Главная / Madaniyat / Paygambar tibbiyotini urgangan Elena — Rossiyada bakhtini topgan Bahrom aka hikoyasi
<

Paygambar tibbiyotini urgangan Elena — Rossiyada bakhtini topgan Bahrom aka hikoyasi

«Quron tilovatini ilk marta eshitganimda, juda yiglaganman. Kuz yoshlarim daryodek oqqan. Islomni qabul qilishdagi qatyatimni kurgan ota-onam tugri tushungan».

Kun.uz mukhbiri Rossiyaga ijodiy safar davomida, rus ayoli bilan turmush qurib, hozirda olti farzandni voyaga etkazayotgan quqonlik vatandoshimiz khonadonida buldi.

Bahrom Raipov rafiqasi Elena bilan 2011 yilda oila qurgan. Elenaning aytishicha, ilk bor Quron tilovatini tinglaganida kuz yoshini tuta olmagan, keyinchalik paygambar tibbiyoti – hijomani urgangan. Bahrom aka esa uy va ofis tamiri bilan shugullanadi.

«Bularning khonadonida mehmonkhonasini tamirlash kerak bulib qolgan. Tamirlash ishlarini olib borayotganimda oilaviy muammolarga ham duch kelib, kuchayib, chuqurlashib ketgan vaqtlari edi. Shunda Elena bilan tanishib qoldik. Gapimiz gapimizga tugri keldi. Khudo shuni khohlabdi, oila qurdik», – deydi Bahrom aka.

Uning aytishicha, Elenaning khristian diniga etiqod qiluvchi ota-onasi ularning turmush qurishiga avvaliga qarshi bulmagan.

«Allohning fazli bilan-da hamma narsa. Ular bizga «brachniy kontrakt»ni taklif qilishdi. Haligacha uzimiz ham kulib eslab turamiz.

Keyinchalik, rafiqam namoz uqiy boshlab, rumol uraganida biroz qarshiliklar buldi. Vaqt utib bu muammo ham bartaraf buldi. Hatto mehmonga borganimizda ham halol gushtdan ovqat tayyorlashadi», – deydi Bahrom aka.

– Oila qurganingizga qancha vaqt buldi?

– 2011 yilda nikoh uqitdik, 2015 yilda rasman ZAGSdan utdik. Kichikkina tuy qildik. Akam, kelinoyim, dustlarim kelishdi.

Ikkimiz urtamizda 5 farzandimiz bor. Ayolimning oldingi oilasidan katta ugli alohida bulib, otasining yoniga ketgan. Ikkinchi ugli biz bilan qolgan, unga Alijon deb ism quyganmiz. 6 nafar farzandni katta qilyapmiz.

– Rossiyaga qachon kelgandingiz?

– 2006 yilda ishlash niyatida keldim. Shundan buyon borib-kelib turdim. 2011 yildan buyon salkam muqim bulib qoldim, desak ham buladi.

Asli Quqon shahridanman. Bu shahar hunarmandlar shahri, uzim ham ustaman, uymakorlik qilganman. Hozir ham khonadonlar va ofis tamiri bilan shugullanib kelmoqdaman.

Tugrisi, Rossiyaga haligacha moslasha olganim yuq. Chunki, bu erda uzingizni vatandagidek erkin tuta olmaysiz. Mentalitetimiz boshqachaligi bois, moslasha olganim yuq.

Elenaga yuzlanarkanmiz, dastlab u uzbek tilini qanchalik tushunishiga qiziqdik.

– Po-uzbekski ponimaete?

– Sovsem chut-chut. (Juda oz)

– Endi, kelinoyi deymizmi, kelinmi? Ayting-chi, oilada uzaro tushunmovchilik ruy berib qolsa, qanday yul tutasiz?

– YOn bera olishni bilish kerak. Oilaviy munosabatlarning muvaffaqiyati ayni shu yon berishga bogliq. Birinchi navbatda, Yaratgandan tugri yulga yullashni, yarashtirishni surash kerak. Bunday holat birinchi navbatda Parvardigorga iltijo qilishni talab qiladi.

Alhamdulillah, hozircha, Alloh tugri yulda ketishni nasib etmoqda. Uzimiz ham yon berishga harakat qilyapmiz. YOsh chogingda qon qaynoq buladi, biror narsa bilan kelishish ham oson bulmaydi. YOsh utgan sayin tajriba bor, qolaversa, barcha gashliklarni yuqotuvchi farzandlar ham buladi.

– Ota-onangiz sizning Bahrom akaga turmushga chiqish qaroringizni qanday qabul qilishdi?

– Ular juda khursand bulishdi. Birinchi-ikkinchi uchrashuvdayoq ular nikoh shartnomasi tuzishni taklif qilishdi. Biz yaqinroq tanishganimizdan sung, Bahrom Islom dinini tushuntira boshlagach, turli murakkabliklar ham paydo bula boshladi.

Butun umr nasroniylik etiqodida bulgan inson boshqa dinni qabul qilishi qiyin buladi. Shuning uchun qiyinchiliklar bulgan. Albatta, barchasini tushunish, anglash uchun vaqt kerak.

Ayol va erkak nikohsiz uchrashganida, shayton ularga vasvasa soladi. Biz munosabatlarimiz uzaro rukhsat berilgan bulishini istaganmiz. Oradan yillar utgach, nikohimizni rasmiylashtirganmiz.

Keyinchalik, ota-onam bizni tushunishdi. Yunalishimiz tugri ekanini anglashdi. Biz alkogolli ichimliklardan, boshqa ayrim ishlardan tuliq voz kechdik. Biz hayotimizda urnak bulib kursatmoqdamiz.

Bazida otam, nega har doim rumolda yurasan, deb surardi. Hozir buni tushunadi. Onam muslimalar uchun liboslar va rumol hadya qiladi. Bayram kunlari biz uchun makhsus halol gusht kharid qiladi va bugirsoqchalar tayyorlaydi.

– Bahrom aka, Elenani Uzbekistonga olib bordingizmi?

– Ha, ikki marta bordik. 2014 yilda ilk marta, 2016 yilda ikkinchi marta bordik. Nasib etsa, 2020 yilda yana boramiz.

Elena: – Ha biz bir necha marta bordik Uzbekistonga. Bolalarimizga sunnat tuy qildik. Juda kup odam keldi. Birinchi gal, ehtimol, 200 kishi kelgandir. Nahorgi oshga 300 kishi keldi. Kechqurungi ziyofatga, 500-600 kishi keldi, shekilli.

Bu erdagi qarindoshlarimiz, biz sizlarga ukhshab kup kishi kelishini, tanigan-tanimaganlar bulishini istamaymiz, deyishdi. Tuyimizda chamasi 30 kishi qatnashdi-a? Albatta, tuyimiz keng dastur asosida utkazildi. Parkka borishga, kulda sayr qilishga ham ulgurdik.

– Rossiyalik kelinni uzbekistonliklar qanday qabul qildi?

Bahrom aka: – Qabul qilmagan faqat akam va kelinoyim qolgan. Toga, jiyanlar, amma-kholam yakhshi qabul qilishdi. Qolaversa, biz boshqalar uchun yashamaymiz-ku. Unday buladigan bulsa, biror narsani joyidan jildirish ham qiyin buladi.

Boshqalarning gapidan keraklisini olyapmiz, keraksiziga etibor bermayapmiz.

Elenaga onamni kurish nasib etmadi. Uylangan yilim onam ogirlashib, utib qoldi. Lekin men borib, onamga aytganman. Dastlab, boshqa dinda ekan, deb norozi buldilar, lekin qubba uqitganimni aytganimdan sung (Quqonda nikoh – qubba deyilarkan), khayrli bulsin deb, rozilik berdilar.

– Kelgusida ham Rossiyada qolmoqchimisiz yoki Uzbekistonga qaytish niyatingiz bormi?

– Hozircha bir tukhtamga kelmadik. Ammo, vatanga tortib turadi. Endi, birgalikda muhokama qilib, foydali-zararli tomonlarini taroziga tortib bir qarorga kelamiz.

– Bahrom aka, suhbatimizni Elena kelinoyi bilan davom ettiraylik. Uzbekiston sizda qanday taassurot qoldirdi?

