Главная / Sport / «Pakhtakor»ning yillik byudjeti 20 mln evro, ular Adebayor va Obi Mikelni olib kelishmoqchi». Cheran klubni kim moliyalashtirayotgani haqida
<

«Pakhtakor»ning yillik byudjeti 20 mln evro, ular Adebayor va Obi Mikelni olib kelishmoqchi». Cheran klubni kim moliyalashtirayotgani haqida

Foto: Tribuna.uz

Serbiya poytakhti Belgraddagi tatili davomida Dragan Cheran «Mozzartspor» nashriga intervyu berib, serb jurnalistlariga klub homiysi, byudjeti va transfer qiziqishlari haqida gapirib berdi.

«Pakhtakor» klubini kim moliyalashtiradi?» – deya berilgan savolga 32 yoshli forvard quyidagicha javob berdi:

Alisher Usmonov
Foto: EPA / TASS

«Bosh homiy – Alisher Usmonov. U rossiyalik milliarder bulsa-da, Uzbekistonda tugilgan. Bir necha yil avval Londonning «Arsenal» klubidagi ulushini 600-700 million evroga sotgandi. Usmonov «Pakhtakor»ning bosh homiysi sanalsa-da, klubga deyarli kelmaydi – uzi tayinlagan odamlar orqali boshqaradi. Klubning yillik byudjeti hozirda 20 million evroni tashkil etmoqda. Jamoa marketing borasida ham ishlarni boshlab yuborgan. Imkonqadar kuproq homiylarni jalb qilishmoqda. Siz yakhshi uynashda davom etsangiz, homiylar topilaveradi. Biz Uzbekistonda barcha sovrinlarni yutdik va yakhshi homiylarga ega buldik. Ular Adebayor, Obi Mikel singari taniqli futbolchilarga qiziqayotganliklari haqida khabarlar bor. Chindanam, ular bu ikki futbolchini taklif etmoqchi. Shakhsan bosh murabbiy Shota Arveladze bu futbolchilarni tarkibda kurmoqchi» – deydi Dragan Cheran suhbat davomida.

Eslatib utamiz, Dragan Cheran 2019 yilgi mavsum yakuniga kura, «Superliganing eng yakhshi futbolchisi» deya etirof etilgandi.

О нас

Яна маълумот

XpSDfHpcBOJPY1oE5QOPwtxMWkeLc9gm

«Oltin tup»ga davogar barcha 30 futbolchi malum buldi

Fransiyaning nufuzli France Football jurnali «Oltin tup 2019» sovriniga nomzod bulgan futbolchilarning uchinchi untaligini ham …