Главная / Jamiyat / «Ota-bobomiz shu suvdan ichib kelgan». Yangiqurgon hokimligi mutasaddisi minglab odamlar ariqdan suv ichishiga khotirjam qaraydimi?
<

«Ota-bobomiz shu suvdan ichib kelgan». Yangiqurgon hokimligi mutasaddisi minglab odamlar ariqdan suv ichishiga khotirjam qaraydimi?

Vodiydagi eng sulim, havosi toza, tabiati betakror maskanlardan biri Namangan viloyatida joylashgan. Bu – Yangiqurgon tumanidagi Nanay qishlogidir. Katta qishloq. Unda 13 ming nafardan ziyod aholi yashaydi.

Etiborlisi, Nanayda havo harorati yilning turt fasli davomida vodiyning boshqa joylaridagidan 10 daraja past yuradi. YOzi doim gir-gir shabboda, qishi doim qorli bulgan tog qishlogi. Bir vaqtlar nafaqat qushni respublikalardan, balki uzoq yurtlardan ham odamlar Nanayga dam olgani, sogligini tiklagani kelishgan. Turizm gullab-yashnagan.

Biroq bugungi Nanayda kamchiliklar juda kup. Muammolar bisyor bulgan joyda turizmni rivojlantirish haqida uylab ham bulmaydi.

Murojaat ortidan Namanganning chekka qishlogi tomon yul oldik. Vodiyning boshqa hududlarida yashovchi odamlar «garchillagan» qorni kurmaganiga bir necha yil buldi. Nanayda esa hammayoq oppoq qorga burkangan edi.

«Haliyam ariqdan suv ichamiz. Ichimlik suvi tizimi inshootlari yuq bulib ketdi»

Nanayda bulib, minglab aholining ogriqli muammosi buyicha qishloq odamlari, nuroniylar bilan suhbatlashdik. Ular tuzalmas dardga aylanib ketayotgan ichimlik suvi muammosi haqida gapirib berishdi.

«Sizga Nanay qishlogi toza ichimlik suvi bilan taminlanmayotgani haqidagi muammolar bilan murojaat qildik. Bir necha yildan beri tuman va viloyat hokimlari, prokurorlariga, ichki ishlar tizimi mutasaddilariga arz qilib kelyapmiz.

Qishloqdagi mavjud suv tortish nasoslari yuq bulib ketgan. Inshootlar atrofidagi maydonlari dacha sifatida qaror chiqarib, berib yuborildi.

Hududimizda turtta maktab, turtta bogcha, poliklinika va shifokhona bor. Ular ham toza ichimlik suvi bilan taminlanmagan. Ariqda oqayotgan suvni tortib ichishadi. Nanayga shaharcha maqomi berilgan. Lekin qishlogimizda na kanalizasiya bor, na ichimlik suvi. Mana shu Qirgizistondan oqib kelayotgan suv bahor va yoz oylarida loyqa holda oqib keladi.

Uni ichish uchun avval bir necha kunlab tindirishga majburmiz. Odamlarga quvur orqali berilayotgan suv ham tepadagi hovuzdan berilayotgan ariq suvi. Filtrlanmagan, ichida turli narsalar oqib kelayotgan iflos suv. Qanday suv ichayotganimizni uzimiz bilamiz, lekin iloji yuq, ichamiz. Boshqa nima ham qilardik. Qishloqda shu ariqdagi suvdan bulak sanitariya-gigiena talablariga javob beradigan toza suvning uzi yuq.

Qishlogimizning tabiati guzal. Kurort joylar. Odamlar yozda sayohatga kelishadi mana shu soyda chumilishadi. Qishda qordan zavqlangani kelishadi. Tabiati va havosi uzgacha bulgani uchun uzoq yillar Nanayni toza suv bilan taminlagan «nasos»lar urnidagi maydonlar dala hovli sifatida khususiylashtirilib olindi. Mutasaddilar un minglab aholi suv bilan taminlanishi buyicha qachon uylanishadi, hayronmiz», deydi Bayozbek Sharipov.

Mutasaddi idoralarga hududdagi ichimlik suvi muammosi va hovuzlar atrofidagi mavjud erlar dala hovlilar uchun berib yuborilgani buyicha yozilgan arizalarni «Yangiqurgon qishloq ichimlik suv» unitar korkhonasi urgangan. Tashkilot yuqolib ketgan hovuzlar urniga yangi inshootlar qurilishi uchun noqonuniy berilgan erlar masalasi 2019 yil okhirigacha bartaraf qilinishi buyicha javob khati ham bergan.

2019 yilning avgustida Yangiqurgon tumani hokimligi tomonidan yuborilgan akhborotda ham «Soy buyi» MFYdagi ikkita tik quduq va 600 m3 hajmdagi suv saqlash inshooti (rezervuar) buyicha loyiha tayyorlangani va ishlar 2019 yilning 3-choragida amalga oshirilishi rejalashtirilgani aytiladi.

Ayni paytda Nanaydagi beshta mahalla – «Qayroqi», «Namuna», «Soy buyi», «Zarbdor» va «Dustlik» mahallalarida ichimlik suvi muammosi juda dolzarb.

«Ichimlik suvi tizimi egasiz bulib qoldi. Aholi ariqlardagi suvni ichib, ishlatyapti. Kup marta kattalarga murojaat qildik. Birov quloq solmadi. Arizalarimiz deyarli ijrosiz qoldi. Ochiq havzada oqib kelgan suvdan foydalanish turli yuqumli kasalliklarni kupaytiradi», deydi Zuhriddin Abduvaliev.