– Juda chiroyli, togli hududlar ekan. Bagdod tumani, Rishton tumanida insonlar juda gamkhur. Rossiyadagi urf-odatlarga ukhshash tomonlari kam. Mehmon kelganidan dasturkhon yozisharkan, ziyofat qilishadi. Mehmon kutishmagan taqdirda ham, barcha narsa shay turar ekan.

U erda bir necha kun buldik. Menga kurpachada ukhlash juda yoqdi. Yuza qattiq, qolaversa, bolalar karavotdan tushib ketadi, deb khavotirlanmas ekansan. Khurmo, anjir va boshqa mevalarni bevosita pishgan joyida istemol qilish tugri buladi, deb hisoblayman.

Internet yuqligi yoqdi. Qishloqda uzaro munosabatlar juda iliq ekan. Kir yuvish mashinasi bulmasa-da, qarindoshlarni chaqirsang, yordamga kelisharkan. Bir zumda kir kiyimlardan asar ham qolmaydi. Bu erda quni-qushnilar urtasidagi munosabat unday emas.

– Uzbekistonga kuchib utish istiqbolini qanday baholaysiz?

– Men Uzbekistonga bajonidil mehmon bulib borgan bulardim. Hozircha, faqat mehmonga.

– Demak, bir qarorga kelmagansizlar?

– Yuq, biz mehmonga boramiz, barchadan hol-ahvol suraymiz, ziyorat qilamiz. Biz bu erda uz khujaligimizni yulga quymoqchimiz. Albatta, bu Uzbekistonda qulayroq bulardi, balki. Ammo, menimcha, bu erda maqsadga muvofiq buladi.

– Rus oshkhonasi uzbek milliy taomlaridan keskin farq qiladi. Uzbek pazandachiligiga ham urganib ketdingizmi?

 Men uzbekcha taomlarni uzimizga khos tarzda tayyorlayman. YOg kamroq qushaman, kamroq qovuraman. Biroq palov, mastava, khonim, gulmantilarni bajonidil tayyorlayman.

Qanchalik uddalayapman, buni erimdan surashimiz kerak. Ammo, menimcha, yakhshi tayyorlay olaman. Lekin, erim tayyorlagan taom mutlaq uzgacha buladi. Shunchalik lazzatli va mazali buladiki, tarifga til ojiz. Bu borada men shogirdlikka yarayman, kholos.

– Ayol uchun bakht nimani anglatadi?

– Oiladagi tinchlik-khotirjamlik. Bolalarning bakht-saodati, ularning barchani khursand qilishi. Ering gamkhur bulsa, oilada sokinlik bulsa, mana shu men uchun bakht.

– Islom dinini qabul qilibsiz. Islom haqida qanday fikrdasiz?

– Islom juda pokiza va tinchlik dini. Quronda insonlar tinch-totuv istiqomat qilishlari lozimligi tushuntiriladi. Ramazon vaqtida tugri munosabatlarga kunikma hosil qilishadi, yomon suzlarni suzlamaslikni urganadi. Ular Ramazonda urganganlarini boshqa oylarda hayotiga tatbiq qilishadi.

Islom men uchun juda qiziq din. Men bu dinni bajonidil urganmoqdaman, Quronni bajonidil uqiyman. Albatta, alhamdulillah, biz umrbuyi uqib-urganamiz.

Islomda ota-onaga bulgan munosabatdan, hurmatdan hayratdaman. Erim misolida bunga guvoh buldim. Bundan tashqari, Islomga kirmasdan oldin ham farzandlarimni khatna qildirgan edim.

Men uzim alkogolli ichimliklarga Islomni qabul qilmasimdan oldin ham qarshi bulganman. Bir safar ishkhonada tugilgan kunimni nishonlaganimda bolalar shampanidan bir quti olib borganimda, barchasi guyoki vaziyatni tuzatishmoqchi bulishgan. Lekin men keskin rad etganman. Ota-onamga ham tugilgan kun bayramim alkogolsiz utadi, deganman. Akhir, juda kup foydali ichimliklar bor.

– Nasroniylik dini bilan qanday ukhshashliklari bor?

– Nimalardadir ukhshash jihatlari bor, ammo farqli tomonlari kup. Islomda menga kuproq mehribonlik borligi yoqadi. Osonroq tushuntiriladi. Nasroniylikda, men bir necha marotaba Injilni uqishga uringanman, eski rus tilida bulgani bois, tushunish murakkab. Quronni qulingga olganingda ham biroz tayyorlanib olish darkor, ammo mutolaani boshlagach, tukhtata olmaysan, qiziqishing ortadi.

