Главная / Iqtisodiyot / Past Dargomda korkhona elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgan: MIBga hokimlik vakillari tusqinlik qilishdi
<

Past Dargomda korkhona elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgan: MIBga hokimlik vakillari tusqinlik qilishdi

«Urmon qonunlari» amal qiladigan Samarqand viloyatining Past Dargom tumanida navbatdagi mojaro: tugridan-tugri tuman hokimligi vakillarining noqonuniy aralashuvi tumanda chindan ham Uzbekiston Respublikasi hududida belgilangan qonun-qoidalar amal qilmasligiga yana bir bor yaqqol misol bula oladi.

Past Dargom tumani markazi Juma shahrida MIB khodimlari va davlat korkhonasi urtasida sodir bulgan ushbu mojaroni borib urgandik.

Malum bulishicha, Juma shahridagi «Qatorterak» mahallasiga yondosh hududlardan birida 2 gektardan ortiq erda joylashgan 64 yillik tutzor shu yilning avgust oyida kesilib, obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli beton tayyorlash korkhonasiga berilgan.

Bu erda tayyorlanayotgan beton mahsulotlari Juma shahridagi obodonlashtirish ishlariga ishlatilmoqda. Bu qaysidir manoda yakhshidir, albatta.

Lekin ikki oycha avval uz faoliyatini boshlagan beton tayyorlash korkhonasi uzboshimchalik bilan tarmoqqa ulangan, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan va energiya sotish korkhonalariga bir tiyin tulamasdan kelgan.

Qishki vaqtda aholi elektr energiyasi etishmovchiligidan qiynalmoqda. Energiya sotish korkhonalari khujasizlikka yul quymaslik, elektr energiyasidan samarali foydalanish kerakligini bot-bot takrorlamoqda. Joylarda elektr energiyasi talon-toroj bulishiga tuman hokimligining uzi bosh-qosh bulayotgani qaysi qolipga sigadi?!

4 dekabr kuni MIB khodimlari voqea joyini urganib, elektr hisoblagichsiz ishlayotgan transformatorni muhrlashganda va tegishli tartibda dalolatnoma imzolashganda ularga korkhona khodimlari tomonidan keskin qarshilik kursatilgan. Bunisiga nima deysiz?

MIB Past Dargom tuman bulimi boshligi urinbosari Suhrob Jalilovning suzlariga kura, beton tayyorlash korkhonasi ish yurituvchisi Ramiz Annabozorov namoyishkorona tarzda plomba va muhrlarni yulib tashlab, avtomatni yoqib, korkhonani yana ishga tushirib, MIB khodimlariga faol qarshilik kursatgan.

MIB khodimi  Suhrob Jalilov

Chunki Past Dargom tuman hokimi Shunqor Khudoyberdievning yordamchisi Asror Mardiev ushbu vaziyatda MIB khodimlariga bosim utkazib, elektrdan uzmaslikni talab qilgan. Voqea guvohlari jarayonni videotasvirga olishgan. Videotasvirda tuman hokimi Shunqor Khudoyberdiev ham shu erga kelayotgani aytilganini kurish mumkin. Lekin hokim kelmagan.

Tuman hokimi yordamchisi Asror Mardiev va korkhona vakili R.Annabozorov

Voqea joyiga chaqirilgan tuman ichki ishlar organlari khodimlari davlat inspektoriga qarshilik qilayotgan bezorilarni tukhtatish urniga, «uzlaring kelishib olinglar», degandek qilib ketib qolishgan.

Shunda transformatorni izolyator nuqtasidan uzish maqsadida tuman elektr tarmoqlari korkhonasi rahbariga murojaat qilingan. Tuman ETK rahbari Hikmat Hayitov va korkhona khodimlari voqea joyiga etib kelib, turli bahonalarni rukach qilib, beton tayyorlash korkhonasini noqonuniy foydalanilayotgan elektr tarmogidan uzishdan bosh tortgan.

Mazkur vaziyat yuzasidan kholislar ishtirokida tegishlicha dalolatnoma tuzilgan, korkhona khodimlari dalolatnomani imzolashdan bosh tortishgan.

Ushbu voqealardan khulosa qilish mumkinki, korkhona bevosita tuman hokimining ogzaki buyrugi bilan tarmoqqa noqonuniy ulanib, foydalanib kelinmoqda. Yuqsa, ETK rahbari, ichki ishlar organlari khodimlari MIB khodimlarining qonuniy talabini bajarishgan, korkhonada ish yuritayotgan R.Annabozorov davlat organi khodimlariga bu qadar bepisandlik bilan qarshilik kursatmagan bulardi.

