Главная / Jamiyat / Professor: bir odam koronavirusni 59 ming kishiga yuqtirishi mumkin, grippni esa 14 kishiga
<

Professor: bir odam koronavirusni 59 ming kishiga yuqtirishi mumkin, grippni esa 14 kishiga

Angliyalik tibbiyot buyicha professor Hyu Montgomerining hisob kitoblariga kura koronavirus bilan kasallangan bir kishi uni 59 ming kishiga yuqtirishi mumkin.

Uning suzlariga oddiy gripp va koronavirusni yuqtirish urtasidagi farq katta: «Agar men oddiy grippga chalinsam, uni urtacha 1,3-1,4 kishiga yuqtirishim mumkin. Ikkinchi bosqichda usha 1,3-1,4 kishi kasallikni yana shuncha odamga yuqtirsa va bu holat 10 marta takrorlansa, men 14 kishiga gripp yuqtirgan bulaman.

Koronavirus esa ancha zararli… Har bir koronavirus bilan kasallangan odam uni urtacha 3 kishiga yuqtirishi mumkin. Bir qarashda farq katta emasdek, lekin usha 3 kishi yana 3 kishiga virus yuqtirib, bu jarayon 10 marta takrorlansa, okhir-oqibat men 59 ming kishiga koronavirus yuqtirgan bulaman», deydi professor Montgomeri.

Professor Hyu Montgomerining fikricha, jamoat joylarida oraliq masofani saqlamaslik vaziyatni yanada ogirlashtiradi. Doktor kasalkhonalarda kupchilikni bir vaqtda parvarishlash imkoni bulmay turgan hozirgi vaqtda odamlar uchun eng yakhshi yul uzini ihotalash ekanini takidlagan.

«Agar kasal bulish-bulmaslik sizni qiziqtirmaydigan darajada masuliyatsiz odam bulsangiz, bilib quying, gap sizda emas, siz virus yuqtirishingiz mumkin bulgan yana kuplab odamlarda», deydi Hyu Montgomeri.

О нас

Яна маълумот

jV-jWyKWhY3R86LxSr9qbcB1_zRh8T5

Uzbekistonda tibbiy niqoblar ishlab chiqarish kuniga 10,8 mln donagacha etkazildi

Foto: KUN.UZ Uzbekistonda 18 may holatiga himoya niqoblari ishlab chiqarish kuniga 10,8 mln donagacha etkazildi. …