Главная / Jamiyat / PIRIMQUL QODIROV (1928 – 2010)

PIRIMQUL QODIROV (1928 – 2010)

Uzbek adabiyotining 60-80 yillaridagi taraqqiyot bosqichida Pirimqul Qodirovning munosib urni bor. Pirimqul Qodirov mohir prozaik, adabiyotshunos olim, tarjimon, davlat va jamoat arbobi sifatida tanilgan. U Uzbekistan Respublikasi Oliy Kengashi deputata, Respublika Oliy Majlisi deputata sifatida istiqdol yulida kup khayrli ishlarni olib borgan.

pirimqul-qodirovPirimkul Qodirov 50-yillarning urtalaridan bosh- langan yangi davr voqealari voyaga etkazgan adabiy avlodga mansub. 1950 yili “Studentlar” degan hikoyasi alohida kitob bulib chop etilgan bulsa ham, 1957 yili yozib tuga- tilgan “Uch yulduz” romani orqali yozuvchi sifatida tanil- di. Usha yilning kech kuzida roman qul yozmasi respublika YOzuvchilar uyushmasida muhokamadan utdi. Muhokamada ustoz adib Abdulla Qahhor: “Ancha vaqtdan beri men uzbek adabiyotida momaqaldiroq guldurosini eshitmay yurgan edim. Nazarimda mana shu asar adabiyotimizga momaqaldirokday gulduros solib, chaqmokday yaltillab ki- rib kelyapti ” – deya asarga yuksak baho berdi.

Pirimqul Qodirov 1928 yil 25 oktyabrda Tojikiston Respublikasining Shahriston tumanidagi Kengkul qishlogida tugilgan. 1951 yil Urta Osiyo universi- tetining sharqshunoslik fakultetini tugatgan, sungra M. Gorkiy nomidagi jahon adabiyoti institutining aspiranturasida tahsil oldi. ’’Abdulla Qakhkhorning urush- dan keyingi ijodi” mavzusida ilmiy ishini khimoya qildi.

Adib ijodining debochasi talabalik yillarida elon etilib, tolibi ilmlar hayotini, ularning ichki olamini badiiy bayon qilgan “Studentlar” hikoyasidir. Shundan sung adibning «Qadrim» (1961), «Erk» (1968), «Meros» (1974) qissalari, «Akramning sarguzashtlari» (1974), «Yayra institutga kirmoqchi» (1979) nomli qissa va hikoyalar tuplami, shuningdek, manaviy-akhloqiy masalalarga bagishlangan «Na- jot» («Bakhillar va botirlar», 1980) qissalari nashr etilgan. Pirimqul Qodirov «Uch ildiz» (1958), «Qora kuzlar» (1966), «Olmos kamar» (1976), «Yulduzli tunlar» (1979), ushbu asarning davomi «Avlodlar dovoni», 1989), «Ona lochin nidosi» (2000) kabi romanlar muallifi. Adibning «Qadrim» qissasi asosida «Sening izlaring» badiiy filmi, «Yulduzli tunlar» romani va «Jon shirin» hikoyasi asosida kup seriyali videofilmlar suratga olingan. Pirimqul Qodirov tarjimon sifatida L.Tolstoyning “Kazaklar”ini, K.Fedinning “Dastlabki kuvonchlar”ini, X. Deryaev- ning “Takdir”ini ona tilimizga ugirdi.

“Yulduzli tunlar”, “Avlodlar dovoni” chiqqandan beri kitobkhonlarning muallifga maktublari keti uzilmadi. Hindistonning Indour shahrida yashovchi Surjamal Garch degan advokatdan kelgan maktubda shunday satrlar bor: “YOzuvchi boy faktik materiallar asosida badiiy jihatdan guzal roman yaratgan, men kupdan beri bunday ajoyib asar uqimagan edim”.

Shahrikhonlik Abdufattoh Juraev shularni yozadi: “Yulduzli tunlar” va “Av- lodlar dovoni” romanlaringizni uqigan har bir uzbek farzandi uzining shu buyuk avlodning bir tomiri ekanligidan gururlanishiga, qolaversa, bularni uqigan boshqa millat vakillarining buyuk khalqimizga bulgan hurmatlari ortishiga imo- nimiz komil”.

Fargonalik hasos shoira, maktab muallimasi Maksuda Ergasheva esa “Avlod- lar dovoni” mutolaasi paytidagi his-hayajonlarini shunday izhor etadi: “Sizning “Avlodlar dovoni” romaningizni behad minnatdor bulib uqib chikdim”.

Boburiylar sulolasi haqidagi romanlar turkumi hali intihosiga etgan emas edi. Adib Tojmahaldek buyuk obidani barpo etgan, sevgi-sadoqatning tengsiz namu- nasini namoyon qilgan, boburiylar saltanatini yangi dovonlarga kutargan Shokhjahon kabi buyuk siymolar khaqidagi yangi roman khayoli bilan band edi. Afsuski, mashum ulim 2010 yil 21 dekabr kuni uni khayotdan olib ketdi.

Pirimqul Qodirov Hamza nomidagi Uzbekistan Davlat mukofoti laureata (1981),Uzbekiston Khalk yozuvchisi(1988), «El-yurt khurmati» (1998), «Buyuk khizmatla- ri uchun» (2006) ordenlari va «Shukhrat» medali (1994) bilan mukofotlangan.

USh

NAJOT QAYDA?

Baland qoyatoshlar bilan tekis vohalar bir-biriga galati tarzda kirishib ket- gan Ush atroflari bir necha kundan beri juda serharakat. Andijondan tuyalarga ortib kelingan hashamatli chodirlar Buratog[1] etagidan oqib utadigan Jannatariq buyiga urnatildi. Okburasoy buylarida ham, Chilmahram togining etaklaridagi kukalamzorlarda ham yuzlab chodirlar va utovlar paydo buldi. Togdan haydab tushil- gan dumbali quylar suyildi, kabob quralarida archaning pistoqi kumiri chuglatildi, doshqozonlarda gusht qaynay boshladi.

Bugun Ushga Bobur mirzo boshliq hamma arkoni davlatlarning kelishi kutil- mokda.

Mulla Fazliddin yosh podshohniig amri bilan Buratogning chiqish qiyin bulgan khushmanzara bir qoyatoshi ustiga kichkina hujra qurgan. Bobur mirzo bultur shu ishni unga topshirgandan keyin Samarqandga qushin tortib kelgan va Ushga mana endi yuli

tushmokda edi. Mulla Fazliddin savdarlar bilan pastga tushib, khujraga yarashadigan gilam va zarbof kurpachalarni uzi tanladi. Tik, sirganchiq qoyatoshga chiqib urganmagan savdarlar jihozlarni olib kelayotganda juda qiynalib qolishdi. Qashkarcha kumush obdasta kutarib kelayotgan semiz oftobachi har un qadamda bir tukhtab qolardi. Mulla Fazliddin uning kulidan obdastasini olib, uzini suyab chiqdi.

Savdarboshi ayvonning sangfarsh qilingan zinalariga guldor poyandoz tushat- gan edi, mulla Fazliddin iltimos qilib, uni oldirib tashladi, Chunki zinalarga ishlatilgan rangli toshlar har qanday poyandozdan qimmatroq va guzalroq edi.

Tog qirrasida turgan hujradan butun Ush shahri va uning atroflari kaftdagi- dek aniq, kurinar edi. Hali ham nafasini rostlab ololmay hansirab utirgan ofto­bachi pastga tikilib qaradi-yu, urnidan sakrab turdi:

  • Ana, keldilar!

Mulla Fazliddin ayvon chetiga borib, pastga kuz yugurtirdi.

