Главная / Jamiyat / «Prezidentga meni ishdan olavering deganman» – Khorazmni uch yil boshqargan Rimajon Khudoyberganova bilan suhbat
<

«Prezidentga meni ishdan olavering deganman» – Khorazmni uch yil boshqargan Rimajon Khudoyberganova bilan suhbat

Khorazm viloyatini uch yil davomida boshqargan Rimajon Khudoyberganova Uzbekistonning yangi tarikhidagi sanoqli ayol rahbarlardan biridir.

 U Kun.uz mukhbiri bilan suhbatda utmish voqealarini khotirladi.


Rimajon Matnazarovna Khudoyberganova (1988 yil) / Shakhsiy arkhiv

2020 yilning 18 fevral kuni Dilfuza Uralova Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani hokimi etib tayinlandi. Shundan sung Uzbekistonda rahbar bulib ishlagan ayollar, khususan, Andijon viloyati Jalaquduq tumani hokimi bulgan Manzura Egamova, Khorazm viloyati Bogot tumani hokimi bulib ishlagan Shakarjon Khujaniyazova, Samarqand viloyati Samarqand tumaniga hokim bulgan Rahima Hakimova esga olindi.

Ammo Uzbekistonning yangi tarikhida bundan ham kattaroq miqyosda – viloyatga rahbarlik qilgan ayol ham bor. U Rimajon Khudoyberganova bulib, uch yil davomida Khorazm viloyatini boshqargan.


Rimajon Matnazarovna Khudoyberganova (2020 yil)

Malumot urnida, Khudoyberganova Rimajon Matnazarovna 1942 yilda Khorazm viloyatida tugilgan. 1960-1966 yillarda Toshkent tekstil institutida talim olgan. Mutakhassisligi – tikuvchi. 1966 yilda Urganch tikuvchilik fabrikasiga ishga kirgan. 1972 yilda fabrika direktori qilib tayinlangan. 1980-yillardan boshlab partiya tizimida turli lavozimlarda ishlagan. 1988 yil sentyabr oyida Khorazm viloyati partiya qumitasi birinchi kotibi qilib saylangan. Bu hozirgi vaqtdagi viloyat hokimligiga teng lavozimdir. Qayd etish joizki, Rimajon Khudoyberganova usha vaqtda viloyatni boshqarayotgan SSSRdagi yagona ayol bulgan.

78 yoshli Rimajon Matnazarovna hozir nafaqada. Turmush urtogi Karim Zaripov bilan Urganch tumanidagi uyida yashamoqda, nabiralarini tarbiyalab, keksalik gashtini surmoqda. Biz u bilan uchrashdik, utmishdagi mehnat faoliyati qanday kechgani bilan qiziqdik, tarikhdagi mashhur insonlar bilan bogliq voqealar haqida suradik.


Rimajon Khudoyberganova urush va mehnat fakhriylari davrasida / Shakhsiy arkhiv

 Rimajon opa, keling tarikhni sahifalaymiz. Siz Khorazm viloyati rahbarligiga qanday tayinlangandingiz?

— Khorazm viloyatiga rahbarlik qilishdan oldin turli lavozimlarda ishlaganman. Kup yillar davomida Urganch tikuvchilik fabrikasiga, Khorazm viloyati tikuvchilik birlashmasiga rahbar buldim.

1983 yilda SK KPSS qoshidagi ijtimoiy fanlar akademiyasini tugatdim. Shundan sung, viloyatning sanoat, transport va aloqa bulimida mudir buldim. Bir necha yil davomida ideologiya qumitasiga kotiblik qildim. 1987 yilda Uzbekiston SSR Oliy Kengashiga deputat qilib saylandim.

1988 yili Uzbekiston SSR kompartiyasining bosh kotibi Inomjon Usmonkhujaev Rossiyaning tikuvchilik fabrikalari bilan mashhur bulgan Ivanovo viloyatiga safar qilgan. U erda rahbarlik qilayotgan Zoya Pukhovaning ishi bilan tanishib, taajjublangan. Ayol kishining katta viloyatda qilgan ishlaridan yakhshi taassurotlar bilan qaytgan. Mana shu holat mening tayinlanishimga tasir qilgan deb uylayman. Shu yili Khorazm viloyati partiya qumitasi birinchi kotibligiga nomzod izlanganida Inomjon Usmonkhujaev mening nomzodimni yoqlagan. Barcha hujjatlarim Moskvaga junatilgan.


SSSR khalq deputatlari sezdida bir guruh deputatlar, jumladan Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf bilan / Shakhsiy arkhiv

 U paytlari viloyat rahbarlari Moskvada tayinlanganmi?

— Albatta. Nomzodim Toshkentda maqullanib, munosib deb topilib, bu haqdagi khulosa Moskvaga yuborilgan. U erda barcha hujjatlarim urganib chiqilgan. Shundan sung, meni Moskvaga, suhbatga chaqirishdi.

SSSR kompartiyasi MQ bosh kotibi Mikhail Gorbachyov hujjatlarimni kurib, «Bu ayolni taniyman, suhbatga chaqiringlar», deb topshiriq bergan. Chunki u bilan Toshkentda ish yuzasidan kup uchrashganmiz.

