Главная / Siyosat / Prezident Chiroqchi va Andijondagi voqealar uchun ichki ishlar organlari rahbarlarini tanqid qildi
<

Prezident Chiroqchi va Andijondagi voqealar uchun ichki ishlar organlari rahbarlarini tanqid qildi

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida odil sudlovni taminlash hamda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirishga bagishlangan videoselektor bulib utmoqda. Yigilishda sud-huquq tizimi tanqid qilingan va Andijon shahrida hamda Chiroqchi tumanida ichki ishlar organlari binolarida qiynoq holatlari kuzatilganiga munosabat bildirilgan.

«Biz sunggi uch yarim yilda qiynoqlarga yul quymaslik buyicha jiddiy va ortga qaytmaydigan islohotlarni amalga oshirdik. Lekin, Andijon shahar va Chiroqchi tuman ichki ishlar idoralarida yaqinda sodir bulgan fojiali holatlar tizim rahbarlarini uygotishi, aniq khulosalar qilishga chorlashi kerak.

Ushbu fojia oqibatida 2 nafar inson hayotdan erta kuz yumdi. Ularning oilalari bu huquq-tartibot idoralari rahbarlaridan emas, davlatdan norozi.

Nima uchun tezkor-qidiruv va tergovni nazorat qiluvchi prokurorlar, ichki ishlar rahbarlari bunga biz aybdormiz, deb chiqib aytmaydi. Usha khodimlarning bilimini oshirmadik, qonun bilan ishlash, odamlar bilan muomala qilishga urgatmadik, deb nima uchun khalqdan kechirim suramaysizlar? Bu kabi nokhush holatlar takrorlanmasligi uchun qaysi tizim yoki hududiy idora rahbari aniq reja yoki dastur ishlab chiqdi?

Ming afsus bilan aytish kerak, sizlardagi loqaydlik va bilimsizlik islohotlarimizni obrusizlantirmoqda.

Hozirda ushbu jinoyatlarga aloqador 11 nafar ichki ishlar khodimlari qonun oldida javob bermoqda. 7 nafar rahbar lavozimidan ozod etildi, yana 16 nafari intizomiy javobgarlikka tortildi», degan prezident.

  • Eslatib utamiz, Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida mol ugirlashda gumon qilingan 32 yoshli erkak 2020 yil 23 yanvar IIB khodimlari tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etgandi. Keyinroq IIBning boshqa khodimlari ushbu jinoyatni yashirish maqsadida guvohlarga bosim utkazgani malum buldi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi ochilib, ikki nafar IIB khodimi qamoqqa olingani haqida khabar berildi. Sungra fuqaroning urib uldirilishida yana 13 nafar khodimning quli borligi malum qilindi.
  • Shuningdek, Andijonda fuqaro A.Abdukarimov IIBdagi qiynoqdan sung 11 iyun kuni vafot etgach, besh kishi ishdan olindi, 19 kishi jazolandi. Holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi quzgatilgan. Olib borilgan tergov harakatlari davomida uch nafar ichki ishlar organlari khodimiga nisbatan Jinoyat kodeksining 206, 234 va 235-moddalari bilan ayb elon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qullangan.

О нас

Яна маълумот

4GyK1cOeKIbcD9Wjm600EdASXUn6q0Ub

Toshkent shahri va Toshkent viloyati tumanlari hududlari uzgartiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoev 5 avgust kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyatining uzaro chegaradosh bulgan tumanlari …