Uzingiz uylang, orqasida tuman hokimi turmagan istalgan boshqa korkhonada shu holat yuz berganida nima bulardi?! Tadbirkor «onasini Uchqurgondan kurardi!»

Mazkur hududda yashovchilar ham bu korkhona ishga tushganidan norozi. 64 yillik tutzor kesilib, urniga maktab quriladi, deb vada qilinganda kutilmaganda sershovqin beton tayyorlash korkhonasi ishga tushgan.

Korkhonaga qum, shagal va sement ogir yuk mashinalarida keltiriladi. Qorilgan beton ham mikser yuk mashinalarida tashiladi. Ogir yuk mashinalari mahalla asfaltini uyib yuborgan. Ular utganda uy devorlari zirillaydi. Chang tuzon va shovqin-surondan hamma bezor.

Ushbu hududda fermerlik bilan shugullanuvchi, kesilgan tutzordan pilla etishtirish uchun foydalanib kelgan fermer Norchuchuk Juraqulovaga kura, shuncha yildan buyon usib yotgan tutzorning kesilgan tutlari pakhtaga kelgan yordamchilarga ovqat tayyorlash uchun utinlikka suralganida ham Ramiz Annabozorov tomonidan berilmagan.

Mazkur vaziyatda Past Dargom hokimligi javob berishi shart bulgan bir necha urinli savollar yuzaga chiqadi.

1. Yurtimizda pilla etishtirishga katta etibor qaratilmoqda. Pillachilikda asqotib turgan kup yillik tutzor nega kesildi? Beton zavodni qurish uchun tumanda tashlandiq maydon kammidi?

2. Er maydoni kimga, qaysi korkhonaga va qaysi qaror asosida ajratib berilgan? Hokimning er ajratish tugrisida qaror chiqarishiga qonuniy asoslar bormi?

3. Biz borganimizda elektr tokiga hisoblagich urnatilganini kurdik. Biroq u bazaga kiritilmagan va korkhona elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishda davom etmoqda. Buning ortidan keladigan zarar va jarimalarni kim tulaydi?

Mojarodan keyin elektr tokiga hisoblagich urnatilgan, lekin u bazaga kiritilmagan

4. MIB khodimlariga qarshilik qilgan va zuravonlik qilgan kishilarga nisbatan tuman huquq-tartibot idoralari biror chora kuradimi? Ular kimga ishonib bu tarzda zuravonlik qilgan?

5. Nega tuman Ichki ishlar bulimi khodimlari MIB khodimlarining qonuniy talabiga zuravonlik va qarshilikni tegishli tarzda rasmiylashtirmasdan ketib qolishdi? Davlat ularga nima uchun maosh tulamoqda?

6. Tuman ETK korkhonasi rahbari H.Hayitov va uning khodimlari nega korkhona noqonuniy foydalanilayotgan elektr energiyasini tarmoqdan uzish tugrisidagi MIB talabini bajarmadi?

7. Voqea joyida bulgan tuman hokimi yordamchisi Asror Mardievning mojaroga aralashishiga nima sabab bulgan, nega u vaziyatni noqonuniy hal qilishga, MIB khodimlarining qonuniy talablarini bajarmaslikka intilgan?

Kun.uz bu masalada respublika, viloyat va tumandagi tegishli organlardan javob kutadi.

Eslatib utamiz, bu Past Dargom tumanida yashnab turgan darakhtlar kesib tashlanib, hudud hokimga yaqin tadbirkorlarga berib yuborilayotgan birinchi holat emas.

Avval ham tumanda baliqchilik bilan shugullanayotgan tadbirkorlarga tegishli hududlarni tuman hokimining yaqin urtogi, fermer Hamza Hojimamatovga olib berishga besamar urinish bulgan edi.

Sungra tuman markazidan utuvchi respublika ahamiyatidagi yul chetidagi archalar kesib tashlanib, yulning himoya zonasidagi hudud tuman pochta aloqa bulimi sobiq rahbarining hech joyda ishlamaydigan rafiqasi nomiga rasmiylashtirishga urinish ham besamar ketgan edi. Kesilgan archalar uchun etkazilgan 60 million sumdan ortiq zarar esa hanuz tulanmagan.

Shuhrat ShOKIRJONOV, Kun.uz mukhbiri.
Fakhriddin HOTAMOV, tasvirchi

О нас

Яна маълумот

7mOKrkX-FKD9ycYmeNza-Fm1Olm-YnDc

Uzbekiston va Turkiya erkin savdo hududi tashkil etishni rejalashtirmoqda

Uzbekiston va Turkiya erkin savdo zonasini tashkil etish tugrisida bitim imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Uzbekiston …