Главная / Jahon / Pentagon uz harbiylarini Suriyadan olib chiqmoqda, kurdlar turklarga qarshi Bashad Asad bilan ittifoq tuzmoqchi
<

Pentagon uz harbiylarini Suriyadan olib chiqmoqda, kurdlar turklarga qarshi Bashad Asad bilan ittifoq tuzmoqchi

AQSh Suriyadan yana ming nafarga yaqin harbiy khizmatchisini olib chiqadi. Bu haqda CBS efirida Pentagon rahbari Mark Esper malum qildi.

«Sunggi 24 soat davomida biz Turkiya janubga tomon hujumini davom ettirish niyatida ekanini angladik. Ular rejadagidan ham ichkariroqqa kirishmoqchi. <…>  Bu holatda biz ikki tomondan armiyalar hujumiga uchrash khavfi ostida qolishimiz mumkin», degan Esper.

Uning suzlariga kura, amerikalik harbiylar bu «qurqinchli vaziyat»da bu erda bulmasligi kerak, bu harbiylarni «ongli ravishda olib chiqish»dir.

yf7baqmxkkfvywjyg8r8jm6tumwz5xff

Esper AQShning ittifoqchilari bulgan «Suriya demokratik ittifoqi» kuchlari Turkiya harbiylariga javob qaytarish uchun Suriya hukumati va Rossiya harbiylari bilan kelishmoqchi bulayotganini qushimcha qilgan.

Ammo Pentagon rahbari gap qanday kelishuv haqida ketayotaniga aniqlik kiritmagan.

Turklar Suriyaga kirishidan oldinroq  «Suriya demokratik kuchlari» (SDF) qumondoni Mazlum Abdi turklarga qarshi kurashda Suriya arab respublikasi prezidenti Bashar Asad bilan ittifoq tuzilishi mumkinligini istisno etmagandi.

Suriya davlat televideniesi malumotiga kura, amerikalik harbiylar Raqqa provinsiyasi shimolidagi al-Jalabiyya bazasidan evakuasiya qilinadi.

«Tinchlik bulogi» amaliyoti

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdugan 9 oktyabr kuni Suriya shimolida Kurdiston ishchilar partiyasi va IShID jangarilariga qarshi harbiy amaliyot boshlanganini elon qildi.

Turkiyaliklar etakchisi bu amaliyotning asosiy uch maqsadini keltirgan: janubiy chegaralarni terrorchilardan tozalash, Suriya hududiy yakhlitligini himoya qilish va shu vaqtgacha Turkiya hududida yashab kelayotgan suriyalik qochqinlarni joylashtirish uchun «khavfsiz hudud» barpo etish.

Shu kunlarda Vashington Suriyadan uz harbiylarini olib ketishi haqida elon qilgach, Turkiya aviasiyasi Suriyaning chegara hududidagi Ras-al-Ayn va boshqa shaharlariga havo zarbalari berishni boshladi. Sunggi malumotlarga kura, turkiyalik harbiylar tomonidan uldirilgan kurd harbiylari soni 500 nafarga yaqinni tashkil qilmoqda.

Suriya hukumati rasmiy Anqarani Suriya shimolida amaliyot boshlagani uchun qoralamoqda. Khalqaro hamjamiyat Turkiyadan harbiy harakatlarni tukhtatishni talab etmoqda.

О нас

Яна маълумот

WvxrZyZY9NPr9Zn1WLwfH_VxhKYWSk4X

Koronavirusga qarshi choralar: Prezident farmonida nimalar kuzda tutilgan?

20 mart kuni Uzbekiston Respublikasi prezidenti «Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy …