Главная / Siyosat / Prezident «Narkhoz» buyicha yangi qaror imzolaydi (batafsil)
<

Prezident «Narkhoz» buyicha yangi qaror imzolaydi (batafsil)

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy malumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari qabul qilinadi

Foto: KUN.UZ

Prezidentning “Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy malumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tugrisida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Qayd etilishicha, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga khizmat qiladigan iqtisodiyot sohasida kadrlarni tayyorlash borasida bugungi kunda uz echimini kutayotgan dolzarb muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda. Bular:

birinchidan, shiddat bilan rivojlanayotgan amaliy jarayonlar, mamlakat iqtisodiyotini modernizasiya qilish, uni har tomonlama kompleks rivojlantirishga khizmat qiladigan ilgor tajribalarning talim yunalishi va mutakhassisliklari uquv rejalari va fan dasturlarida uzining aksini topmayotganligi, nazariy bilimlarning amaliyot bilan uzviy boglanmaganligi yuzaga kelgan;

ikkinchidan, globallashuv sharoitida iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlarida yuz berayotgan tarkibiy uzgarishlar, iqtisodchi mutakhassis kadrlarga bulgan yangicha talablarning vujudga kelayotganligi, akhborot-kommunikasiya tekhnologiyalaridan keng foydalanish, raqamli iqtisodiyotni joriy etish buyicha zamon talabiga mos bulgan oliy malumotli va tanqidiy tahlil qilish kompetensiyasiga ega bulgan kadrlarga bulgan ehtiyoj yuqoriligicha qolmoqda;

uchinchidan, professor-uqituvchilarning ilmiy-pedagogik salohiyati, kasbiy bilim darajasi, shuningdek, amaliyotda yuz berayotgan uzgarishlar bilan uygun holda tajribalarini muntazam oshirib borish mekhanizmlarini joriy etish, kasbiy mahoratlarini oshirishda khorijiy ilmiy tadqiqot va oliy talim muassasalarining ilgor tajribalaridan foydalanish yulga quyilmagan;

turtinchidan, oliy talim–ilm-fan–ishlab chiqarish urtasidagi samarali integrasiyaning urnatilmaganligi, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashda eskicha qarashning saqlanib qolayotganligi, ilmiy izlanish natijalarining amaliyotga joriy etish, ularni tijoratlashtirish bilan bogliq tusiqlarning mavjudligi, ijtimoiy-iqtisodiyot sohasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlarning real hayotda mavjud bulgan muammolar echimiga qaratilmaganligi oqibatida ilmiy faoliyatning samaradorligi pastligicha qolmoqda;

beshinchidan, professor-uqituvchilar tomonidan auditoriyalarda professional darajada bilimlarning berilmayotganligi, talabalar bilimini baholashda adolatli va shaffof tizimning yaratilmaganligi, talabalarning ishlab chiqarish va malakaviy amaliyotlarini samarali tashkil etilmaganligi bitiruvchilarning mehnat bozori talablariga tuliq javob bermasligi hamda mutakhassisligi buyicha ishga joylasha olmayotganligiga olib kelmoqda.

Quyidagilar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish, oliy malumotli kadrlar tayyorlashning ustuvor yunalishlari etib belgilanadi:

mehnat bozori talablariga javob bera oladigan, iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlari uchun zamonaviy bilim va kunikmalarga ega oliy malumotli kadrlar tayyorlash, bitiruvchilarning kasbiy-malaka darajasini khalqaro mehnat bozorida tan olinishini taminlash;

talimning sifati va raqobatbardoshligini taminlash maqsadida 2020/2021 uquv yilidan boshlab kredit-modul tizimiga utish va jahondagi etakchi va nufuzli oliy talim muassasalarining ilgor tajribalarini tatbiq etish asosida uquv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish, uquv va ilmiy-uslubiy taminotni taminlash;

zamonaviy talim va akhborot-kommunikasiya tekhnologiyalari kunikmalariga ega bulgan, multimadaniy va multilingvistik muhitda dars bera oladigan, tadqiqot kunikmalariga ega bulgan, Uzbekiston hukumati va biznes oldida turgan ahamiyatli vazifalarning echimini topa oladigan yangi avlod professor-uqituvchilarini shakllantirish;

mustaqil talim soatlari ulushini 60 foizgacha oshirish, talabalarda tanqidiy, ijodiy va kreativ fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik kunikmalarini shakllantirish, uquv jarayonida kompetensiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va tekhnologiyalarni joriy etish.

