Главная / Siyosat / Prezident sud tizimini qayta kurib chiqishga topshiriq berdi
<

Prezident sud tizimini qayta kurib chiqishga topshiriq berdi

Uzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 30 iyun kuni odil sudlovni taminlash va korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi vazifalar muhokamasiga bagishlangan videoselektor yigilishi utkazildi.

Yigilishda malum qilinishicha, 2018-2019 yillarda birinchi instansiya sudlarida jami 192ta jinoyat ishi buyicha 307 nafar shakhs oqlangan bulsa-da, hech qaysi holatda prokuror ayblovdan voz kechmagan. Shu bois tergov jarayonidagi khatolar sud majlisida aniqlansa, prokuror sudning tugashini kutib utirmasdan, uz tashabbusi bilan ayblovdan voz kechadigan tartib joriy etilishi lozimligi qayd etildi.

«Sud binosiga kelgan har bir inson Uzbekistonda adolat borligiga ishonib chiqib ketishi kerak. Bu Prezident talabi!», deya takidladi davlat rahbari.

Biroq, joriy yilda aholidan kelib tushgan murojaatlarning 8 mingdan ziyodi yoki 44 foizida sudlarda ishlar tuliq va kholis kurilmayotgani, uzoq muddat chuzilayotgani bildirilgan.

Yana bir misol, 2019 yilda iqtisodiy sudlarda apellyasiya, kassasiya va nazorat tartibida kurilgan ishlarning 2,5 mingdan ortigi, yani 44 foizi bekor qilingan yoki uzgartirilgan. Bu har ikki shikoyatdan biri buyicha tuman va viloyat iqtisodiy sudi chiqargan qarorlar yuqori sudda uzgarayotgani, tadbirkor va investorlar sarson bulayotganidan dalolat beradi.

Mutasaddilarga ilgor tajribalar va khalqaro standartlar asosida sud tizimini «bir sud – bir instansiya» tamoyili asosida qayta kurib chiqish topshirigi berildi.

Sud tizimida eskilik sarqiti bulgan, uz nomi bilan ham sudning mazmun-mohiyatiga tugri kelmaydigan «nazorat tartibida ishlarni kurish» amaliyotidan tuliq voz kechiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoev sudyalarning adolatli qaror qabul qilishlariga tasir utkazuvchi barcha omillarni, shu jumladan Oliy sud raisi va Bosh prokurorning protest keltirish huquqini bekor qilish taklifini ilgari surdi. Parlament palatalari ushbu taklifni kurib chiqadi.

Sudlar chiqarayotgan qarorlar faqat sud majlisida tekshirilgan dalillarga asoslanishi lozimligi takidlandi. Ayrim sudyalar tergov materiallariga boglanib qolgani, bu esa qonun, sud va davlat obrusiga putur etkazishi qayd etildi. Odil sudlov khalqning kuz ungida, ochiq-oshkora amalga oshirilib, adolat qaror topishi lozimligi aytib utildi.

Khususan, yil yakunigacha sud majlislarini audioyozuvdan foydalangan holda majburiy qayd etish tizimini joriy etish topshirigi berilgan.

Davlati rahbari, shuningdek, sudga borish uchun ayrim tuman va shaharlarimizda odamlarga qulaylik yaratish zarurligi haqida gapirdi. Misol uchun, aholisi eng kup tumanlardan biri bulgan Urgutda (500 ming kishi, 102 ta mahalla) fuqarolik sudi yuqligi sababli 80 kilometr yul bosib, Toyloq tumanlararo sudiga boriladi.

Shu bois sudlar va ularning faoliyatini optimallashtirish buyicha topshiriqlar berildi.

О нас

Яна маълумот

Hukumatga vaksina kharid qilish va aholi vaksinasiyasini amalga oshirish yullarini pukhta urganib chiqish topshirigi berildi

Ayni daqiqalarda prezident Shavkat Mirziyoev navbatdagi videoselektor yigilishi utkazmoqda. Tadbirda bugun Uzbekiston buylab koronavirus pandemiyasini …