Главная / Madaniyat / Pinhoniy uchrashuvlar kimlarga bakht keltirgan?

Pinhoniy uchrashuvlar kimlarga bakht keltirgan?

uchrashuvMuqaddas dinimiz Islomda mahram masalasiga jiddiy ahamiyat beriladi. Mahram deganda, uziga yaqin qarindoshlar – ota-ona, farzandlar, aka-uka, opa-singil, jiyan, amma, khola, toga va amakilar tushuniladi. Nomahram esa, uzoqroq qarindoshlar (amakivachcha, kholavachcha va hokazo) va begona kishilardir.
Dinimizda uzaro nomahram sanalgan ikki kishi bir joyda qolishi, bir-biriga yomon kuz bilan qarashi, buzuq ishlar qilishi qatiy qoralangan. Alloh taolo shunday amr qilgan: “(Ey Muhammad,) muminlarga ayting, kuzlarini (nomahram ayollarga tikishdan) tussinlar va avratlarini (haromdan) saqlasinlar! Mana shu ular uchun eng toza (yul)dir. Albatta Alloh qilayotgan amallaridan khabardordir. Muminalarga ham ayting, kuzlarini (nomahram erkaklarga tikishdan) tussinlar va avratlarini (haromdan) saqlasinlar!..” (Nur surasi, 30-31-oyatlar). Bu erda mumin va muminalar nomahramlarga shahvat bilan nazar solishdan qaytarilmoqda, jinsiy azolarini zinodan saqlashga buyurilmoqda, bu ish qalb pokizaligi uchun muhim omil ekani aytilmoqda.
Alloh taolo bizni shunday ogohlantiradi: “(Alloh) kuzlarning khiyonatini ham, dillar yashiradigan narsalarni ham biladi” (Gofir surasi, 19-oyat).
Parvardigorimiz har bir ishimizni kurib-kuzatib turadi. U Zot banda haromga ugrincha nazar tashlayotganini ham biladi. Okhiratda bu borada bandasini hisob qiladi. Musulmon odam shunday etiqodda buladi. Mana shu etiqod insonni tarbiyalaydi, qingir yullarga kirib ketishdan saqlaydi.
Afsuski, hozirgi kunda istirohat boglarida, khiyobonlarda qul ushlashib, hatto hech kimdan uyalmay-netmay quchoqlashib utirgan yosh yigit-qizlarga kurib khafa bulib ketadi kishi. Shu ish bizning uzbekchilikka, musulmonchilikka tugri keladimi? Ota-bobolarimiz davrida shunaqa erkin muhabbat bulganmi uzi? YOshlarning bunday erkin muomalalari bakht qasrini qurishlariga monelik qilmasmikan, degan uy-khayollar odamni khavotirga solmay quymaydi.
Dinimizda begona ayolni ushlash, quchoqlash u yoqda tursin, hatto unga yomon nazar bilan qarashdan ham qaytarilgan. Mashhur sahoba Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Paygambarimiz sollallohu alayhi va sallam: “Odam bolasiga zinodan bulgan nasibasi yozilgan. Buning etishida shubha yuq. Ikki kuzning zinosi nazar solish, ikki quloqning zinosi eshitish, tilning zinosi gapirish, qulning zinosi ushlash, oyoqning zinosi qadam tashlashdir. Qalb ragbat qiladi, khohlaydi. Farj esa uni tasdiqlaydi yoki yolgonga chiqaradi”, deganlar (Bukhoriy, Muslim, Abu Dovud va Nasoiy rivoyati). Har bir azoning zinodan nasibasi bor ekan. Shu sabab faqat jinsiy azoni emas, ikki kuz, til, oyoq-qullarni, hatto qalbni ham zinodan saqlash lozim.
Hadisda sanalgan ishlar bandani zinoga etaklaydi. Masalan, kuzni olaylik. Nomahram ayolning husniga uzoq tikilib qolgan erkak u bilan birga bulishni khohlaydi. Bu ayni zinodir. Nomahram ayolning mayin suzlarini eshitib, lazzatlanganda ham odam gunohga botadi. Zino qilishda ikki oyoq eng katta “khizmat”ni bajaradi. Sabab zinokor shakhs ikki oyogi bilan yurib boradi usha nopok joyga.
Zino illati oila mustahkamligiga, jamiyat hayotiga qanchalik ziyon etkazishi kunday ravshan. Kharraklarda utirib olib, bir-birining pinjiga kirib ketgan yoshlar kelajakda qanday oila vakillarini bulishni uylasa, insonni khavotir bosadi. Chunki, tajribadan ham kurinib turibdi, “uldim-kuydim”, “usiz yasholmay”, “ulib qolaman” qabilidagi utkinchi muhabbat bilan oila qurgan juftlarning kupi bakhtsiz bulmoqda, arzimas sabablar bilan ajrashib ketmoqda. Mana shunday noshariy, milliy qadriyatlarimizga umuman zid harakatlar sabab juda kup yoshlar hayotga yuzaki qaramoqda. Ayniqsa, qizlar bundan kup aziyat chekmoqda. Shuning uchun ota-onalar bu masalaga jiddiyroq qarashlarini suraymiz. Farzandingiz qaerda yuribdi, kimlar bilan dust bulyapti, utkinchi “sevgi-muhabbat” ga aldanib qolmayaptimi? Bularning hammasiga ota-ona javobgar. Khudo kursatmasin, ertaga bir kor-hol bulsa ham ota-ona javrini tortadi. Farzand orqasidan gap eshitadigan ham ota-ona buladi. Shuning uchun ham doimiy nazorat qilib turilsa ular uzini unglab oladi, khatosini tuzatadi. Khalqimizda “bir bolaga etti mahalla ota-ona” degan naql bor. Keyingi paytlarda mana shu naql unutilayozgandek.
Azizlar, ogoh bulaylik. Bugun Garbdan kirib kelayotgan “ommaviy madaniyat” nomli ogu farzandlarimizni uz domiga tortmoqda, ularning akhloqiga, talim-tarbiyasiga tasir qilmoqda. Bunga qarshi, farzandlarimizni milliy va diniy qadriyatlarimizga khos va mos holda tarbiyalaylik, halol-haromni tushuntiraylik, imon-etiqodni urgataylik. Zero, ertangi kunimizning yorug kelajashi bizning farzandlarimiz!

О нас

Яна маълумот

pul

Daryoda oqizilgan pul

Bir kishi tijorat maqsadida safar qilmoqchi bulgan ekan. Lekin savdo uchun tuplagan moli ozlik qilib, …