Oq otliq Bobur mirzo yuzdan ortiq beklari va khos navkarlari bilan Javzo mas- jididan utib, tog etagiga yaqinlashib qolgan edi. Ular hammasi Jannatariq buyiga urnatilgan borgoh1 va khirgokh2 oldida tukhtadilar. Ichi zarrin ipak, usti qimmatbaho mayin movut bilan qoplangan bu chodirlarning zarhal chilvirlari kumush koziqlarga boglangan edi. Chodirlarda dam olish va katta ziyofatlar berish uchun hamma tayyorlik- lar kurib quyilganini mulla Fazliddin bilar edi. “Endi bugun Bobur mirzo dam olarlar, toqqa balki ertaga chiqarlar”, – degan uy bilan ishini sekin davom ettirdi. Ammo oradan bir soat utar-utmas pastdan sersoqol qurchiboshi turtta soqchisi bi­lan hansirab chiqib keldi:

  • Hozir bu erga oliy zotlar qadam ranjida qilurlar. Takhtiravon kaerda?

Savdarboshi mulla Fazliddingayordam suraganday qilib qaradi. Zirabeqasamdan yupqa tun kiygan mulla Fazliddin qurchiboshi qarshisida qul qovushtirib:

  • Mazur tuting, janobi bek, – dedi.

-Khush?

Mulla Fazliddin shu hujrani qurishda gishtlarni zambilga solib kutartirib chiqmoqchi bulgan, ammo ilojini topolmagan edi. Chunki bu tik qoyaga odam faqat bitta-bitta bulib, goho quli bilan qoyaga suyanib chiqishi mumkin edi. Takhtiravon- ni esa turt kishi turt tomonidan kutaradi, uning ichida podshoh yoki malikalar utiradi.

  • Biz tajriba etib kurdik, bu qoyaga takhtiravon kutarib chiqish mumkin emas, – dedi mulla Fazliddin.

Qurchiboshi uch tomoni devorday tik qoyatosh bulgan, faqat bir tomonidan yolgiz odam zurga utib keladigan toqqa durustroq qaradi-yu, takhtiravon ishlatish fikri- dan qaytdi. Savdarboshiga khumrayib:

  • Borgokh – podshohning khos chodiri
  • Khirgoh – podshokhning takhti kuyiladigan va qabul marosimlari utkaziladigan chodir.

Bu erda ortiqcha odam bulmasin! – deb buyurdi.

Hujra atrofidagi sahn torroq bulsa ham qoyaning shimol tomonida – uyday baland toshlar ortida kichkina maydoncha bor edi. Soqchilardan ikkitasi oftobachi va savdarboshi bilan birga usha yoqqa utib turishdi. Boshqa savdarlar pastga tushib ketishdi. Qurchiboshi mulla Fazliddinga qarab:

– Janobi memor, siz yulni yakhshi bilursiz, podshohga peshvoz chiqing, – deb buyurdi. Qoidaga binoan qurchiboshiniig uzi ham pastga qaytib tushib, podshoh bilan birga chiqishi kerak edi. Ammo bu toqqa ikki qayta ustma-ust tushib chiqish benihoya qiyin. Buni sezgan urta yashar qurchiboshi ikkita soqchini mulla Faz­liddinga qushib pastga tushirib yubordi-yu, uzi khujra yonidagi silliq tosh kursiga utirib, terlab ketgan yugon buyinlarini arta boshladi.

Mulla Fazliddin Buratoqqa har kuni necha qaytadan tushib-chiqib urganib qolgan. Uning oyogidagi ikhcham mukkisi toshdan-toshga engil utib boradi. Ammo kungli notinch. Hozir podshoh va uning beklariga duch kelishi kerakligi, ular bilan muomala qilishning qiyinligi qalbiga takhlika soladi.

Bobur mirzo va uning odamlari togning kunchiqish tomonidan otliq aylanib utib, qoyatoshga janubdan yaqinlashdilar-da, mazoratdan yuqorirokda otdan tusha boshladilar. Shunda mulla Fazliddin bek va navkarlarga qushilmay alohida tup bulib kelayotgan ayollarni kurib qoldi. Yuvosh qora otda utirgan va oppoq kiyingan urta yashar ayol – Boburning onasi Qutlug Nigor khonim edi. Gulibodom rangli shukh, uynoqi otda qirmizi ipak qabo[2] kiygan Khonzoda begim kelmokda edi. Mulla Fazlid­din uni shukh ot ustida chavandoz yigitlarday yakhshi utirganidan \am tanidi-yu, vu- judi birdan qizib ketganday buldi. Kunglidagi boyagi bezovtalik ustiga olovli bir hayajon qushilib, yuragi qinidan chiqquday hapriqib ketdi. Mulla Fazliddin uzida birdan yuz bergan bu uzgarishni birovga sezdirib quyishdan qurqib, podshohni ku- tib olayotgan mulozimlarning panasiga utdi-da, bosh egib, qul qovushtirib turdi. Shunda tizzalari ham qaltirayotganini sezib, “Khudoyo uzing sharmanda qilma!” – de- gan suzlarni dilidan utkazdi.

2

Bobur mirzoning opasi Khonzoda begim mulla Fazliddinni kupdan beri hayratga solib keladi. Bundan turt yil muqaddam mulla Fazliddin Hirotdan kelib Umarshaykh mirzoning Andijondagi chorbogida kushk qura boshlagan kezlarida Khonzoda begim un olti yoshda edi. Aslzoda qizlar orasida eng kukhdigi bulgan Khonzoda begim bir marta erkakcha kiyinib ot minib, inisining usmir mulozimlari bilan chavgon[3] uynagan. Mulla Fazliddin buni kurib bir hayratga tushgan edi. Oradan ikki yil utgach, mulla Fazliddin Andijon arkidagi turkhonaning bazi naqshlarini yangilash uchun chaqirildi. Shunda un sakkiz yoshli Khonzoda begimni ravonda kanizlar orasida setor chalib utirgan paytida yana bir kurdi-yu, uz kuzlariga zurga ishondi. Chunki bir vaqtlar yigitcha kiyinib chavgon uynagan usha qiz endi setorda shunchalik nafis, shunchalik mayin kuy chalar, uning uzi ham shu qadar nafosatga tulib utirar ediki, mulla Fazliddin beikhtiyor uning sehriga berilib, galati bulib ketdi.

Keyin mulla Fazliddin devorga khomaki naqsh chizayotganda Khonzoda begim uning oldiga kelib, ishini qiziqib tomosha kila boshladi. Mulla Fazliddinning qulidagi pargor[4] hayajonidan ergatushib ketdi.

  • Ajoyib naqsh chizgan edingiz, kuzim tegdimi, mavlono? – dedi Khonzoda begim aybni uziga olganday bulib.

Mulla Fazliddin pargorni erdan kutarar ekan:

  • Yuq, aksincha, begim, sizning nazaringiz tushgan naqsh yanada yakhshirok chizil- gay!
  • Men eshitdimki, mavlono musavvir kham emishlar.
  • Aslida memorlar musavvirlik sanatidan khabardor bulmoqlari darkor.

Undoq bulsa mening suratimni chizib kuring!

-Kutilmagan butaklifdan chuchigan mulla Fazliddin atrofga alanglabqaradi. Turkhonada boshqa hech kim yuk. Shunday bulsa ham ovozini nasaytirib dedi:

  • Bajonidil chizar edim… Faqat…
  • Khavotir olmang, mavlono, men sir saqlashga qodirmen!
  • Agar men chizgan surat narigi dunyoda jon talab qilsa, kaydan topurmen, begim?

Mulla Fazliddin bu suzlar bilan shariat surat chizishni may etganini, agar qulga tushsa joni khavf ostida qolishini aytmoqchi edi. Khonzoda begim uning ochiq aytolmagan fikrini tushundi-yu, jilmaydi:

  • Agar suratim uchun sizdan jon talab qilsalar, menga ayting, men uz jo- nimni bergaymen!

… Mulla Fazliddin pulat sandiqda yashirib yurgan suratni mana shu gaplardan keyin chizishga jurat etgan edi. Shundan keyingi tupolonlarda u Khonzoda begimni uzok vaqt uchratolmay yurdi.