 Moskvadagi suhbat jarayoni qanday kechdi?

— Makhsus komissiya tuplandi, unda Politbyuro azolari, olimlar, akademiklar bor ekan. Har khil savollar berildi.

KPSS MQ kotibi Egor Ligachyov bergan savol esimda. Juda qattiqqul siyosatchi bulgan. «Nechta farzandingiz bor?», dedi. «Uch uglim bor, biri Moskva viloyatida, ikkinchisi Belorussiyada harbiy khizmatda», dedim. Shunda yigilganlar hayron qolishdi. «Bizda bir farzandini harbiy khizmatga zurga yuborishadi, siz ikki farzandingizni yubordingizmi?», deb taajjublanishdi.

Akademiyani qizil diplom bilan tugatganman, uni kurishdi. Diplom ishim mavzusi bilan qiziqishdi. Rus tilini yakhshi bilishimga etibor qaratishdi, usha paytda bu juda muhim edi. Uzim uzbek tilidagi maktabni tugatganman, ammo rus tilini yakhshi bilganman. Khullas, suhbatdan muvaffaqiyatli utganman.


Rimajon Khudoyberganova baynalmilal jangchilar davrasida / Shakhsiy arkhiv

 Ayol boshingiz bilan viloyat rahbari sifatida ishlashdan qurqmadingizmi?  

— Albatta qandaydir qurquv, hayiqish buldi. Ish ogir bulishini tushunganman. Korkhona rahbari bulish boshqa, viloyatga rahbarlik qilish boshqa. Masuliyat ham katta edi. Ammo uzimda qatiyat bulgan.

 Rahbarlikka tayinlanganingizni oilangiz qanday qabul qilgan?

— Rahmatli qaynotamning duosini, erimning rukhsatini olmaguncha uqishga ham ketmaganman, rahbarlikni ham qabul qilmasligimni aytganman.


Rimajon Khudoyberganova pakhta dalasida / Shakhsiy arkhiv

 Viloyat rahbari sifatidagi ish kuningiz qanday kechgan?

— Ehhe, hamma masuliyat viloyat rahbarida bulgan. Tonggi soat 5da kirza etikni kiyib, dalaga chiqib ketardim. Shur yuvish, ekish, kultivasiya, shudgorlash, meliorasiya, khullas, pakhta bilan bogliq ishlarni birinchi navbatda nazorat qilganman. YOnimda shu ishlarni tushunadigan mutakhassislarni olib yurganman. 4-5 soat dalada yurib, keyin ishkhonaga, kabinetimga borganman. Tashkiliy ishlar bilan shugullanganman. Maktablar, bogchalar, yaslilarni, shifokhonalarni, bolalar uyi sharoitlarini, oshkhonalarini tekshirganman, nazorat qilganman. Pakhta mavsumida esa umuman kabinetda utirmaganman, har doim dalada bulganman. Kechqurun soat 9-10larda horib, charchab, uyga qaytib kelganman. Bazan kun buyi ovqatlanmasdan, uyga borib, tuz totgan vaqtlarimiz ham bulgan.

 Khalq bilan qanday muloqot qilgansiz?

— Khalqni, murojaatchilarni uzim qabul qilganman. Mendan oldingi rahbarlar yordamchisi, urinbosariga topshirishgan bulsa, men uzim qabul qilardim. Uzimning alohida qabulkhonam bulgan. Shikoyatlarni yozib olib, joyiga borib urganganman. Agar tasdiqlansa, chora kurganman.


Rimajon Khudoyberganova SSSR Bosh Kotibi Mikhail Gorbachyov va boshqa siyosatchilar davrasida / Shakhsiy arkhiv

 SSSR Bosh Kotibi Mikhail Gorbachyov haqida nima deysiz?

— U bilan ish yuzasidan kup marta uchrashganman. Sodda, ochiqkungil inson. Mana bunga qarang (suratni kursatadi). Hammamiz suratga tushmoqchi buldik. Bir chekkada turgandim, Gorbachyov esa «Rimajon, keling, bu erga utiring», deb chaqirdi. Hatto Oliy Sovet raisi Anatoliy Lukyanovni urnidan turgizib, menga joy berdi (kuladi). Hammamiz birga suratga tushdik. Ammo Gorbachyovning bazi ishlariga qushilmaganman, uni tanqid ham qilganman.

 Sizning rahbarligingizda viloyatda yullar, kupriklar, ijtimoiy soha obektlari qurildi. Ammo ulardan muhimini Amudaryo ustidagi ponton kuprik deyishadi…

— Ha. Amudaryo ustida eski, yogoch kuprik bulgan. Bir yigilishda SSSR Mudofaa vaziri kuplab harbiy jihozlarni hisobdan chiqarish haqida gapirgan. Shunda men suzga chiqib, hisobdan chiqarilgan ponton kupriklarni bizga berishni suraganman. Khorazm va Qoraqalpogiston aholisi qon-qarindosh, daryodan kechib, bir-birining oldiga borishga qiynalayotganini aytganman. Natijada, Amudaryo ustiga ponton kuprik urnatildi. Yangi zamonaviy kuprik qurilgunga qadar, shu ponton kuprikdan kup yillar davomida foydalanildi.


