Главная / Madaniyat / Paygambar (Alayhissalom) ning nafl ibodatlari

Paygambar (Alayhissalom) ning nafl ibodatlari

 ibodatOysha (roziyallohu anho)dan: “Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) ning amallari qanday edi, ibodatlari uchun biror kunni khoslarmidilar”, deb surashganlarida, u zot: “Yuq, Rasulullohning amallari doimiy edi. Qaysi birlaringiz Rasululloh bajargan amallarni qilish qulingizdan keladi?!” deya javob berganlar (Imom Abu Dovud rivoyati).
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) ibodat qilish bilan halovat topardilar. Chunki u zot: Bilol (roziyallohu anhu)ga: “Tur ey Bilol, bizlarni namoz bilan rohatlantir”, derdilar (Imom Ahmad rivoyati).
Paygambar (alayhissalom)ning ibodatdagi uslublari, agar biror amalni bajarsalar, uni davomli qilganlar. Oysha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Toqatlaringiz etadigan amallarni uz zimmalaringizga olinglar. Zero, Alloh taolo zerikmaydi, uzlaringiz zerikib qolasiz, Alloh taologa bandalari qiladigan amallarning eng yakhshisi oz-ozdan bulsa-da, davomli bajariladiganidir”, dedilar (Imom Abu Dovud).
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) kechalari qoim bulardilar. Tungi namozni ado qilish uchun kupincha kechaning ikkinchi yarmining avvalida turardilar. Oysha (roziyallohu anho) aytadi: “Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) kechaning avvalgi qismida ukhlar, okhirgi qismida esa bedor bulardilar” (Imom Bukhoriy va Imom Muslim rivoyatlari).
Hadisi sharifda: “Tunda bedor bulishning Alloh taologa eng mahbublisi Dovud (alayhissalom)ning bedor bulganidir. U zot kechaning yarmida ukhlar, uchdan bir qismida bedor bular va oltidan bir qismida yana ukhlardilar”, deyilgan (Imom Bukhoriy va Imom Muslim rivoyatlari).
Yarim tunda ibodat qilib, kechaning okhirgi qismida ukhlashning bedorlik charchogidan dam olish, badandagi lanjlikni ketkazish, bomdod namozi va undan keyingi zikrlarda toliqish sezilmasligi va tungi namozni riyodan kholi qilish kabi hikmatlari bor. Yana tunning okhirgi oltidan bir qismida bir oz dam olgan kishining rang-ruyi yorqin, bagri dili salomat holda tong ottiradi. Bu holat tunda bajargan amallarini uzgalarga bildirmaslikning eng yakhshi yuli hisoblanadi (Imom Hofiz ibn Hajar Asqaloniy. “Fathul Boriy”).
Zero, bu payt, yani yarim tunda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) tahajjud namozini uqiganlar. uqigan kishi Rabbisidan yogiladigan rahmatlarga erishadi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) ukhlashlaridan oldin duoyu zikrlar va Quroni karimning ayrim suralarini uqirdilar (Imom Termiziy va Imom Ahmad rivoyati). Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Zuho (choshgoh) namozi uqirdilar. Gohida ikki rakat (Zuho namozining eng oz miqdori), kupincha turt rakat bazida olti, sakkiz yoki un ikki rakat qilib ham uqirdilar.
U zot bomdod namozini uqigach, utirgan joylarida to quyosh chiqquniga qadar Alloh taoloni zikr qilardilar (Imom Muslim rivoyati). Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) shomdan keyin nafl namozlar uqirdilar. Gohida shomdan keyin khuftongacha uqisalar, bazida olti rakat uqirdilar. Hadisi sharifda: “Kim bu olti rakat nafl uqishni tark etmasa, garchi gunohlari dengiz kupigichalik bulsa ham kechiriladi”, deyilgan (Ibn Moja va Imom Termiziy rivoyatlari).
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) kup duo qilganlar va ummatlarini ham shunday qilishga chorlaganlar. Alloh taolodan biror narsani surasalar, ikki qullarini elka barobarigacha kutarardilar… Qullarini kutarganlarida ikki kaftlari bilan yuzlarini silamagunlaricha tushirmasdilar. Duolarida qiblaga yuzlanardilar (Imom Termiziy va Imom Hokim rivoyatlari).