Nikh,oyat, bultur kuzda mana shu Buratoqqa Khonzoda begimning uzi kelib qoldi. Bobur Samarkand ga ketishda uz onasi va egachisiga “Ushdagi hujradan khabar olur- sizlar”, deb tayinlab quygan ekan. Mezon oyida Ushga mehmon bulib kelgan Khonzo­da begim bitta kanizi bilan Buratoqqa chikdi. Mulla Fazliddin usha paytda yolgiz shogirdi bilan ishlamokda edi. Har bitta gishtni, yogochni, khar bir kuza suvni past- dan olib chiqqunlaricha tinkalari qurib ketardi. Marmar yunib sangorlik qilishga sangtarosh yuq. Sirlangan koshin olishga pul yuq. Bu khammasi mulla Fazliddinni juda qiynab quygan. Lekin bu mushkulotlarni Khonzoda begimga kandoq aytadi? Be- gimning marvarid qadalgan ipak toqisidan[5] tortib uchi qayrilgan qizil etikcha- sigacha butun borligi shunday nafis kurinar, bu samoviy guzallik oldida tosh va gishtdan ran ochish juda erish tuyulardi. Biroq Khonzoda begim mulla Fazliddindan bulajak khujraning rejasi chizilgan tarhni surab oldi. Qogozga qarab turib:

– Gumbazini koshin bilan bezatmoqchi bulibsiz, koshiningiz etarlikmi? — dedi.

Mulla Fazliddin endi dardini aytishga majbur buldi. Bu qiz memorlik san- atidan ham khabardor ekan, anchagina kitob mutolaa qilgan ekan.

-Bobur mirzo zafar bilan qaytsalar, khudo rahmati otamning usha orzula- rini ruyobga chiqarurlar, – dedi. – Ushanda yana uzingiz bosh bulursiz, mavlono!

Dunyoda hali hech bir tovush mulla Fazliddinga bunchalik yoqimli tuyulmagan edi. Khonzoda begim khar gal uni “mavlono”, deb uluglash bilan guyo porloq bir istiqbol vada qilganday bulardi. Podshoh oilasidan memorchilik sanatini shunchalik biladigan, qadrlaydigan ittifokdosh topilgani mulla Fazliddinning kunglini kutaribgina qolmay, qalbida galati bir zavq va dadillik uygotdi.

U sirpanchiq qoyatoshga kutarilishdan kura tushish qiyinligini bilar edi. Shuning uchun Khonzoda begimni pastta kuzatib tusha boshladi. Khalq “qilkuprik” deb nom quygan tor va khatarli tosh sukmokdan utayotganlarida Khonzoda begimning oyogidagi tagi silliq charmdan tikilgan etigi toyib ketdi. Khonzoda begim muvozana- tini yuqotib, yonida borayotgan kaniziga qul chuzdi. Ammo kaniz ham zurga kelayotgan edi, ikkovi barobar chayqalib ketdi. Kaniz qurqib chinqirib yubordi. Ular pastdagi chaqir toshlarga yiqilib tushadigan bulganda mulla Fazliddin oldinga sakrab utib, ikkovini ikki quli bilan quchoqlab tutib qoldi. YOshgina kaniz kurkkanidan mul­la Fazliddinning elkasiga yopishib oldi. Kiyikday chaqqon Khonzoda begim yigit- ning elkasidan tutib, uzini tez ungladi va unga sekin rahmat aytdi. Shu payt mulla Fazliddin uz yuzida Khonzoda begimning iliq nafasini his qildi. Qizning yuzida- mi, lablaridami, gul atriga ukhshamaydigan, ammo undan ham yoqimlirok, sirliroq bir khid bor edi. Mulla Fazliddin shu hidni oldi-yu, Khonzoda begimning shoh qizi ekanligini guyo unutdi. Qizning salqin, yumshoq qulidan ushlab naryogi tekis ketgan suqmoqqa chiqqunlaricha quyib yubormadi. Besh-un qadamlik masofada oddiy memor bilan malika orasidagi farq guyo yuqolib ketdi, ular bir-birlariga faqat zabar- dast yigitu guzal qiz bulib tuyuldilar.

Lekin undan narida yana kanizlar, jilovdorlar, savdarlar oraga tushib, Khonzo­da begimni qurshab olib ketdilar. Mulla Fazliddin galati bir tush kurib uygongan odamday khayratlanib qolaverdi.

Ertasi kuni Khonzoda begim yordamga yuborgan ikkita norgul yigit mulla Faz­liddinga kerakli yuklarni pastdan tashib chiqa boshladi. Oradan bir hafta utgach, tuyaga ortilgan koshinlar kham etib keldi. Khonzoda begim yubortirgan har bir nar- sada mulla Fazliddin uning uzini kurganday bulardi. Pulat sandikdagi suratni oqshomlari yolgiz qolganda quliga olib uzok-uzoq tikilardi. Qiz sirganib ketgan mana shu togning toshlaridan Khonzoda begimning ushandagi iliq nafasi va sirli khidi hamon kelib turganga ukhshardi. “Nahotki bu muhabbat bulsa? – derdi mulla Fazliddin uziga-uzi. – Yuk, zinhor! Mendagi tuygu – begaraz ilohiy bir mehrning nishonasi, kholos. Boshqacha bulishi mumkin emas!”

Hozir yana Khonzoda begim yaqinlashib kelayotganini kurib, sarosimaga tushib qolgan mulla Fazliddin uzining mana shu etiqodida mahkam turishga tirishar va ayollar tomondan nigohini olib qochardi.

3

Bobur mirzo otdan tushganda buyi usib, katta yigitlarga tenglashib qolgani bi- lindi. Qadam olishi ham khiyla salmoqli. Takhtga utirganidan beri utgan sunggi uch yil uni juda tez ulgaytirgan, kuz qarashlari kupni kurgan odamlarnikiday vazmin. Faqat khipcha qomati va hali uncha tulishmagan elkalari endi un besh yoshga kirganini eslatib turardi.

Ammo toqka chiqishda Boburning usmirligi juda ish berdi. U hammadan oldinda toshdan-toshga engil kutarilib borar, goh onasiga, goh opasiga yuqoridan qul chuzib yordamlashib quyardi.

Beklar va mulozimlarning kupchiligi pastda qolishdi. Yul tor, khujra kichkina bulganligi uchun hozir birinchi navbatda podshokh oilasi va Boburga eng yaqin kishi bulgan eshik oga Qosimbek chiqishmokda edi. Qavchin urugidan chiqqan Qosimbek tuladan kelgan barvasta kishi edi, togning yarmiga chiqquncha nafasi bugilib, qiynalib qoldi. Bobur buni kurib, tekisroq bir tosh ustida tukhtadi. Qosimbek kham tukhtab, orqada kelayotgan mulla Fazliddinga yuzlandi:

  • Janobi memor, bu toshlardan zinapoya tarashlash khotiralariga kelmabdir-da.

Mulla Fazliddin pastrokda tukhtab kul qovushtirdi-yu, engil bir tazim bilan javob berdi:

  • Agar zoti oliy amr bersalar, zinapoya tarashlash imkoni bor.

Qosimbek yuqoriga yuz ugirib, Boburga savol nazari bilan qaradi. Bobur kulim- sirab:

-Ajabo! – dedi endi yugonlasha boshlagan usmir ovozi bilan. – Tog chuqqisiga kham zinapoya bilan chikurlarmi?

Soddaroq odam bulgan Qosimbek taklifi urinsiz chiqqanini sezdi-yu, izzat- nafsga bormay, gapni kulgiga burdi:

  • Amirzodam lutf qildilar. Kaminani bu terlab-hansirashlardan zinapoya kham qutqarolmas edi.

Endi Qutlug Nigor khonim ham kuldi:

  • Qosimbek janoblari khakdir. Ot-ulov utolmaydigan bu chuqqilarga shoh ham piyoda chiqur, malika ham!
  • Hatto, khonzodalar kham! – deb Bobur opasiga qarab shukh kulimsiradi.

Shunaqa khazil-huzullar bilan khujraga etib bordilar. Niliy gumbazli jajji bino kukpam quyoshida shunday nafis jilolanib kurindiki, Boburning dili birdan ravshan tortib ketdi.

Atrofdagi tabiatning guzalligi, bahor va toglar ayvonga ishlatilgan naqshlarni, gumbazdagi koshinlar rangini allanechuk jusa ochib kursatar edi.

Qosimbek Boburni, uning onasi va opasini tavoze bilan ichkariga kuzatib quydi-yu, uzi marmar zinapoya oldida qul qovushtirganicha qoldi. U ayollar bor joyga podshokhdan ishora bulmaguncha kirmas edi.

Mulla Fazliddin Qosimbekdan beriroqqa – ayvon tagiga kelib turdi.

Hujra eshigi yongoq yogochidan uymakor qilib, zar bilan ishlangan edi. Bobur guzal uymakorliklarga, devor va shift bezaklariga bir-bir kuz tashlab chiqdi-da, hujraning eshigini ochdi. Onasi bilan opasiga yul berib, keyin uzi ichkariga kirdi.

Hujraning ichi qorongi bulmasa ham qoidaga binoan garb tomonidan mehrobga sham yoqib quyilgan edi. Kunduzgi yoruglik qarshisida kuzga zurga tashlanayotgan sham yogdusi yon-veridagi gulgun naqshlarga tushib, elas-elas jilvalanardi.

Bu hammasi Boburdagalati bir zavquygotdi. U sham yonidagituq-qizil naqshlarni Khonzoda begimga kursatib:

  • Islimi gulkhan shumi? – deb suradi.

Khonzoda begim bir ukasiga, bir naqshga qaradi-yu, shukh jilmaydi:

  • Bir qoshiq qonimdan kechsangiz ayturmen. Bobur ham kulimsirab:
  • Kechdim, aytingiz, – dedi.

Khonzoda begim ungga qayrilib, eshik tepasidagi qip-qizil naqshlarni kursatdi.

  • Islimi gulkhan mana bu. Siz nakshi lolani bunga ukhshatmishsiz, amirzodam.

Khonzoda begim kursatgan naqshlar haqikatan qip-qizil olov tillarini eslatar, uning eshik tepasiga naqshlanishi ham bejiz emas edi. “Keluvchiga ergashgan balo- qazoni olov olib qoladi”, – degan qadimiy etiqod va kelin-kuyovni eshik oldiga yoqilgan olovdan aylantirnb olib utish odatlarn Boburning esiga tushdi. U opasiga tan bergan kabi qarab:

  • Siz haqsiz, men sakhd qilibmen, – dedi. Shunda Qutlug Nigor khonim ran qushdi:
  • Bobur mirzoning sakhvlari uzrlik. Chunki bu hujrada naqshi lola ham khuddi gulkhandek yonib kurinur!

Onasining lutf qilib aytgan suzlari Boburning hujradan olgan zavqini yana bir darajada oshirdi.

Uchovlari ayvonga qaytib chiqar ekanlar, pastda turgan mulla Fazliddin Bobur­ning chekhrasi ochilib ketganini kurdi. Bobur zinapoya oldida turgan Qosimbekka qarab:

Buratoqqa juda munosib! – deb kuydi.

Buratogni Bobur yoshligidan yakhshi kurar edi. Tekis vodiyning urtasiga tush- gan bu baland tog odamlarni hayratlantirish uchun yaratilganga ukhshardi. Guyo u ulkan togning bir parchasini ilohiy bir kuch shunday kutarib olib kelganu tomosha uchun sayhon joyga chiroyli qilib urnatib ketgan. Mana shunday toqqa munosib bulish khujra uchun juda katta sharaf ekanini sezgan Qosimbek bir chetda qul qovushtirib, sukut saqlab turgan memorni chaqirdi.

Bobur podshokh. bulgandan beri uz kunglidan chiqarib kurdirgan birinchi imora- ti juda kichik bulsa ham unga aziz va ganimat tuyuldi. Bu hujra tog qirrasida shun­day joziba bilan uzoq vaqt turishini istab, memorga savol nazari bilan qaradi:

  • Togda qor-yomgirlar kup bulur. Hujra uzoq vaqtga bardosh berurmikin?

Ayvonda turgan Qutlug Nigor khonim bilan Khonzoda begim ham memorga kuz ti- kishdi. Mulla Fazliddin hayajonlanganidan tizzalari bukilib-bukilib ketmokda edi. U qulini tazim bilan kuksiga quyib:

  • Inshoollo, bardosh berur, – dedi. Qosimbek uning gapini tasdiklab:
  • Ha, qirq-ellik yil yakhshi turur, – deb quydi. “Qirq-ellik” yil degan suzlar mulla Fazliddinga ozor bergani uning Qosimbekka qisqa bir kuz tashlab quyganidan sezildi. Shu payt mulla Fazliddin uz yuziga kimningdir mayin nigohi tushgani- ni his qildi. Boshinn kutarsa, Khonzoda begim yuziga yopilgan yupqa oq harir parda orqali mulla Fazliddinga qarab turibdi. Mulla Fazliddinning butun vujudi olov seli ichida qolganday buldi. U hozir siri fosh bulishi mumkinligini sezib, yana tazimga bosh egdi. Shunda Khonzoda begim Boburga izokh. berdi:
  • Amirzodam, khudo khokhdasa, bu khujra kup avlodlarni kurgay. Qarang, kor- yomgir tegadigan joylari sangkorlik qilingan. Poydevori qoyatoshga mahkam urnatilgan. Mulla Fazliddinning mahoratlari baland – Hirot bilan Samarkand memorlaridan talim olmishlar.

Mulla Fazliddin Khonzoda begimning maqtovini ishga oid oddiy gaplardek qabul qilmasa, kunglidagi nozik khislarni sezdirib quysa, un jonidan biri kham omon qolmasligini sezdi. Akhir jun bir memorning shoh qiziga muhabbati podshoh oilasiga ham, uning beklariga ham haqoratday tuyulishi mumkin!

Khayriyatki, hukmdorlar oldida khdyajonga tushish va tazim qilish odat tusiga kirib qolgan. Mulla Fazliddin Khonzoda begimning iliq suzlariga javoban yana bir tazim qildi-da, erga karab, khuddi qilichning tigi ustidan yurib borayotganday ehtiyot bulib gapira boshladi:

  • Hazrati oliyga arzim shulki, Samarqandda Ulugbek madrasasining devorlari uchun qanday ganchu gilmoya, gishtu koshin ishlatilgan bulsa, bu hujraning devor- lariga ham faqir shularni ishlatmishmen. Khudodan umidim bor, Bobur mirzoning muborak nomlariga mansub bu hujra asrlar davomida mustahkam turur1. Bobur bu
  • Chindan ham Ushdagi bu khujra turt yuz ellik yildan ortiq umr kurdi. Asrlar utishi bilan uning gumbazidagi koshinlar kuchib tushdi, ichidagi naqshlari uchib ketib, kaytadan qumsuvoq kilindi, birovlar rangdor marmarlarini kuchirib ketib, pichoqlariga dasta kildirishdi. Hujraning uzini esa tamagir shaykhlar “Sulaymon paygambar tomonidan qurilgan qadamjo” deb elon qildilar. Omi odamlarning anchasini bunga ishontirib, kup yillar davomida mumay nazr-niyoz undirdilar. Olimlar suzlardan tasirlanib:
  • Aytganiigiz kelsin, – dedi. – Hujra biz istaganimizdan ham yakhshi!

Qosimbek “qirq-ellik yil turar”, deb hujraning umrini qisqa qilib quyganidan endi khijolat buldi. Hujradan narida kharsangtosh ortida buyruq kutib turgan savdarboshiga bir qarab oldida-da, keyin memorga ugirildi:

  • Ofarin sizga, mulla Fazliddin! Bobur Qosimbekning gapini tugrilab:
  • Mavlono Fazliddin! – dedi.

Shu bilan memorga mutabar mavlonolik unvoni berilganday buldi. Qosimbek podshohning oldida bir necha marta ustma-ust sahv qilganini bir harakat bilan tugrilagisi keldi-yu, savdarboshiga buyurdi:

  • Mavlonoga tun keltirilsin!

Savdarboshi sarosima bulib pastga qaradi. Mukofot uchun olib yuriladigan tunlar tog etagidagi chodirlarda qolgan edi. Qosimbek buni sezdi-yu, uzining egni- dagi yangi kimkhob tunni echmoqchi bulib:

  • Mirzo hazratlari, ijozat bering! – dedi. Bobur uning jumardligiga tan bergandek jilmayib bosh irgadi.

Qosimbek zar yoqali kimkhob tunini echib, mulla Fazliddinning elkasiga tashladi.