Universitetda 2020/2021 uquv yilidan:

khorijiy oliy talim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan qushma talim dasturlari hamda tegishli talim yunalishlari buyicha uquv rejalari va fan dasturlarini Universitet tomonidan mustaqil tasdiqlash;

talim yunalishlarini optimallashtirish orqali talabalar qabulini asosan “Iqtisodiyot” talim yunalishida amalga oshirish, birinchi va ikkinchi uquv yilida “Umumiy iqtisodiyot” fakulteti bazasida matematika, matematik apparati mavjud bulgan fanlar, akhborot tekhnologiyalari, iqtisodiyotda fundamental fanlar buyicha chuqur bilimlarni berish;

talabalarni 3-kursdan seleksiya orqali alohida guruhlarga ajratib makhsus dasturlar asosida uqitishni tashkil etish va ularning sohalar buyicha bilim darajalari hamda qiziqishlari buyicha mutakhassisliklarga ajratishni yulga quyish;

“Statistika” va “Turizm” talim yunalishlari buyicha talabalarning bakalavriat bosqichidagi uqish muddatini 3 yildan kam bulmagan tarzda amalga oshirish amaliyotini joriy etish hamda uning tegishli meyoriy-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqish;

talabalar amaliyotini maqsadli tashkil etish va ishga joylashishiga har tomonlama kumaklashish, potensial ish beruvchilar ruykhatini shakllantirib borish va hamkorlik qilish, shuningdek avvalgi bitiruvchilar salohiyatidan unumli foydalanishga qaratilgan “Endaument” fondini tashkil etish;

talim jarayonlarini raqamli tekhnologiyalar asosida individuallashtirish, masofaviy talim khizmatlarini rivojlantirish, vebinar, onlayn, «blended learning», «flipped classroom», «spin-off» tekhnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish;

uquv jarayoniga koucher usulini (maslahat va trening usuli) kiritish va koucherlarni jalb qilish orqali talabalarga malum bir kasbiy maqsadga erishishga yordam berish tizimini joriy etish;

tayanch doktorantlar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning uz ilmiy tadqiqot ishlarini himoya qilish jarayonlarini jadallashtirish hamda shaffofligini taminlashga qaratilgan elektron platformani yaratish, unda ilmiy maqolalar, ilmiy-uslubiy ishlanmalar, ikhtiro va kashfiyotlar hamda tadqiqotning boshqa natijalari tugrisidagi malumotlarni joylashtirib borish tizimi yulga quyiladi.

Universitet faoliyatini yanada takomillashtirish buyicha “Yul kharitasi” tasdiqlanadi.

Universitetga yuksak mustaqil fikrlashga qodir, manaviy-akhloqiy fazilatli kadrlar tayyorlashni kuzda tutuvchi quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifalari yuklanadi:

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Akademik liseyini muvaffaqiyatli tugatgan uquvchilarga bakalavriat bosqichiga uqishga kirish uchun test natijalarida olgan umumiy ballning 30 foizi miqdorida qushimcha ball berish tartibini joriy etish;

raqamli universitet modeliga utish asosida talimni boshqarish, sifatni nazorat qilish, talabalar bilimini baholashning elektron tizimi joriy etiladi, boshqaruv va uquv jarayonlariga inson omili tasiri minimallashtirilib, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan shaffof mekhanizmni yaratish;

korrupsiyaga qarshi kurashish buyicha boshqaruv tizimini joriy etish, khalqaro standart talablaridan kelib chiqib, uquv, ilmiy tadqiqot va tashkiliy jarayonlarni samarali yulga quyish.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida alohida bulinma sifatida “Universitet 3.0” khalqaro uquv va ilmiy-innovasion tadqiqotlar markazi tashkil etiladi.

Quyidagilar markazning asosiy vazifalari va faoliyat yunalishlari etib belgilanadi:

Elektron universitet konsepsiyasi doirasida uquv, uquv-uslubiy va ilmiy tadqiqot sohalari faoliyatini raqamlashtirish, hujjatlar ayirboshlanishini avtomatlashtirish;

universitet bitiruvchilarining milliy va khalqaro mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini taminlash maqsadida ularga talim yunalishi va mutakhassisligi buyicha oliy malumot diplomi bilan bir qatorda khalqaro miqyosda tan olingan (ACCA, CIMA, CFA va boshq.) diplom va sertifikatlar berish amaliyotini joriy etish;

Ommaviy ochiq onlayn-kurslarni yaratish, talim yunalishlari va mutakhassisliklar uquv rejalarida belgilangan zamonaviy fanlarning video va audio maruzalarini tayyorlash, ularni global internet tarmogiga joylashtirish.

Belgilab quyilishicha, davlat byudjeti mablaglari, shartnoma asosida talim va boshqa turdagi khizmatlar kursatishdan tushadigan tushumlar, ilmiy-tekhnik dasturlarga ajratilgan grantlar, ilmiy-innovasion biznesni rivojlantirish uchun uchinchi shakhslar tomonidan ajratilgan maqsadli moliyaviy, homiylik, khayriya mablaglari, korkhona va tashkilotlar bilan khujalik shartnomalarini amalga oshirishdan olingan daromadlar, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.

