Главная / Jahon / Prezident farmoni bilan qator soliq imtiyozlari berildi
<

Prezident farmoni bilan qator soliq imtiyozlari berildi

«Koronavirus pandemiyasi va global inqirozli hodisalarning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy tasirini yumshatish buyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar tugrisida» prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga kura, 2020 yilning 1 aprelidan 1 oktyabriga qadar:

  • yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliqning eng kam miqdori oyiga BHMning 50 foiziga kamaytiriladi;
  • alkogol mahsulotlari bilan ulgurji savdo qiluvchi korkhonalarning ajratmalari 5 foizdan 3 foizga kamaytiriladi;
  • alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun umumiy ovqatlanish tashkilotlarining yigim miqdori belgilangan miqdordan 25 foizga kamaytiriladi.

2020 yilning 1 aprelidan 1 iyuliga qadar turistik (mehmonkhona) yigim hisoblash va undirish tukhtatiladi.

Qishloq khujaligida foydalaniladigan erlarni sugorishda foydalanilgan suv resurslaridan foydalanganlik uchun hajmlar buyicha soliq stavkalari 2020 yilda belgilangan stavkalarning 50 foiziga kamaytiriladi.

Jismoniy shakhslarning 2019 yil uchun yillik daromadlari tugrisidagi deklarasiyani taqdim etish muddati 2020 yil 1 avgustgacha uzaytiriladi.

Jismoniy shakhslarning mol-mulk va er soliqlarini tulash muddati 2020 yil 15 oktyabrgacha uzaytiriladi.

2020 yil 1 apreldan jismoniy shakhslarning khayriya tashkilotlaridan moddiy manfaat kurinishida oladigan daromadlari soliqqa tortishdan ozod etiladi.

Tumanlar va shaharlar khalq deputatlari Kengashlariga faoliyati turizm sohasiga bevosita yoki bilvosita bogliq bulgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shakhslar daromad soligiga belgilangan stavkani 30 foizga kamaytirish tavsiya qilindi.

Mahalliy hokimiyat organlari tadbirkorlik subektlariga mol-mulk soligi, er soligi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq tulash muddatini foizlarsiz 6 oyga kechiktirish (bulib-bulib tulash) imkoniyatini taqdim etadi. Bunda, ushbu soliqlarni kechiktirish (bulib-bulib tulash) soliq tulovchining arizasi va Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligining hududiy boshqarmalari rahbarlarining khulosalari asosida boshqa hujjatlarni talab qilmasdan taqdim etiladi.

Farmonda belgilanishicha, 2020 yil 1 oktyabrgacha:

  • khujalik yurituvchi subektlarga tashqi savdo operasiyalari buyicha muddati utgan debitorlik qarzdorliklari uchun jarimalar qullash tukhtatiladi;
  • soliq organlari vaqtincha qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan khujalik yurituvchi subektlarga mol-mulk, er soligi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq tulovlari buyicha penya hisoblanishini tukhtatib turadi hamda soliq qarzlarini majburiy undirish choralarini kurmaydi.

Tadbirkorlik subektlari faoliyatining soliq tekshiruvi 2021 yil 1 yanvargacha tukhtatib turiladi, jinoyat ish doirasida yoki yuridik shakhs tugatilganligi munosabati bilan utkazilayotgan soliq tekshiruvlari bundan mustasno.

О нас

Яна маълумот

LSlmq_EnR9JHZqft_iE0r0cNYA56Bwf2

«Vatan ugloni» harbiy-vatanparvarlik tashkiloti tashkil etiladi

“Vatan ugloni” bolalar va usmirlar harbiy-vatanparvarlik tashkiloti faoliyati tashkil etiladi. Prezidentning “Uzbekiston Respublikasi “Vatan ugloni” …