  • Mavlonoga bizdan bitta ot anjomi bilan inom qilinsin, – qushimcha qildi Bobur.

Mulla Fazliddin tazimga egilib minnatdorchilik bildirar ekan, bir necha ki- shining:

  • Muborak! Muborak! – degan suzlarini eshitdi.

Bu suzlarning orasida eng yoqimlisi – Khonzoda begimning muborakbodi buldi. Mavlono Fazliddin unga ikkinchi marta qarashga jurat etolmay erga kuz tikib turgan bulsa ham, shu daqiqalarda uzini bakhtiyor sezar edi.

Kechki payt hujrada Boburning yolgiz uzi qoldi. Qosimbek kerakli odamlar- ga “hujra“ – Mirzo hazratlarining khilvatgohlari buldi, kechasi ham usha joyda tunamoklari mumkin”, deb bildirib quydi. Qurchilar Boburning kuziga tashlanmas- likka tirishib, hujraning orqa tomonida quriqchilik qila boshladilar.

Doimo kupchilikning diqqat markazida bulish va podshohning har bir gapi, khar bir harakati kimningdir takdiriga tasir kilishini unutmay hamisha ziyrak va ekhtiyotkor turish Boburni juda siqiltirar edi. YOsh tanasi erkin bulishni, oddiy tengdoshlari kabi ochiq-sochiq yayrab yurishni qumsar edi. Hozir u hujra ichkari- siga tushalgan beqasam kurpachalar ustiga chiqib boshiga yostiq quymasdan birpas chalqancha yotdi, Qeyin aganab yuztuban buldi-da, engagini kaftiga tirab, devordagi tarikhiy haqiqatni tiklab, bu hujrani yosh Bobur qurdirganini aytib chikdilar, uning peshtokiga buni bildiradigan yodgorlik lavha osib quydilar. Ammo ujar shaykhlar bu erni “takhti Sulaymon” deb atashda davom etdilar. Shundan sung oraga boshqa anglashilmovchiliklar ham qushilib, bu hujra 1963 yilda buzib tashlandi, faqat poydevorigina qolgan khujra ushliklarning tashabbusi bilan 1990 yili qayta tiklandi. (Muallif izohi).

naqshlarga tikildi. Kuni buyi otda yurib toliqqan bulsa ham dam olib yotgisi kel- mas edi. Urnidan sakrab turib bir-ikki marta qulochini yozib kerishdi, esnadi. Sung ayvonga chiqdi-da yana atrofii tomosha kila boshladi.

Turt tomonning hammasi bahor nafosatiga tula. Havo musaffo bulgani uchun pastda yoqilayotgan olovning tutuni ham odatdagidan tiniqroq kurinadi. Okhiri qorli toglar bilan tutashib ketgan vodiyning kuz ilgagan hamma joyi kukalamzor. Bir yogida Uzgant, bir yogida Margilon, uzoqlarda Isfara, Khujand, Koson va Akhsi – bu urchinlarning’ kh,ammasida bog-roglar chaman bulib gullaganini Bobur guyo khayol kuzi bilan kurib turibdi. Ulugvor toglar afsonaviy qala devorlaridek atrofni urab turgan bu guzal vodiy hozir avvalgidan khiyla osuda. Urush tugaganiga ikki yildan oshdi.

Bunday tinch, masud damlarda uni qogoz-qalam uziga tortardi. Savdarlar hujraga olti oyoqlik miz[6] [7] keltirib quyishgan. Bobur miz yoniga beqasam kurpacha ustiga utirib “Vaqoi” deb atagan khotira daftarini ochdi. Sunggi yozuvlari – uzi yaqinda kurgan Konibodom va Isfara haqida edi. Endi bu yozuvlarini davom etti- rib, Ush tugrisida bita boshladi: “Ush kasabasi Andijondan turt yigoch yuldir… Boratogning tumshugida tarikh tuqqiz yuz ikkida[8] men bir ayvonlik hujra soldim. Bu hujra bisyor yakhshi voqe bulibdur. Tamom shahar va mahalla oyog ostidadur…”.

Bobur Ushning binafshasi, lolalari, oqar suvlari, oq mavjli qizil toshlari haqida kham berilib yozayotgan edi, birdan Qosimbek eshik ortida paydo buldi:

  • Amirzodam, khayolingizni bulsam mazur tuting. Bukhorodan -Sulton Ali mir­zodan maktub kelmishdir!

Boburdan ishora bulgach, Qosimbek ichkariga kirib, uram qilingan oltin bogichli maktubni Boburga uzatdi. Bobur maktubni ochib uqidi-yu:

  • Sulton Ali mirzo bizni Samarkand yurishiga chorlabdir, – dedi. – Bitim tuz- gan edingiz-da, amirzodam. Safarga chiqmoq kerak.
  • Oshiqmang, bek. Avval onam hazratlarining rizoligini olaylik.

Bobur khar muhim ishda onasidan maslahat surashi Qosimbekka uncha yoqmas edi. Chunki ayollar jangu jadaldan juda bezgan edilar. Jangovar beklar esa urushsiz yursa qilichlari zanglab qoladigandek betoqat bulishadi.

Qosimbek Qutlug Nigor khonimning chodiriga Bobur bilan birga tushib bordi.

Khonzoda begim ham onasining huzurida utirgan ekan. Ular Bobur uchun dasturkhon yozdirib, chinni laganda kabob keltirdilar. Kabobdan sung qimiz ichildi. Qosimbek muyloviga tekkan qimiz yuqini kafti bilan artib suz boshladi:

  • Amirzodam Sulton Ali mirzo bilan ittifoktuzganlar. Bu erdan cherik tortib bormoqqa suz berganmiz.
  • Tangrim bizni farakhdi kunlarga etkazdi, – dedi Qutlug Nigor khonim. – Endi shuni ganimat bilaylik, janob Qosimbek, Sulton Ali mirzo uz ogasi Boysunqur mirzo bilan Samarkand takhtini talashurlar. Bobur mirzo ulardan ba­land turmoqlari kerak. Tangriga shukur, amirzodamning Andijonda uz takhtlari bor.

Qosimbek bu suzlarga tezda javob topolmay taraddudlaiib qoldi. Shunda Khon- zoda begim gapga aralashdi:

  • Amirzodam, Samarkand yurishining sarfu kharojatiga Andijonda saroylar, madrasalar kursangiz bulur. Andijon kham Samarqanddek sayqali ruyi zamin bulsa, nomingiz Ulugbek mirzoning nomidek shuhrat qozonsa – biz mushtiparlarin- gizning orzuimiz shu! Bobur hazilomuz kulimsiradi:
  • Men avval Samarkand sayqalini bir kurmoqchimen. Ibrat olsak, undan sung olurmiz.
  • Qosimbek Boburniig suzlarini yoqtirib:
  • Lutf kildingiz, amirzodam! – deb quydi.
  • Lekin amirzodam Samarqandni yoshliklarida kurganlar, – deb etiroz qildi Qutlug Nigor khonim.
  • Besh yoshimda kurganim yodimda uncha kolmabdir. Khonzoda begim kuldi:
  • Bultur Samarkand azimati bilan ketib bizni kup sogintirgan edingiz-ku?

Bobur bulturgi muvaffaqiyatsiz yurishini eslab, jid diylashdi:

  • Rost, bultur turt oy Samarkand atrofini kezdik. Ammo shahar darbozalari biz uchun biron marta ochilmadi. Biz bobokalonimizning poytakhtini kurishga mu- nosib emas emishmiz!

Bobur bu suzlarni shunday kuyunib, alami kelganini yashirolmay lablari tit- rab aytdiki, uning hali ham juda yosh ekanligi birdan bilinib qoldi. Holbuki, u Samarqandga qushin tortib borgan, agar shaharga kirsa takhtga utirishi kerak edi. Tugri, Boysunqur mirzo kham temuriylar avlodidan edi, yana tagin Boburdan besh yosh katta edi, demak, takhtda ultirishi qonuniy edi. Birok Andijon beklari Boysunqur mirzodan yuz khil kamchilik topib, uni hamisha yomonlab gapirishar va Samarkand takh- tiga faqat Boburni munosib kurishar edi. Boysunqur mirzo buni bilganligi uchun Boburni Samarqandga yulatmas edi. Mabodo, Bobur shaharga kushinsiz shunchayin poytakhtni kurish uchun kiradigan bulsa, Boysunqur mirzo uni tuttirib, yuq qilib yuborishi mumkin edi. Chunki oradagi takht talashi va beklarning adovati ularni bir-birlariga dushman kilib quygan edi.

