saylovOzarboyjon Markaziy saylov komissiyasi (MSK) navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarining yakuniy protokolini tasdiqlash uchun uni Respublika Konstitusiyaviy sudiga taqdim etishga qaror qildi. MSK raisi Mazokhir Panakhov shu haqida malum qildi.

Ozarboyjondagi navbatdan tashqari saylovlar 11 aprel kuni bulib utdi. Barcha saylov punktlaridan olingan malumotlarga kura, amaldagi davlat rahbari Ilhom Aliev saylovchilarning 86,03 foiz ovozini tuplashga muvaffaq bulgan. Aholining prezident saylovlaridagi faolligi 74,30 foizni tashkil qildi – 5 mln 314 ming 365 nafar saylovchidan 3 mln 962 ming 123 nafari ovoz bergan.

“Saylov kodeksiga kura, Markaziy saylov komissiyasi, ovoz berish kunidan boshlab 10 kundan kech bulmagan muddatda,       prezidentlik saylovlari natijalarini sarhisob qilishi va natijalarni tasdiqlash uchun uni Konstitusiyaviy sudga taqdim etishi kerak”, – dedi Panakhov yakshanba kungi kommisya yigilishida.

Uning suzlariga kura, “saylovlar natijalariga jiddiy tasir kursatishi mumkin bulgan” qoidabuzarliklar qayd etilmagan.

Kechroq komissiyaning ovoz berish jarayoni bulib utdi. Komissiya azolari yakuniy protokolning tasdiqlanishi va uning Konstitusiyaviy sudga taqdim etilishi uchun ovoz berishdi.

Konstitusiyaviy sud ovoz berish kunidan keyin 14 kun davomida Ozarboyjon Respublikasi prezident saylovlari natijalari haqida rasmiy malumot beradi.