YuNESKO tashkilotining kumush medali / Shakhsiy arkhiv

 Sizda YuNESKO tashkilotining kumush medali bor. Nega taqdirlangandingiz?

— Khivadagi Ichan-qala tarikhiy majmuasida juda katta rekonstruksiya ishlarini bajarganmiz. Pahlavon Mahmud ziyoratgohini tamirlab, khalq uchun ochib berganmiz. Khorazm viloyatidagi madaniy tarikhiy yodgorliklarni saqlash buyicha qilgan mehnatlarimni YuNESKO shu tarzda taqdirlagan.

 Siz viloyat rahbari sifatida 3 yil mehnat qildingiz. Keyin boshqa ishga utkazildingiz. Shu haqda ham gapirib bersangiz.

— Rahbarlikdan bushatilishimga saylov masalasi asosiy sabab buldi deb uylayman. Prezident saylovida Islom Karimov viloyatimizda 36,7 foiz ovoz oldi, Muhammad Solih esa 57 foiz. Islom Abduganievichga: «Meni ishdan olavering, urningizda bulganimda, uzim ham shunday qilardim», deganman.

Buni raqobatchilarim uyushtirgan degan shubham ham bor. Bundan tashqari, bazi rahbarlar «biz erkakmiz, ayol kishi boshliq bulsa, boshimizni qanday kutarib yuramiz», deb arz qilishgani haqida ham eshitganman.

Mendan biror ayb topisholmadi. Ustimdan faloncha uyi bor, faloncha mashinasi bor degan manoda «yumaloq» khatlar yozishdi. Kup marta tekshirishdi, hatto qarindoshlarimning uylarini ham sanab chiqishdi. Bu ayblovlar isbotini topmadi.


SSSR bosh vaziri Valentin Pavlov va Uzbekiston SSR prezidenti Islom Karimov bilan (1991 yil) / Shakhsiy arkhiv

 Ishdan olish jarayoni qanday bulgan?

— Katta yigilish utkazildi. 1 kun oldin Toshkentdan Islom Karimov boshchiligida katta delegasiya keldi. Ishdan olinishimni delegasiya azolarining khatti-harakatlaridan sezganman.

«Ish bor joyda kamchilik topiladi, qayguga botmayman. 50 yoshga yaqinlashdim, nabiralarimni uynatib utiraman. Ishdan olavering, ikki qulim mehnatga urgangan. Ish bersangiz ishlayman, bermasangiz yuq», dedim yigilishda.

«Sizga ish beramiz», dedi Islom Abduganievich. Zaldan esa: «Kerak emas!», degan ovoz yangradi.

«Rimajon yomon ishlamadi. Unga ish bermasak bulmaydi», – deb yana bir bor takidladi Islom Abduganievich.

Shundan sung, rahbarlikdan olindim, bu haqda yigilish qarori qabul qilindi. Keyingi faoliyatimda ipakchilik va pillachilik sohasidagi rahbarlik lavozimlarida 15 yil ishladim. 2007 yildan beri nafaqadaman.

 Uzbekistondagi sunggi uzgarishlarni kuzatib borasizmi, ularni qanday baholaysiz?

— Albatta kuzatib boraman. TV orqali yangiliklarni kuraman. Uzgarishlarni juda ijobiy baholayman. Oldingi rahbarlar hozirgi ishlarning 10dan birini ham qilolmasdi. Davlat rahbarimiz insonparvar, khalqparvar ekan. Muhtojlarning boshini silayapti, uy-joylar beryapti, uylantiryapti. Mahbuslar ozodlikka chiqmoqda, reabilitasiya qilinmoqda. Odamlarning moddiy ahvoli yakhshilanyapti. Juda ajoyib inson. 10 yil oldin davlat rahbari bulganida edi, balki shu inson bilan birga ishlarmidik (kuladi)…


Rimajon Khudoyberganova ipakchilik sohasi khodimlarini taqdirlamoqda / Shakhsiy arkhiv

Rimajon Khudoyberganova yuqlab, khotirlab borganimizdan juda khursand buldi, kungli kutarildi. Hozirda uyining bir khonasini kutubkhona va mujaz muzeyga aylantirgan. Kuplab kitoblarni, rahbarlik lavozimidagi kup yillik mehnati haqidagi, mashhur siyosat arboblari tugrisidagi noyob, tarikhiy fotosuratlarni tuplagan. Ularni bajonidil uquvchilarimiz etiboriga havola qildi.

Rimajon Khudoyberganova 2019 yil may oyida kup yillik halol va samarali mehnati tufayli 1 darajali Mehnat fakhriysi kukrak nishoni bilan taqdirlangan.

Nurmuhammad Said suhbatlashdi

О нас

Яна маълумот

y3ml-fNi4yA-aj_B-RGLYGt9hiYVvGZN

6 apreldan mototransport va velosipedda harakatlanish cheklanadi

4 aprel kuni Uzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini …