Главная / Iqtisodiyot / Prezident aholi tomorqalari buyicha yangi qaror imzoladi
<

Prezident aholi tomorqalari buyicha yangi qaror imzoladi

Prezident “Aholi tomorqalaridan foydalanish samaradorligini oshirishning qushimcha chora-tadbirlari tugrisida”gi qarorni imzoladi.

Uzbekiston fermer, dehqon khujaliklari va tomorqa er egalari kengashi, Uzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagallikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining:

aholi tomorqalariga kafolatlangan kuchat va uruglarni tizimli etkazib berishni tashkil etish uchun “Tomorqa khizmati” MChJlarga issiqkhona, sovitkichli omborkhonalar, chorvachilik majmualari qurish uchun asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq er maydoni ajratish;

“Tomorqa khizmati” MChJlar kuzatuv kengashlari tarkibiga, tuman mahalla va oilani qullab-quvvatlash bulimi boshligi, tuman fermer, dehqon khujaliklari va tomorqa er egalari kengashi raisi azo bulib kirishlari;

aholi tomorqalariga kafolatlangan kuchat va uruglarni tizimli etkazib berish, mahsulotlarni sotishni tashkil qilish uchun viloyatlar va tuman (shahar)lar markaziy dehqon bozorlarida, aholi gavjum punktlarida “Tomorqa khizmati” MChJlar uchun makhsus savdo maydonlarini ajratish tugrisidagi takliflari maqullandi.

Uzbekiston fermer, dehqon khujaliklari va tomorqa er egalari kengashi Fermer, dehqon khujaliklari va tomorqa er egalarini qullab-quvvatlash jamgarmasi mablaglari hisobidan:

klaster usulida faoliyat yuritadigan “Tomorqa khizmati” MChJlarga 3 yil muddatga kredit yoki ularning ustav kapitaliga keyinchalik sotish huquqi bilan ulush ajratadi;

aholi tomorqalarida etishtirilgan qishloq khujaligi mahsulotlarini saqlash uchun 20-30 tonnalik kichik hajmli sovitkichlar barpo etish uchun kredit ajratadi;

tijorat banklari bilan birgalikda Uzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasida uch oy imtiyozli davr bilan bir yil muddatga 4 foiz bank marjasini hisobga olgan holda aholi tomorqalaridan samarali foydalanish yunalishida 2 million sumgacha Oilaviy tadbirkorlik markazi khulosasisiz On-line tarzda tomorqa er egalariga mikrokreditlar ajratish mekhanizmini joriy etadi.

Tadbirkorlik faoliyatini qullab-quvvatlash davlat jamgarmasi tomonidan:

2023 yil 1 yanvarga qadar “Tomorqa khizmati” MChJ hamda qishloq khujaligi kooperativlariga beriladigan kreditlar buyicha kredit summasining 50 foizigacha, biroq 3 mlrd sumdan ortiq bulmagan hajmda kafillik berilishi belgilandi;

fermer, dehqon khujaligi va tomorqa er egalari, “Tomorqa khizmati” MChJ va qishloq khujaligi kooperativlariga Fermer, dehqon khujaligi va tomorqa er egalarini qullab-quvvatlash jamgarmasi mablaglari hisobidan Tadbirkorlik faoliyatini qullab-quvvatlash davlat jamgarmasi tugrisidagi nizom talablarini hisobga olgan holda, ajratiladigan kreditlar foiz stavkasining 7,5 foizli punktigacha qoplab berish tizimi joriy etildi.

Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Inqirozga qarshi kurashish jamgarmasidan Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartib asosida kamida 30 ta aholi tomorqalarini sugorish uchun er osti suvlariga quduqlarni burgilash kharajatlarining 70 foizini, biroq 120 million sumdan oshmaydigan qismini qoplashga subsidiya ajratadi.

2022 yil 1 yanvarga qadar muvofiq tovarlarni olib kirishda bojkhona bojining (bojkhona rasmiylashtiruvi uchun tulov va qushilgan qiymat soligidan tashqari) nol stavkalari belgilandi.

“Uzbekchorvanasl” agentligi bir oy muddatda sisternada avtomatlashgan sut hajmini ulchash va tozalash mekhanizmiga ega sut mahsulotlari yigish mashinalari hamda motokultivatorlarga bulgan talabni hisobga olgan holda “Uzavtosanoat” AJga tekhnik vazifani kiritadi.

“Uzavtosanoat” AJ “Uzbekchorvanasl” agentligining tekhnik vazifasi asosida, bir oy muddatda sisternada avtomatlashgan sut hajmini ulchash va tozalash mekhanizmiga ega sut mahsulotlari yigish mashinalari hamda motokultivatorlarni mahalliylashtirish buyicha aniq choralarni kuradi.

Belgilab quyilishicha:

Uzbekiston fermer, dehqon khujaliklari va tomorqa er egalari kengashi Uzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qullab- quvvatlash vazirligi, Suv khujaligi vazirligi bilan birgalikda har yili 1 aprel va 1 avgustga qadar suv taminoti ogir hududlardagi aholi tomorqalarida qaziladigan quduqlarning manzilli dasturini shakllantiradi va tasdiqlaydi;

loyiha tashabbuskorlariga belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ruykhatga asosan ajratiladigan subsidiyalar 2020-2021 yillarda Inqirozga qarshi kurashish jamgarmasi hisobidan hamda 2022 yildan boshlab Uzbekiston fermer, dehqon khujaliklari va tomorqa er egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon khujaliklari va tomorqa er egalarini qullab-quvvatlash jamgarmasi mablaglari hisobidan moliyalashtiriladi.

О нас

Яна маълумот

swgGBWonoai1fylvJ2Chj-JEJztG4qxc

Umidvorlik holatidamiz. Ustoz jurnalistlar uzbek jurnalistikasi buguni, muammolar va zarur islohotlar haqida

Kun.uz mukhbiri kasb bayrami munosabati bilan Uzbekistondagi bir guruh ustoz jurnalistlarni yuqladi va ularning bugungi …