Qutlug Nigor khonim endi un besh yoshga kirgan uglining bu talashlar va adovat- larga aralashmasdan, uz mulkida osoyishta khukm surishini istardi. U Boburning alamdan uzgarib ketgan yuziga onalarcha qayishib qaradi-yu, unga joni dilini ber- gisi kelib gapirdi:

  • Boburjon, suzimga ishoning, bu besh kunlik dunyo sizning kuyunishingizga ar- zimaydir!

Onasi uglini podshoh bulmasidan oldingi nomi bilan atab, mehri tovlanib gapirgani Boburga juda yoqimli tuyuldi. Bir lahza u uzini mehribon bir onaning begam, betashvish butaloq uglidek sezdi-yu, elkasidagi katta yuk erga tushgandek en- gil tortdi.

  • Vaqti soati kelur. Samarkand orzusiga ham etishursiz, – deb davom etdi Qutlug Nigor khonim. – Biroq hozir raiyat osoyishta umr kurishga mushtoq. Qanotingiz osti- da Qosimbeqdek tadbirkor amiru umarongiz bor. Mana shu Ushdagi hujrani kurgan memordek khunarpeshalar sizning khizmatingizda. Endi onangiz sizdan il- timos qilur: Samarkand muhorabasini besh-olti yilga kechiktirsangiz. Barcha- mizga bosh bulib, vodiyni obod qilsangiz, Andijonda, Margilonda, Ushda katta obidalar qursangiz!

Qutlug Nigor khonim podshoh ugliga kupdan beri bunchalik jiddiy, bunchalik qatiy iltimos bilan murojaat qilmagan edi. Qosimbek erga qarab sukutga ketdi. Bobur ham bir lahza dasturkhon chetida oltin jomda qizgish kurinayotgan qimizga kuz tikib jim qoldi. Umumiy sukunatda Khonzoda begimning nafis, tiniq ovozi eshi- tildi:

  • Amirzodam, siz Navoiyning dostonlarini yod bilursiz. Farhod qanday ajib binolar qurganini bir eslang. Men bir munglik egachingiz doim orzu qilurmen: siz kh.am Farhoddek bunyodkor bulingiz! Dunyoda bundan ulug, bundan savobli ish yuq!

Bobur Ushda uzi qurdirgan kichik bir hujradan bugun qanchalik zavq olganini esladi-yu, onasi bilan opasining tilaklarini qullab-quvvatlagisi keldi. Ammo u bunday muhim davlat ishlarini bir uzi hal qilolmasligini kham bilar edi. Bobur Qosimbekka kumak suragan kabi karab:

  • Chorasi topilurmikin? – dedi.

Gap Samarkand yurishini qoldirish haqida ekanini Qosimbek sezdi. Asli harbiy odam bulgan va juda kup jangu jadallarda qatnashgan Qosimbek Bobur ista- gan chora topilmasligini ich-ichidan sezib turardi. Chunki Samarkand yurishi hamma nufuzli beklarning mashvaratida maqullangan, tayyorlik ishlari allaqachon boshlab yuborilgan. Katta bir tusiqdan utish uchun butun kuchi bilan sakrayotgan otni birdan tukhtatib bulmaydi, mabodo zur bilan tukhtatilganda kham ot yiqilishi, chavandozini erga uloqtirishi mumkin. Qosimbek buni ochiq aytishga jurat etolmadi-yu, qulini kuksiga kuyib:

  • Amirzodam, qulingiz chora topishdan ojizman, – dedi. Bu javob Boburga ogir botdi.
  • Onamning iltimoslarini rad etaylikmi?

Bobur bu suzlarni shunday zarda qilib aytdiki, Qosimbek uning hozir onasi va opasi aytgan ishlarni kilgisi kelib turganini aniq sezdi. Sung u Boburniig ke- chagina Samarkand yurishiga tarafdor bulib, janglarda qatnashish ishtiyoqida yonib aytgan suzlarini esladi-yu, ichida gijinib quydi. Boburdagi bu uzgaruvchanlikni Qosimbek yoshlik gurligidan kurar, khususan, bunday murakkab davlat ishlarida ayol- larning gapiga kirishni katta bir zaiflik belgisi deb bilardi. Ammo Qosimbek Qutlug Nigor khonim bilan ham hisoblashishga majbur, chunki yosh podshohga onasi- ning tasiri kuchli ekanini uz kuzi bilan kurmokda edi.

  • Khonim hazratlarining iltimoslari menga toji cap bulsin, – dedi Qosimbek chukkalab utirgan kuyicha bosh egib. – Qulingiz aytmoqchimenkim, bunday muhim ishda barcha nufuzli beklarning rizoligini olmasak bulmas.

Podshokh oilasi Qosimbekka alohida ekhtirom bildirganda uning nomiga “amir- lar amiri” degan unvonni qushib aytar edi. Hozir ham Qutlug Nigor khonim:

  • Janobi amirul umaro, – dedi unga. – Siz boshqa beklarning rizoligini olish- da Bobur mirzoga kumak berurmisiz?
  • Jonim bilan! Ammo beklarning bazi andeshalaridan faqir khabardormen. Gustokhdik sanalmasa aytay.
  • Aytingiz, – dedi Bobur.

Qosimbek erga qarab, bir lahza uy surdi, hali oq tushmagan gayir qungirtob soqolining uchlari sakarlot chakmanining1 zarrin yoqasiga tegib, qayrildi. Nihoyat Qosimbek boshini kutarib Boburga qaradi-yu, Samarqanddagi ulug obidalar ulkan bir davlatning kuchi va butun viloyatlarning ishtiroki bilan qurilganini, hozir usha yagona davlat parchalanib ketganini, Fargona katta vodiy bulsa kham, ammo Movarounnahrning faqat bir qismi ekanini gapira boshladi. Uning nima demoqchi ekanini sezgan Khonzoda begim istehzoli jilmayib suradi:

  • Janobi amirul umaro, Andijonda obidalar qurishga kuchimiz etmaydi, demokchimisiz?
  • Oliy nasab begim, siz Samarqanddek ulug shakhar qurish haqida suz ochdingiz. Beklar ayturlarki, ulug shahar bunyod etmoq uchun yana usha ulug davlatni tiklamoq kerak. Butun viloyatlarning kuchini bir joyga yigmoq kerak. Hozirgi parokandalik ulug qurilishlar qilishga imkon bermagay.

Qosimbekning bu gaplari Boburga juda mantiqli tuyuldi. U onasiga karab bun- dan kham mantiqliroq bir suz kutdi.

  • Janob Qosimbek ulug obidalarni faqat Amir Temurdek sohibqironlargina kurgan emas, – dedi Qutlug Nigor khonim. – Hirotda Alisherbek Ikhlosiya, Un- siya otliq binolar qurmishlar, Bobur mirzoning hokimiyatlari Alisherbekning hokimiyatlaricha emasmi? Akhir Alisherbek bir tojdorning musohibi2 bulsalar. Bo­bur mirzo mustaqil davlatning podshosilar-ku!