“Duolarini uch marta takrorlashni yakhshi kurardilar” (Imom Abu Dovud rivoyati).
Uch marta istigfor aytardilar va manolari keng, qisqa duo qilishni afzal kurardilar. Manosi keng va lafzi qisqa ayrim duolari ushbular: “Allohumma Robbana aatina fid dunya hasanatav va fil aakhiroti hasanatav va qinaa azaaban nar. (Manosi: Ey Alloh, Rabbimiz, bizlarga dunyoda ham, okhiratda ham yakhshilik ato et va bizni jahannam azobidan saqla)” (Imom Bukhoriy va Imom Muslim rivoyatlari).
“Allohumma aslih lii diniyallazi huva ismatu amrii va aslig lii dunya yallatii fiihaa maashii va aslih lii aakhiroti latii ilayhaa maaadi vajalil hayaata ziyaadatan li fi kuli khoyyr vajalil mavta rohatan li min kulli sharr. (Manosi: Ey, Alloh dinimni isloh qil (tuzatgin), u ishlarimning pok saqlovchisi, himoya qiluvchisidir. Dunyomni isloh qil, unda men hayot kechiraman. Okhiratimni isloh qil, qaytib boradigan joyim ungadir. Men uchun hayotimni barcha ezgu amal va yakhshi ishlarim ortib borishiga sababchi qil. Ulimimni esa barcha yomonlikdan qutulib rohatga erishish maqomi qil)”.
Yana shunday duo qilardilar: “Allohumma innii auuzu bika shiqooqi van nifaaqi va suuil akhlaqi (Manosi: “Ey Alloh, buzgunchilik, munofiqlik qilishdan va yomon khulqlardan panoh berishingni surayman”) (Abu Dovud rivoyati).
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) kechasida ham, kunduzi ham kup-kup tasbeh aytardilar. Kech kirganida eshiklari oldiga kelib, tunardim. Shunda to ukhlab qolgunimcha, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ning “Subhaanalloh, subhaanallohi Rabbi”, deb tinmay tasbeh aytayotganlarini eshitar edim” (Imom Tabaroniy rivoyati).
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) namozlarda, namozlardan keyin va boshqa holatlarda istigforni kup aytardilar. Robia ibn Kab aytadi: “Men kunduzi Rasululloh (alayhissalom)ning khizmatida bulardim. Hadisi sharifda: “Allohga qasamki, men bir kunda etmish marotaba “Astagfirulloha va atuvbu ilayhi (manosi: Allohdan gunohlarimni kechirishini surayman va unga tavba qilaman)”ni aytaman” deyilgan (Imom Bukhoriy rivoyati).
Ibn Umar (roziyallohu anho) aytadi: “Biz bir kuni Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bilan bir joyda utirganimizda u zotning: “Robbigfirlii va tub alayya innaka antat tavvaabur rohim (Rabbim meni kechir va tavbamni qabul et! Albatta, Sen tavbalarni qabul qiluvchi va mehribon Zotsan)”, deb yuz marotaba aytganlarini sanadik” (Abu Dovud va Ibn Hibon rivoyatlari – Bu hadisni Imom Termiziy sahih, deb aytganlar). Boshqa bir rivoyatda “Innaka antat tavvaabur rohim”ning urniga “innaka antat tavvaabul gofuur (Albatta, Sen tavbalarni qabul qiluvchi va kechiruvchi Zotsan)”, lafzida kelgan.
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) nafl ruza ham tutardilar. Bazi vaqtlarda ketma-ket ruza tutganlaridan atrofidagi sahobalar Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) ogizlari ochiq holda yurmasalar kerak, deb gohida esa ruza tutmaganlaridan, aksincha gumon qilishardi.
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) har bir oyda uch marta va haftaning dushanba va payshanba kunlari ruza tutardilar. “Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) tugilgan muborak kunlari – dushanba kunni uluglardilar. U kunda ruza tutib: “Men bu kunda tugilganman”, derdilar” (Imom Muslim rivoyati). Ayniqsa, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Shabon oyida kuproq ruza tutardilar. Agar Ramazon oyi kirsa, bu oyda boshqa oylarga qaraganida kechalari kuproq qoim bulishga jiddu jahd qilib, ayniqsa, okhirgi un kunida etikofda har kechasini bedor utkazishga harakat qilganlar.

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …