Главная / Jamiyat / Prezident tashrif buyurgan bog egasi: «3 oydayoq hosilning nishonasini oldik»
<

Prezident tashrif buyurgan bog egasi: «3 oydayoq hosilning nishonasini oldik»

Qamchiq dovonidan tushganda yul uchga bulinadi: chapga Namangan, tugriga Quqonga ketiladi. «Sadoqat» deya ataladigan ana shu chorrahada ungga ham yul bor va bu yulni kupchilikni Tojikiston chegarasi deb biladi, aytarli hech kim u yulga yurmaydi. Prezident tashrifidan sung bir guruh jurnalistlar Pop tumaniga qarashli shu hududga bordik.

Yaydoq dasht va toshloqlardan iborat hudud urtasidagi yul buylab 6-7 km yursangiz, chindan ham Tojikiston va Uzbekiston chegarasiga borib qolinadi.

«Nuran uz» MChJ tomonidan Pop tumanidagi adirliklardan iborat ana shu hududdan 1 885 gektar uzlashtirilmagan erda meva-sabzavotchilik klasteri tashkil etilgan.

«Nuran uz» MChJ tasischilaridan biri Nurali Abdullaev bizga hamrohlik qildi va meva-sabzavotchilik sohasiga ikhtisoslashgan klaster faoliyati bilan tanishtirdi.

Nega aynan shu joy tanlangan?

– Agrobiznes sohasida ham tadbirkorlar kupaymoqda, deyarli ikki ming gektar bulgan yakhlit joy topish qiyin bulib qoldi. Endi bundan buyon er tanqislashaveradi, ishlaydiganlar saralanavaeradi.

Keyin biz beshta joyning tuprogidan namuna olib, Fransiyada tekshirtirganmiz va biz etishtirmoqchi bulgan mahsulotlarga aynan shu joy mos kelgan.

Tashkilotimiz olgan bu er hududi okhirgi marta 1983 yilda ishlov berilgan, keyinchalik qarovsiz qolib, hech narsa ekilmagan edi. Bizga bu hududdan 1 885 gektar er berildi, hozirga qadar uning 400 gektardan ortigini uzlashtirib, mevali darakhtlar, ular ostiga tarvuz-qovun ekdik.

Erni haydash ham oson bulmadi, 90 tonnali buldozerlar bilangina yuza qismini yumshata oldik, deyarli 40 yil davomida tarashaday qotib ketgan ekan.

Qolgan qismlarda ham obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda: poliz mahsulotlari ekdik, tokzorlar tashkillashtirish rejalashtiryapmiz. Ayni paytda etishtirayotgan tarvuzlarimizni Rossiya davlatiga eksport qilmoqdamiz, mahalliy bozorni ham taminlayapmiz.

Joriy yil etishtirilgan tarvuzlarimizni 98 ming AQSh dollari miqdorida eksportga yunaltirdik. Keyingi yillarda urik, tarvuz yoki boshqa mevalarimizni Rossiya, BAAga yunaltirish rejamizda bor. Hosildorlikka qarab, bu eksport nuqtalari kengayib boraveradi.

Ayni paytda uzimiz etishtirayotgan mahsulotlarni bozordagi eng shirin mevalar qatorida, deb ayta olamiz. Sababi ularni ustirishda kimyoviy ugitlar ishlatilmaydi va tabiiy holda ustirishga harakat qilamiz.

Chiqindiga tulib ketgan tashlandiq bu hududlarda shu yilning 1 martidan boshlab ish boshladik. Hududni tozalab, 3 oy ichida hatto hosilimizning birinchi nishonasini ham kurdik. Innovasion usullardan foydalanish, ishchi kuchini tugri yunaltirish – asosiy yunalishlarimizdan biri.

Tadbirkorlik uchun er tanlayotganimizda tanlashimiz mumkin bulgan hududlar kup edi. Biroq innovasion usullar yordamida tuproqda mikroelementlar miqdorining mosligini tekshirdik va shu erda ish boshladik. Aslida, hozir innovasion usullarda mahsulot etishtirish uchun tuproqning ahamiyat ham yuq. Muhimi, ishni tugri tashkil etish bilan bogliq.