Qutlug Nigor khonimning bu suzlari Boburning qalbida chukib yotgan eng utli nstaklarini yuzaga qalqitib chiqarganday buldi. Uning yoshlik ehtirosi bilan

  • Sakarlot chakmal – tuya junidan qilingan engil, qimmatbaho chakmon.
  • Musokhibi – yakin sukhbatdoshi, dusti. qalbiga tugib yurgan eng kuchli orzusn – janglarda katta galabalarga erishib yoki ajoyib sherlar, dostonlar yozib el ogziga tushish, sung Navoiydek ulug odamlar- ga tanilish va ularning makhsus etiborlariga sazovor bulish edi. Etti oy ovora bulib Samarqandni ololmay kelganidan keyin janglarda katta galabalarga eri- shish hali ushalmaydigan bir orzu ekaniga uning kuzi etib qoldi. Ulug shoir bulish orzusi \am qul etmas bir balandlikda uchib yurgan bakht qushiga ukhshaydi. Bobur uni tutishga hali kuchi etmasligini sezadi. Ammo hozir onasi Navoiy qurgan imoratlarni tilga olishi bilan Boburni usha utli orzusiga etkazadigai boshqa bir yul “yalt” etib kuziga kurinib ketdi. Navoiy kurgan Ikhlosiya va Unsiyalarning shuhrati ogizdan-ogizga utib, Fargona vodiysiga etib kelgan ekan, endi bu erda un besh yoshlik podshokh ushanaqa obidalar kurdirsa, ovozasi Hirotga ham etib bormasmikin? Keyin, ehtimol, Navoiy ham buni eshitar, Boburning kimligini surab bilar, uni orqavoratdan tanib qolar. Keyin balki Bobur Hirotga borar yoki Navoiy uzi bu tomonlarga kelishni ikhtiyor qilar. Navoiy Husayn Boyqaroning saroyidan bezib yurganini Bobur kham eshitgan edi. Balki ulug shoir Khurosondan Fargona vodiysiga kelib, yosh Boburga murabbiy bular. Uyi shu erga etganda Bobur juda hayajonlanib ketdi. Kuzlari yonib, Qosimbekka qaradi-yu:
  • Onam haqlar, – dedi, – Beklarni kundirmoq kerak!

Boburning sunggi suzi farmondek eshitildi-yu, Qutlug Nigor khonim bilan Khonzoda begimning chekhralari ochilib ketdi. Ular, “Qosimbek endi engildi”, deb uyladilar. Ammo ulkan gavdali Qosimbek uzining keng elkalari ortida zur beklar turganini \is qilganday hamon taslim bulmas edi.

  • Amirzodam, farmoyishingizni ado etishdan oldin beklarning yana bir ande- shasini aytishga rukhsat eting.

Bobur istar-istamas bosh irgab, rukhsat bergan buldi. Qosimbek lablarini yopib turgan uzun qungir muylovini kuli bilan ikki yonga surdi-da, kulymsirab Khonzoda begimga karadi:

  • Begim, siz amirzodamni Farhodga yakhshi qiyos qildingiz. Beklarimiz za­moy Farhodining khizmatida bulishdan iftikhor qilurlar. Bizning orzuyimiz – Farhodimizni uz Shirinlariga etkazishdyr. Ammo, – deb Qosimbek birdan jid- diylashdi,- malumingizkim, bizning Shirin bugun Samarkandsa yogiy qurshovida asira kabi iztirob chekmokdalar.

Boburning yuziga nafis kizillik yugurdi. U uyalganini sezdirgisi kelmay, bo- shini egdi-yu, uz tizzalariga kuz tikdi.

Qosimbek juda mushkul va nozik bir gapni kuzgagan edi. Bobur besh yoshligida unga Samarkand podshosi Sulton Akhmad mirzoning urtancha qizi Oyisha begimni unashtirib quyishgan edi. Hozir shu kiz un uch yoshga kirgan. Bobur uni yaqin yillar- da kurgan emas, ammo kurganlar hammasi Oyisha begimning gunchadek guzalligini maqtab kelganini eshitgan. Usha guzal qizcha Boburni uz najotkorini kutganday kutadi, buni kham Boburga kelib aytuvchilar bor. Bobur ham uzining malikasiga qahramonliklar kursatib etishishni istaydi. U Oyisha begimning uzini eslolmasa ham besh yoshida Sulton Ahmad mirzoga uzatilgan termizlik guzal bir kelinchakni yaqindan kurgani yodida.

“Bet ochar” degan odatga binoan, yosh kelinchakning yuzidagi pardasini pok nafas- li yosh bola ochishi kerak edi. Usha kunlarda Qutlug Nigor khonim besh yoshli jajji ugli Boburni Samarqandga tuyga olib borgan edi. Sulton Ahmad mirzoning ugli yuq edi, Boburga podshoh oilasi havas bilan qarar edi. Shuning uchun kayvonilar “yangi tushgan kelin ham mana shu sherdek ugil kursinlar”, deyishib, bet ochishga Boburni munosib topdilar. Bu hodisaning kup tafsilotlari Boburning khotira- sida qolmagan. Ammo oltin qushib tuqilgan kharir oq pardani kelinchakning yuzi- dan olganda butun borligini nihoyatda yoqimli bir tuygu chulgab olgani hech esidan chikmaydi. Bu – guzallik tuygusi ekanini u endi biladi. Termizlik kelinchak aqlni shoshiradigai darajada kukhdi bulganiga besh yashar bolaning fahmi etmagan bulsa ham, ammo gudak qalbi afsonaviy bir jozibadan tulqinlangani yodida qolgan. Shu­ning uchun hozir unga Samarqanddagi qayligining husnini maqtaganlarida, usha kelinchak esiga tushadi. Boshqa tafsilotlar uqigan kitoblaridagi guzallar tasviri- dan olib qushiladi. Bobur Samarkanddagi qayligini usmirlarcha bir soflik bilan goyibona sevadi. Mana shu sevgilisi bugun Boburning dushmanlari asoratida ekan, u Andijonda bamaylikhotir yura oladimi?

  • Janob Qosimbek, – dedi Qutlug Nigor khonim, – kelinimizning takdiri bizni ham iztirobga solur. Biz onalaridan iltimos qilib kitobat yuborgan edikki, Oyisha begimni Toshkentga egachilari Robiya begim huzuriga junatsinlar. Ehtimol, shu iltimosimiz bajo keltirilgandir?

Qosimbek mayus bosh egib:

  • Afsus, khonim hazratlari, afsus! – dedi. – Qulingiz Samarqanddagi khufya- lardan kelgan bir khabarni amirzodamga kursatishdan tortingan edim. Sizlarni kham khavotirlantirmoqchi emas edim…
  • Nima khabar? Tinchlikmi? – khavotirlanib suradi Boburning onasi.
  • Oyisha begim onalari-yu, opalari bilan birga Toshkentga yashirincha ketmoqchi bulganlarida Boysunqur mirzo bilib qolib, monelik qilmishdir. yogiylik makomida durusht gaplar aytmishdir. Uylari atrofiga odam kuymishlar. Hovlilaridan chiqarmas emishlar. Asiralar endi butun najotni Andijondan ku- tar emishlar!

Sunggi suzlar Boburning butun vujudini zirqiratib utdi. Uning kalligiga qupol gapirib, bechorani asiradek azoblayotgan Boysunqur mirzo shunday gazabini keltirdiki, ertagayoq uning ustiga kushin tortib, bostirib borish va qayligini aso- ratdan qutqarish istagi Boburning qalbidagi boshqa khamma istaklarini bosib keta boshladi.

Khonzoda begim ukasidagi uzgarishni sezib:

  • Amirzodam, ilo\o asirlarni qutqarish sizga tezroq nasib bulsin! – dedi. – Ammo najotni faqat jangu jadal keltirurmikin? Zaifa egachingizning etiqodi shulki, qon tukilsa, adovat kuchayur. Boysunqur mirzo asiralarga battar uchakishur. Najot urushda emas, amirzodam, najot – sulkhda!

Begim hayajonlanib aytgan bu suzlar Boburning kunglida quzgagan boyagi gazabni ancha pasaytirdi. “Sulh” suzi qalbiga iliq tuyuldi.

Khonim darhol qizining gapini quvvatlab, ugliga yuzlandi :

  • Boysunqur mirzoga elchi yuboringiz, amirzodam! Oradagi adovatni yuqotingiz!
  • Boysunqur mirzo zuravonlik qilsin! Men muminlarcha bosh egib elchi yubo- ray!

Bobur bu gaplarni aytar ekan, uning zurlikka zurlik, zarbga zarb bilan javob berish istagi naqadar kuchli ekanligi hammaga sezildi.