Universitet Vasiylik kengashiga iqtisodiyot tarmoqlarining kadrlarga bulgan ehtiyojlarini inobatga olgan holda, shuningdek istiqbolda bakalavriat talim yunalishlari va magistratura mutakhassisliklari buyicha tulov-kontrakt miqdorlarini Universitetning uz kharajatlarini qoplash darajasidan kelib chiqib mustaqil belgilash tizimiga utish huquqi beriladi.

Universitet rektoriga quyidagi vakolatlar beriladi:

ilmiy tadqiqotlar sohasida universitet professor-uqituvchilari, izlanuvchilari va khodimlarni Scopus, Web of science, Science Direct va boshqa khalqaro ilmiy-tekhnik bazalar tizimiga kiruvchi ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalar chop etganligi, shuningdek, ilmiy-uslubiy, ilmiy tadqiqot, tashkiliy-uslubiy, manaviy-marifiy va tarbiyaviy ishlar bajarilishidan kelib chiqib, ish haqiga 200 foizgacha ustamalar belgilash;

Oliy va urta makhsus talim vazirligi bilan kelishilgan holda kadrlar buyurtmachilari takliflari asosida yangi talim yunalishlari va magistratura mutakhassisliklarini ochish, uquv reja, fan dasturlari va talim berish muddatlariga uzgartirishlar kiritish.

Oliy va urta makhsus talim vazirligi va universitet rektoriga 2020 yil 1 mayga qadar prezidentning PF-5812-sonli farmonida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, universitetga biriktirilgan Talimning khalqaro standart tasniflagichi darajalari bilan uygunlashgan tekhnikumlar hamda kup tarmoqli uquv markazlari va amaliyot poligonlarini tashkil etish uchun berilgan kasb-hunar kollejlari faoliyatini rivojlantirish bilan bogliq kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va urnatilgan tartibda tasdiqqa kiritish vazifasi yuklanadi.

Aholining keng qatlami, ayniqsa, mamlakatning chekka hududlarida istiqomat qilayotgan yoshlarning oliy talim bilan qamrovini kengaytirish hamda khorijiy fuqarolarni uqishga jalb etish maqsadida Universitetda 2021/2022 uquv yilidan masofaviy uqitish shakli (onlayn, vebnet, vebinar, e-learning dasturi va sh.k.) tajriba tariqasida tashkil etiladi.

Universitet balansida bulgan Toshkent viloyati Bustonliq tumani, Navabot QFYda joylashgan “Iqtisodchi oromgohi”ni qayta tamirlash ishlariga, khususan Avstriyaning Krems amaliy fanlar universiteti bilan hamkorlikda Tog turizmi, Turizm va dam olish menejmenti talim yunalishlari buyicha amaliyot darslarini tashkil etish maqsadida davlat-khususiy sherikchiligi shaklida mehmonkhona, kungil ochar inshootlar, turizmni rivojlantirishga qaratilgan turli infrastrukturalar qurilishiga rukhsat beriladi.

Oliy va urta makhsus talim vazirligi va Universitetning khususiy sektor vakillari bilan uzaro manfaatli hamkorlik aloqalarini urnatadigan, talim va ilmiy-innovasion ishlanmalarni tijoratlashtirishga khizmat qiladigan kup tarmoqli “TSUE-INVEST” masuliyati cheklangan jamiyatni tashkil etish taklifiga rozilik beriladi.

Quyidagilar “TSUE-INVEST” masuliyati cheklangan jamiyatning asosiy vazifalari etib belgilanadi:

autsorsing asosida talimga khizmat qiladigan va Universitet infrastrukturalarini rivojlantirishga qaratilgan turli mulk shaklidagi korkhona va kompaniyalar hamda khalqaro moliya tashkilotlari bilan tugridan-tugri shartnomalarni imzolash;

Universitetning moddiy-tekhnik bazasini modernizasiyalash, zamonaviy bino va inshootlarni qurish, uquv va ilmiy laboratoriya jihozlarini kharid qilish bilan bogliq ishlarni tashkil etish;

khalqaro va mahalliy investorlarni jalb qilgan holda talim va ilmiy tadqiqotlar sohalarini sifat jihatidan yangi bosqichga kutarishga khizmat qiladigan investision loyihalarda faol ishtirok etish;

Universitet professor-uqituvchilari, ilmiy khodimlar va iqtidorli talabalar tomonidan yaratilgan innovasion goya va ishlanmalarni tijoratlashtirishga kumaklashish, pullik talim khizmatlari kulamini kengaytirish va rivojlantirish buyicha buyurtmalar portfelini shakllantirish.

О нас

Яна маълумот

udV6lq5fNj1QeWONGMFJbEV25B1FlXek

1 apreldan qonunchilikda nimalar uzgaradi?

Toshkentda ikkilamchi bozordan uy olish huquqi, tan olinadigan fuqarolik, adliya tizimiga qaytayotgan «ZAGS», kengaytirilayotgan elektron …