgan tergovchilarning hammasining familiyasi bor. Khudo khohlasa, sog-salomat yursak, vaqt keladi, televizorda kurasizlar. Ularni ham khuddi shu kuyga soldiraman. Nima uchun, adolat bulishi kerak. Yigirma yil bulsa, yigirma yil qamaladi”, dedi prezident.

Bukhorodagi MKhKh va prokuratura mulozimlari ustidan Oliy harbiy sudi hukmi yaqin kunlarda chiqishi kutilmoqda.

Яна маълумот

KgnbIrJHVQVn3UM-bvT09b_d6I0v9LRi

Inglizchani biladigan malimlar chiqyapti, lekin dars berishni bilmaydi” – IELTS’dan 12 yildan beri dars berayotgan pedagog bilan suhbat

“Ingliz tilini urganish men uchun emas ekan”. “Har doim yangidan boshlayman va yana tashlab quyaman”. …