61572747b6f4e86c95dae7a19491e88dAQShning 30 sentyabr holatiga kura, Afgonistondagi harbiy khizmatchilari soni 15,3 ming kishini tashkil etadi. Iroqda 8,9 ming amerikalik harbiy khizmat qilayotgan bulsa, Suriyada esa, amerikalik harbiylar soni 1,72 ming kishini tashkil etadi.

Pentagon mamuriyati tomonidan elon qilingan malumotlarga kura, Afgonistondagi harbiy kontingent jangovar harakatlar davom etayotgan mamlakatlardagi eng kupidir. Bu prezident Donald Tramp tomonidan elon qilingan sondan birmuncha kup ekanini anglatadi.

2016 yil okhirida AQShning usha vaqtdagi prezidenti Barak Obama davrida Afgonistondagi amerikalik harbiylar soni 8,4 ming kishini tashkil etgan. Joriy yil avgustida Pentagon Afgonistonda 11 ming harbiy khizmatchisi bor ekanini bildirgan edi.

Keyinchalik, Tramp ularga yana 3 ming askarni qushishni rejalashtirayotgani haqida khabarlar paydo bulgan edi.

2015 yil 1 yanvaridan Afgonistonda NATOning jangovar bulmagan missiya faoliyat yuritadi.

Takidlanishicha, Amerikaning khorijiy mamlakatlardagi eng katta missiyasi Yaponiyada bulib, bu erda 45 mingga yaqin amerikalik harbiy bor. Germaniyada 36 ming askar, Janubiy Koreyada 25 mingga yaqin. AQShning khorijiy mamlakatlardagi askarlarining umumiy soni 257,3 ming kishini tashkil etadi.