Главная / Siyosat / Prezident non ishlab chiqarish kharajatlarini kamaytirish yuzasidan barcha imkoniyatlarni qullash buyicha topshiriq berdi
<

Prezident non ishlab chiqarish kharajatlarini kamaytirish yuzasidan barcha imkoniyatlarni qullash buyicha topshiriq berdi

Prezident Shavkat Mirziyoev 7 noyabr kuni utkazilgan videoselektor yigilishida joylarda non ishlab chiqarish kharajatlarini kamaytirish yuzasidan barcha imkoniyatlarni qullash buyicha topshiriq berdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot khizmatining khabarida aytilgan.

Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 14 oktyabrdagi qaroriga muvofiq, don, un va non etkazib berish tizimiga bozor mekhanizmlari joriy etildi.

mirziyayev

15 oktyabrdan boshlab un va bugdoyning narkhlari erkinlashtirildi va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini moliyaviy qullab-quvvatlash maqsadida har bir nafaqa oluvchiga oyiga 50 ming sumdan kompensasiya tulanmoqda.

Qolipli non bilan kafolatli taminlash uchun etarli resurs zakhirasi yaratilib, un ishlab chiqarishning oylik hajmi mamlakatda 122 mingdan 142 ming tonnaga oshirildi. Bugungi kunda Toshkent shahrida 1 kilogramm un birjada 2300-2400 sumdan sotilayotgan bulsa, chakana savdoda qolipli non narkhi 1500-1700 sumni tashkil qilmoqda.

Yigilishda ayrim viloyatlarda nonning narkhi nisbatan yuqoriligicha qolayotgani kursatib utildi.

Shuning uchun, Toshkent shahri tajribasidan kelib chiqib, barcha viloyat, tuman va shahar hokimlariga unni birja savdosida sotilishidan boshlab, nonni chakana savdoda sotilishigacha bulgan jarayonni har kuni tahlil qilib, aholining nonga bulgan kunlik ehtiyojini tuliq taminlab borish buyicha vazifalar yuklatildi.

Joylarda non ishlab chiqarish kharajatlarini kamaytirish yuzasidan barcha imkoniyatlarni qullash, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga kompensasiya pullarini uz vaqtida va tuliq etkazib berilishini taminlash buyicha topshiriqlar berildi. Bundan tashqari, togli va olis hududlarda qish mavsumiga un va boshqa oziq-ovqat zakhirasi yaratish lozimligi qayd etildi.

О нас

Яна маълумот

UBo47oDHJ427TBhjmvLPOraCfAdP8Eg1

Prezident huzuridagi Khorijiy investorlar kengashining Uzbekiston tomoni tarkibi ochiqlandi

Prezident huzuridagi Khorijiy investorlar kengashining Uzbekiston tomoni tarkibi malum buldi. «Uzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida khorijiy …