Qosimbek undagi bu istakni qullab-quvvatlashga tushdi:

  • Khonim hazratlari, hozirgi zamonda zuravonlikka muminlik mutlaqo rost kel- mas. Zurlar orasida zur bulmoq kerak! Alhol, Shayboniykhon Samarqandga shimol- dan kuz tikmishdir. Hisor hukmdori Khisravshoh iloj topsa, Samarqandga janubdan chang solgusidir. Boysunqur mirzo – noshud tojdor. Poytakhtni ertami-kechmi boy bergay. Agar Bobur mirzo Samarqandni tezrok egallamasalar, bobolaridan qolgan saltanat begona sulola ilkiga utib ketgusidir. Khudo kursatmasin, agar Shayboniy- khonmi, Khisravshokhmi – birontasi Samarqandni zabt etsa, kuch, qudrati oshib, tez kunda Andijon ustiga kh.am qushin tortib kelgusidir…
  • Akhir barcha temuriylar birlashib ittifoq tuzsalar bulmasmi? – dedi Nigor khonim kuyunib.
  • Barcha temuriylarning parokanda kuchlarini yigib birlashtirmoq uchun kh,am qudrat kerak. Istedod kerak! Boysunqur mirzoga ukhshaganlarda na unisi bor, na bunisi. Movarounnahrdagi temuriylar orasida eng sohibistedod, sohibqudrat siymo – Bobur mirzodirlar. Shuning uchun biz jonimizni amirzodam kuzlagan ulug maqsadlar yuliga tikkanmiz. Inshoollo, Samarqandni bu yil zabt etsak, khavf- khatarlar bartaraf bulgay. Ana undan keyin chinakam osuda davr kelur, kh.ar qancha binolar qursak oson bulur.

Khonzoda begim Qosimbekka tikilib suradi:

  • Khullas, volidai muhtaramamizning iltimoslari rad etilurmi?

Qosimbek qulini kuksiga quyib, bosh egdi:

  • Qulingizning gustokhdigini afv eting, begim, men amirzodamning ijozatlari bilan dilimda borini suzladim.

Bobur arosatda qolib qiynalar edi. Onasi shunchalik ishontirib aytgan haqli iltimoslarni rad etishga uning tili ham bormas, kungli ham chopmas edi. Ammo Qosimbek uning qalbida shunday tugyonli hislar quzgadiki, ulardan qutulishning ham iloji kurinmay qoldi. Agar u Samarqanddan voz kechsa, narigi zuravonlar poy- takhtni olishi, keyin Andijonga bostirib kelishi muqarrar ekani unga hozir juda aniq sezilmokda edi. Butun Movarounnahrda urush girdobidan qochib kutuladigan biron viloyat kuziga kurinmas. Bobur qashqirlar qurshoviga tushib qolgandek bezov- talanar edi. Onasining: “Sulh tuzing, binokor buling! – degani “kiyikday beozor yashang” degani edi. Lekin Bobur yirtqichlar orasida kiyik bulib kun kurolmasligini ich-ichidan his qilar, shuning uchun atrofini qurshab kelayotgan burilar bilan sher bulib olishishni istar edi. Buni sezib turgan Qosimbek munozarani ortiq chuzib utirgisi kelmadi.

  • Amirzodam, bugun otliq sayrga chiqmoqchi edingiz, khonim hazratlarining tak- liflarini barcha beklar bilan kengashib kururmiz. Oqshom khirgokhda mashvarat utkazaylik.

Khonzoda begim onasiga “yalt” etib qaradi-yu, “Hozir birgina Qosimbekka utkaza olmagan takliflarimizni keyin barcha beklarga qandoq utkazurmiz?” – demoqchi buldi. Qutlug Nigor khonim Boburga yana nimalarnidir aytmoqchi bulib ogiz juft- ladi. Ammo Bobur Qosimbekka qarab:

  • Mashvarat ertaga chaqirilsin, yakhshiroq uylab kuraylik, – dedi-da, urnidan turdi. Sung Qosimbek boshliq mulozimlari bilan otliq sayrga chiqib ketdi.

Savol va topshiriqlar:

  1. Pirimqul Qodirov qanday maqsadlarni kuzlab tarikhiy mavzuga murojaat kilgan?
  2. “Yulduzli tunlar” romani qanday tarikhiy manbalar asosida yaratilgan?
  3. Shokh va shoir Z.M.Bobur khayoti va ijodi haqida nimalarni bilasiz?
  4. Boburning Ushda Buratog ustida qurdirgan khujrasi haqida qanday malumotlar sizga malum?
  5. Boburmirzoning qoyatoshdagi khujraga tashrifiga Fazliddin qanday tayyorgarlik kurdi?
  6. “Ot-ulov utolmaydigan bu chuqqilarga shokh kham piyoda chiqur, malika ham” suzlari nima uchun aytildi?
  7. Bobur hujrasiga chiqqanmisiz, siz kurgan yangi khujra asarda tasvirlanayotgan khujraga ukhshaydimi?
  8. Nima uchun Boburmirzoga bu imorati “juda kichik bulsa ham, aziz va ganimat tuyuldi”?
  9. Nima uchun Bobur uzi qurdirgan bu ilk khujrasida uzini tengdoshlari kabi erkin his qildi?
  10. “Boburnoma”dan Ush tarifi berilgan urinni topib uqing. Bu tarifning yozilish tarikhi asarda qanday bayon etilganiga etibor bering.
  11. Nima uchun Qutlug Nigor khonim va Khonzoda begimlar Boburni Samarkand yurishidan qaytarmoqchi buldilar?
  12. Agar Qutlug Nigor khonimning: “Samarkand muhorabasini besh-olti yilga kechiktirsangiz. Barchamizga bosh bulib, vodiyni obod qilsangiz, Margilonda, Ushda katta obidalar qursangiz”, -degan iltimosi ruyobga chiqqanda, bugun vodiymizning qiyofasi qanday bular edi deb uylaysiz?
  13. “Zurlar orasida zur bulmoq kerak!” “… yirtqichlar orasida kiyik bulib kun kura olmaslik” tuygulari Boburni qanday karor qabul qilishga undadi?
  14. Beklar temuriylar yurtini birlashtirib, yagona davlat qilishga loyiq deb nima uchun Boburni tanladilar?
  15. Bobur takdiridagi shokhlik va khaqguy shoirlik burchi urtasidagi kurash siz ukigan bobda qanday ifodasini topgan?
  16. Romanda tarikhiy haqiqat va yozuvchi fantaziyasi – badiiy tuqimaning urni, uzaro munosabati kanday?
  17. “Yulduzli tunlar” romani asosida tayyorlangan telefilmni tomosha qilganmisiz? Film sizga yoqqanmi?
  18. Quyidagi mavzulardan birini tanlab insho yozing.

a)     “Yulduzli tunlar” romanida Bobur obrazi.

b)     “Yulduzli tunlar” romanida kharakterlar dramasi tasviri.

v)     “Yulduzli tunlar” romani poetikasi.

[1] Buratog bazi manbalarda Boratog ham deb ataladi. Biroq “Oq Burasoy” kabi asli “bura” suzidan olingan bulishi kerak. Turkiy tillarda nortuyaning eng ulkani “bura” yoki “bugra” deb ataladi. Bu tog chindan ham tekis joyda chuk tushib yotgan ulkan nortuyaga ukhshab ketadi. (Muallif.).

[2] Aslzoda ayollar kiyadigan uzun engli ustki kiyim. Kamzulga ukhshash.

[3] Chavgon – khozirgi khokkey uyiniga ukhshaydi. Faqat maydonda ot minib uynaladi.

[4] Pargor – sirkul.

[5] Toqi – chuqqisimon zaifona bosh kiyim.

[6] Urchin – hozirgi rayon tushunchasiga tugri keladi

[7] Miz – olti oyoqlik stolcha

[8] Milodiy 1497 yil.

Яна маълумот

KgnbIrJHVQVn3UM-bvT09b_d6I0v9LRi

Inglizchani biladigan malimlar chiqyapti, lekin dars berishni bilmaydi” – IELTS’dan 12 yildan beri dars berayotgan pedagog bilan suhbat

“Ingliz tilini urganish men uchun emas ekan”. “Har doim yangidan boshlayman va yana tashlab quyaman”. …