Главная / Jahon / Prezident koronavirus bilan bogliq vaziyat buyicha khalqqa murojaat qildi
<

Prezident koronavirus bilan bogliq vaziyat buyicha khalqqa murojaat qildi

Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 18 mart kuni mahalla va oila masalalariga bagishlangan videoselektor yigilishining boshida koronavirus muammosiga tukhtalib utdi.

«Bugungi kunga kelib ushbu khavfli infeksiya 160dan ortiq mamlakatda tarqaldi. Dunyo miqyosida kasallanganlar soni 190 ming nafarga etdi, 7,5 ming ulim holati qayd etildi, 81 mingdan ziyod bemor tuzaldi. Epidemiya keng yoyilib ketgani sababli Jahon sogliqni saqlash tashkiloti uni pandemiya deb elon qildi.

Ming afsuski, bu yuqumli khastalik mamlakatimizni ham chetlab utmadi. Bugungi kunda yurtimizda unga chalingan bemorlar soni 15 nafarga etdi.

Bu vaziyat oldindan tugri baholanib, prezidentimiz topshirigiga muvofiq Respublika makhsus komissiyasi tuzilgan edi. Shu bois Uzbekistonga kasallikning ommaviy kirib kelishi va keng tarqalishining oldi olindi.

Hozirda 6 mingga yaqin kishi karantinga olingan. Odamlar gavjum joylarda ommaviy tadbirlar cheklangan. 16 martdan boshlab barcha talim dargohlarida tatil elon qilindi. 80 ming talaba markazlashgan holda uylariga junatildi.

Har bir hududda hokimlar rahbarligida makhsus shtablar tashkil etilgan. Epidemiologik vaziyat buyicha har soatlik va kunlik malumot tahlil qilinib, tezkor choralar kurilmoqda.

Tibbiyot muassasalari favqulodda ish rejimiga utkazildi. Sihatgoh va oromgohlar karantin muassasalari sifatida moslashtirildi. Tibbiyot maskanlari dori-darmon, himoya va diagnostika vositalari bilan etarli darajada taminlandi. Buning uchun byudjetdan zarur mablaglar ajratildi.

Khorijdagi yurtdoshlarimiz charter aviareyslari orqali Vatanimizga qaytarilmoqda. Chegaralarda harakat cheklandi, ammo transportda yuk tashish tukhtatilgani yuq. Mamlakatimizga kuplab khorijiy va mahalliy yuk tashuvchilar kirmoqda hamda chiqib ketmoqda», deyiladi prezident matbuot khizmati khabarida.

Prezident Shavkat Mirziyoev vaziyat tuliq nazorat ostida ekanini alohida takidlab, khalqqa murojaat qildi.

– Bu hayotning kup ogir sinovlarini va yakhshi-yomon kunlarini boshidan kechirgan khalqimiz hammasini tugri tushunib, masalaga ongli yondashmoqda. Muftiyat rahbarligida diniy ulamolar yurtimizga tinchlik-khotirjamlik, bemorlarga shifo tilab, duoi fotihalar qilishmoqda. Millati, tili va dinidan qati nazar, hammamiz yakdilmiz va, ishonamizki, bu qiyinchiliklar, albatta, utib ketadi.

Buning uchun birinchi navbatda shifokorlar tavsiyalariga amal qilib, shakhsiy gigiena va sanitariya qoidalariga har birimiz uz oilamiz, bolalarimiz bilan uyimizda, ishkhonamizda va boradigan joylarimizda qatiy amal qilishimiz zarur. Kasallikni yashirmasdan, uz vaqtida murojaat qilish uning oldini olishda eng samarali choradir.

Ikkinchidan, oziq-ovqat va boshqa kundalik istemol mahsulotlarining narkhi oshib ketmasligi uchun barcha choralar kurilmoqda. Davlat soliq qumitasi, Bosh prokuratura huzuridagi departament bu boradagi ishlarni kuchaytirishi kerak.

Mamlakatimizda etarli darajada zakhira mavjud, khavotir yoki vahimaga tushishga hech qanday asos yuq. Ammo kupga kelgan bu baloga qarshi hammamiz birgalikda, bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishimiz lozim.

Barcha davlat tuzilmalari va nodavlat tashkilotlar, muhtaram nuroniylarimiz, mahalla va khotin-qizlar, yoshlar birlashmalari faollari ommaviy akhborot vositalari orqali kholis va haqqoniy, keng tushuntirish ishlarini kuchaytirishiga ishonaman.

Uchinchidan, majburiy tatil paytida farzandlarimiz uquv mashgulotlarini davom ettirishlari uchun Uzbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda videodarslar turkumi yulga quyildi.

Teleradiokanallarimiz yoshlarning bush vaqtini mazmunli utkazish uchun tarikhimiz, boy madaniyatimizga oid kursatuv va eshittirishlar, yoshlarimiz uchun foydali va qiziqarli badiiy dasturlar, kinofilmlarni kupaytirishi lozim.

Hurmatli ota-onalarimiz uz farzandlarini jahon va milliy adabiyotimizning eng yorqin namunalari bilan tanishtirishga harakat qilsalar ayni muddao bulardi.

Yana bir muhim masalaga etiboringizni qaratmoqchiman. Hozirgi vaziyatda ayrim masuliyatsiz, haqiqiy holatdan bekhabar va uzini «piar qilish»ni yakhshi kuradigan odamlar turli mish-mish va uydirmalarni tarqatishga urinadi.