3 barobar tejamkorlik

– Bogdorchilik faoliyatimizda innovasiya va ilm birlashtirilgan. Yani bogimizda suv tejashga imkon beruvchi tomchilab sugorish tizimini ishlab chiqarishdan foydalanib kelyapmiz.

Tomchilab sugorish tekhnologiyasi yordamida har bir kuchatga, har bir darakhtga teng miqdorda namlik yuboriladi. Suv va ozuqaning bir khil taqsimlanishi natijasida bogda darakht va kuchatlar standart tarzda usadi.

Erimizda innovasion usullardan foydalanayotganimiz bugungi uchrashuvda davlat rahbari tomonidan ham ijobiy baholandi va bizga yangi imkoniyatlar berildi: davlat tomonidan 10ta artezian quduqlari qazib beriladigan, subsidiyalar ajratiladigan buldi.

Tomchilatib sugorishda bir gektar hududga urtacha 20 kub suv sarflanadi. Ananaviy usulda sugorilganda 3 barobar kup suv sarflagan bular edik. Bundan tashqari, tomchilab sugorish tizimi joriy etilgan 147 gektar erni sugorish ishlari bilan faqat 2 nafar ishchi shugullanadi. Agar ananaviy tarzda sugorish ishlarini tashkil qilsak, ancha kup odam bu ish bilan band bulishi lozim. Butun sugorish tizimi avtomatlashtirilgan, men poytakhtdagi ofisimdan turib bu jarayonni boshqarishim mumkin.

Tomchilab sugorish tizimi ustida ham uzimiz ishlaganimiz uchun gektariga urtacha 1800 dollardan tushdi, agar buyurtma qilsak kamida 3 ming dollarga borardi.

Nurali Abdullaevdan davlat rahbari faoliyatlarining aynan qaysi jihatlari bilan qiziqqani tugrisida suradik:

– U kishi bilan suhbatlashganimda, khuddi uzimning hamkasbim bilan gaplashganday buldim, yani agrosanoat sohasidan chindan ham ipidan ignasigacha tushunarkanlar. Dalaning ichida, tarvuz paykallari oralab bir soatdan ortiq yurdik. Eng mayda detallargacha – suv sarfi, ugit, tayyor mahsulotni sotish, kimlarni ishlatishgacha erinmay tushuntirishlar berdilar. Uzi shundoq ham ancha imtiyozlarimiz bor edi, ularni kengaytirish buyicha mutasaddilarga topshiriqlar berdilar, shu joyning uzida qushimcha nasoslarni qazib olishimiz uchun subsidiyalar ajratiladigan buldi.

Qolaversa, faoliyatimizdan kungillari tuldi shekilli, boshqa tumanlarda ham bush erlarda bu tajribani qullash, butun tumanlarni malum ekin turlariga moslashtirish buyicha ham rejalar tuzildi.

Umuman, bizning faoliyatimiz kimnidir qiziqtirsa, biz jon deb urgatishga, yul-yuriq kursatishga tayyormiz. Chunki Uzbekiston mahsulotlariga talab juda yuqori.

Mevali darakhtlar ostida taralgan tarvuz paykallarini biz ham kezdik. Tarvuzlarning quchoqqa sigmaydiganlari ham bor. 10-15 kilolik tarvuzlar oddiy hol bulsa, bu yilgi rekord hozircha 24 kilolik tarvuz ekan. Qovunning hidi esa har shabadada sezilib turadi.

О нас

Яна маълумот

Makhsus komissiya karantinni qaytarishga sabab bulgan 6 muammoni malum qildi

Cheklovlar qaytadan kuchaytirilishiga bir qator muammolar sabab bulgani keltirib utildi. Respublika makhsus komissiyasining bildirishicha, bular quyidagilar: …