Nasroniylikda rohiblar biror ibodat marosimini 2-3 soatlab utkazganlarida, chidash biroz qiyin buladi. Ayniqsa, chuqintirish marosimlarida bolalarga juda qiyin buladi. Ham maqsadi nomalum.

Quron tilovatini dastlab eshitganimda, juda yiglaganman. Kuz yoshlarim daryodek oqqan. Uzimga nima bulganini tushunmaganman. Kuz yoshimni tukhtata olmaganman, vaholanki arabchani anglamas edim. Islom odamga qandaydir ichki khotirjamlik beradi.

– Elena, siz biror universitet yoki institutda tahsil olganmisiz?

– Ha, yuridik va tibbiy malumotlarim bor. Islomni qabul qilganimdan sung, men paygambar tibbiyoti – hijomani urgandim. Bemor insonga dori-darmonlarsiz, ut-ulanlar bilan yordam bera olishimiz, bazida inson organizmini buzadigan tabletkalarsiz davolay olish juda ajoyib. Davlatimizning ayrim hollarda bolalarga bepul tabletkalar taqdim etishi, aslida zararlidir.

– Bahrom aka qanday ota?

– Alhamdulillah, juda gamkhur ota. Juda qattiqqul ota. Haqiqat uchun qattiqqul. Yakhshi kursa, butun yuragi bilan yakhshi kuradi. Bolalar ham uni juda yakhshi kurishadi. Ammo, ugil bolalar uchun, ayniqsa ular bir necha nafar bulsa, qattiqqullik juda kerak. Hatto, bir nafar ugil bulsa ham otaning tayanchi zarur buladi, chunki ugillarni ona tarbiya qilishi notugri.

– 6 farzandni tarbiyalash ogirlik qilmayaptimi?

– Ogir albatta, ammo har bir bola – bu bakhtdir. Har biri khursand qiladi, har birining uz urni, kharakteri bor. Kayfiyatni kutaradi. Turmush urtogim ham ishga ketgach, orada birrovga kelib, har birini uygotadi, uynaydi.

Ularning birortasini ozgina kurmay qolsak, juda soginib qolamiz.

– Bahrom aka, Rossiyada bolalarga davlat tomonidan qanchalik etibor beriladi?

– Uchinchi farzand tugilganida, kup bolali oila maqomini olasiz. Qulingizga hujjat beriladi, poliklinikalarda makhsus daftarcha bilan, hatto onlayn navbatda ham navbatsiz kira olasiz.

Uqiydigan bolalarga maktab formasi, sumkalar taqdim etiladi. Ijtimoiy himoya deyishadi, oiladagi ahvoldan khabar olib turishadi. Kir yuvish mashinangiz yuq bulsa, olib berishadi, muzlatgichning muddati utgan bulsa, yangisini berishadi. Televizor bulmasa, uni ham. Hatto, katta uglimizga noutbuk taqdim etishgan.

Ilgari Uzbekistonda ham bulardi. Har oyda sut mahsulotlari berib turishadi. Ikkinchi farzand tugilganda makhsus hisob raqam ochilib, unga 450 ming rubl (takhminan 7,5 ming AQSh dollari) mablag quyiladi. Uni uy olish maqsadida, onasiga nafaqa sifatida yokhud bolalar ehtiyojiga sarflash mumkin.

– Bahrom aka, kelajakdagi rejalaringiz?

– Farzandlarga tugri tarbiya berib, ularni voyaga etkazib, Uzbekistonga qaytib borgan taqdirda ham, vatanga foydasi tegadigan insonlar qilish. Qolaversa, barcha musulmonlar singari, kelajakda, Alloh nasib etsa, Baytiga chaqirsa, Haj yoki Umraga oilaviy bulib borish.

О нас

Яна маълумот

Islomda tijorat, savdogar va kharidor odobi. Rahmatulloh qori Sayfuddinov bilan suhbat

Islomda tijorat odobi qanday? Paygambarlar shugullangan sharafli kasb egalari nima uchun nafsini ustun quymoqda? Kharidor …