Shu munosabat bilan jamoatchiligimizdan iltimos qilaman: sarosima yoki vahima kayfiyatiga berilmaslik kerak. Matbuot va ijtimoiy tarmoqlarda notugri, asoslanmagan malumotlarni tarqatishga yul quymasligimiz zarur. Bu masalani huquq-tartibot idoralari ham alohida nazoratga olishi lozim.

Aziz vatandoshlar!

Koronavirus pandemiyasining butun dunyo mamlakatlari qatori bizning ham iqtisodiyotimizga salbiy tasiri bulishi tabiiy.

Sunggi ikki haftada jahon bozorida neftning narkhi (bir barrel 60 dollardan qariyb 30 dollarga) keskin pasayib ketgani oqibatida gaz eksportimiz tushumlari qisqarishi mumkin.

Khorijdagi asosiy savdo hamkorlarimizning milliy valyutalari qadrsizlanishi respublikamizga ham, albatta, valyuta tushumini kamaytiradi.

Khorijiy turistlar soni va tushum miqdori kamayishi mumkin. Bular, tabiiyki, yalpi ichki mahsulot va eksport hajmiga tasir qilmasdan qolmaydi.

Mening topshirigimga muvofiq, Makhsus ishchi guruh turizm, transport, farmasevtika va engil sanoat kabi sohalarga soliq tatillari berish, kreditlarni qaytarish muddatini kechiktirish, kechiktirilgan tashqi qarzdorlik uchun jarima qullamaslik tartibini joriy qilish choralarini kurmoqda.

Hukumat qiyin ahvolga tushishi mumkin bulgan soha va tarmoqlarni, yirik korkhonalarni qullab-quvvatlash buyicha alohida chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqib, amalga oshirishi zarur.

Bu jarayonda, avvalo, moliya va khomashyo bozorida beqarorlik yuzaga kelishiga yul quymaslik lozim.

Ikkinchidan, moliyaviy barqarorlikni saqlash hamda bozorlarda narkh-navoning usishining oldini olish zarur.

Uchinchidan, iqtisodiyotimizning bazaviy va hal qiluvchi tarmoqlari uzluksiz ishlashini saqlab qolish kerak.

Buning uchun har bir tarmoq, korkhona va hudud kesimida manzilli va aniq tadbirlarni amalga oshirish lozim buladi.

Turtinchidan, markazdan hududiy byudjetlarni va aholimizni qullab-quvvatlash asosiy vazifalarimiz bulishi shart.

Butun khalqimiz aniq bilishi kerak: biz koronavirusga qarshi kurash faoliyatini oshkoralik tamoyillari asosida olib boryapmiz.

Jahon jamoatchiligini ham, khalqimizni ham vaqtida khabardor etib boryapmiz. Kerakli choralarni yanada kuchaytiramiz.

Bugun men ikki qushni davlat – Qozogiston va Turkmaniston rahbarlari Qosim-Jumart Tuqaev hamda Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qilib, bu boradagi uzaro hamkorlik, bir-birimizni qullab-quvvatlash borasidagi barcha masalalarni kelishib oldik.

Kupni kurgan khalqimiz yanada jipslashib, ahil va hamjihat bulib, bu murakkab sinovlarni ham engib utadi, deb ishonaman.

Yana bir muhim masalaga barcha mutasaddilarning etiborini qaratmoqchiman.

Sunggi yillarda sanitariya-epidemiologiya masalasiga jiddiy ahamiyat bermoqdamiz. Hozirda yurtimizda 2ta respublika darajasidagi shifokhona, 14ta viloyat yuqumli kasalliklar shifokhonalari, 216ta hududiy sanitariya-epidemiologiya muassasalari faoliyat kursatmoqda.

Biroq, keyingi 25 yil davomida umuman etibor bermaganimiz uchun aksariyatining moddiy-tekhnik bazasi, ayniqsa, laboratoriyasi, tibbiy anjom va jihozlari achinarli holatga kelib qolgani ham ayni haqiqatdir.

Shu sababli, bugungi kunda respublika sanitariya-epidemiologiya khizmatini tubdan isloh qilish va faoliyati samaradorligini oshirish buyicha ishchi guruh tomonidan alohida qaror loyihasi tayyorlanmoqda.

Mazkur khizmatning asosiy faoliyati tibbiy va sanitar barqarorlik, jamoat salomatligini taminlash, kasalliklar profilaktikasi va soglom turmush tarzini tashkil etishga qaratiladi.

Buning uchun viloyat hokimlari joylardagi sanitariya-epidemiologiya muassasalarini birma-bir aylanib, laboratoriya-diagnostika, tibbiy vosita va jihozlar bilan taminlanganlik darajasi, kadrlar salohiyati, oylik maoshi kabi muammolarni chuqur urganishi zarur.

Ichki moliyaviy imkoniyatlar asosida ularni yil okhiriga qadar bartaraf etish, zakhiralar shakllantirish buyicha alohida dasturlar ishlab chiqib, bajarish lozim.

Bosh vazir respublika darajasidagi va Toshkent shahridagi muassasalarni birma-bir joyiga chiqib urganish va zarur chora-tadbirlar qabul qilinishi hamda ijrosi uchun shakhsan masul buladi.

Asosiy masala – moddiy-tekhnik bazani mustahkamlash, kadrlarni uqitish, ilm-fanni rivojlantirish, aholi salomatligi uchun mablagni ayamasligimiz zarur.

О нас

Яна маълумот

heQZsb8gZKbhksO6oU4B16jPIYSFClin

Moskvada cheklovlar rejimini iyun urtasigacha uzaytirish rejalashtirilmoqda

Moskvada koronavirus pandemiyasi sababli joriy qilingan cheklovlar rejimi 31 maydan keyin uzaytirilib, iyun urtalarida bekor …