Qishloqning yuqori qismidagi ariqdan kelayotgan suvni saqlab uzatish uchun bir vaqtlar bunyod etilgan hovuzni borib kurdik. Tashlandiq hovuz ichiga loyqa utirib tulib bulgan. Hovuzni tozalashning iloji yuq. Atrofidagi erlar dala hovli qurish uchun berib yuborilgan.

Qishloq aholisi ruzgorda foydalanayotgan ariqning boshlanish joyini ham kurdik. Chiqindi tula ariqdan ichish va ishlatish uchun yaroqli bulmagan suv oqib kelmoqda.

«Endi Prezidentimizning oldiga borishimiz qoldi, kholos…»

Nanaydagi shifokhonada ham holat achinarli edi.

«Namuna» MFYda joylashgan tibbiy muassasada ishlatiladigan suv ariqdan «nasos» orqali suv minorasiga tortilib sung tarqatiladi. Toza ichimlik suvi yuq. Khodimlar boshliqlaridan hayiqishdi chogi, intervyu berishdan qochishdi.

Uzbekiston va Yangi mahalla kuchalarida ariqdan ichishga yaroqsiz suvni tashib ichayotgan odamlar bilan suhbatlashdik.

Ariqdan suv tashiyotgan Rahimjon Mannonov necha yildan beri mahalla ahli ichish va ruzgor uchun suvni mana shu ochiq havzadan olishini takidladi.

«Kanalda suv kupayganda bazida tindirilgan suv kelib qoladi. YOz, bahor oylari loyqa, iflos suvni istemol qilib yashayapmiz. Ichimlik suvi tizimi ancha vaqtdan beri yuq», deydi u.

Qishloq uluglaridan bulgan Bekmirza hoji ota Abdurazzoqov tuman hokimiga qayta-qayta murojaatlardan naf bulmaganini takidladi.

«Nanay qishlogining eng katta muammosi – ichimlik, yani toza suv taminoti masalasidir. Aholi turli chiqindilar tushib yotgan ochiq suvni ichib, yashab yuribdi. Tuman hokimi hududimizga necha marta kelgan bulsa, har safar dardimizni aytamiz. Un marta kelgan bulsa, un marta aytgandirmiz. Foydasi yuq. Un besh yildan beri shu ahvol. Bir vaqtlar zur ishlagan suv tizimi, uskunalar elektrdagi uzilishlar boshlanganidan sung nasos kuyib qoldi. Tuzatib kelamiz», degan vajlar bilan sekin-sekin yuq bulib ketdi. Maydonlari dala hovli qilib berib yuborildi.

Ichimlik suvi muammosi buyicha tuman hokimiga, viloyat hokimligiga bir necha bor murojaat qildik. Natija yuq. Endi Prezidentimizga borishimiz qoldi kholos.

Mahallaning yullari ham juda yomon. Tuman hokimi juda kup keladi. Aytamiz. Hech bulmasa shagallab bermaydi. Keyingi safar yana uyalmay kelaveradi», deydi u.

Vahobjonning stadioni

«Namuna» MFYda yashovchi Vahobjon Ismonboev mahalla ahli yordami bilan tashlandiq joyda stadion tashkil qilibdi. Stadion atrofiga panjara qilish, turli sport anjomlari uchun Vahobjon uz mablagidan 7 million sumdan ziyod pul sarflaganini aytdi. Lekin, shugullanish bepul ekan.

«Atrofdagi yoshlar yoz oylari bu joyda futbol, tennis uynashadi. Qishda boshqa shugullanadigan joy yuq. YOginli kunlar uchun naves qurdik. Biroq ustini yopishga mablag etmadi. Qishloq guzarida rekonstruksiya qilinayotgan madaniyat markazining eski shiferlarini suradim, berishmadi. Tuman hokimligiga ham stadionni rivojlantirish uchun kumak surab murojaat qilganman. Qogozda yordam berilishini yozib junatishibdi. Amalda esa yuq», deydi Vahobjon.

Mahalla yoshlari uchun tashabbus bilan chiqqan Vahobjon kumakka muhtoj.

Yangiqurgon tumani mutasaddilari Nanay muammolaridan khabardormi?

Tuman hokimligida hokim urinbosari Nodirbek Qosimkhonovga uchradik. Mutasaddi mazkur masalada «Yangiqurgon qishloq ichimlik suv» korkhonasi rahbari Mirkamol Mirsaydullaev tuliq malumot berishini aytdi.

Yangiqurgon hududidagi ichimlik suvi tarmoqlariga masul bulgan Mirsaydullaevning Nanay qishlogi buyicha bergan izohi tushunarsiz buldi.

«2019 yili Nanay qishlogidagi mahallalarni ichimlik suvi bilan taminlash buyicha katta ishlar qilindi. Qishloqning faqat bitta mahallasida suv tortish ishlarini qilish kerak. 13 ming aholining 85 foizi ichimlik suvi bilan taminlangan. Faqat «Mamay» va «Qayroqi» mahallalarida muammo bor, ularni ham 2020 yilda hal qilamiz. Boshqa barcha mahallalarda ichimlik suvi mavjud», deydi mutasaddi.

«Soy buyi» va «Qayroqi» mahallalaridagi suv tarqatish va saqlash inshootlari hududi dala hovlilar qurish uchun berib yuborilgani haqidagi savolga ham Mirsaydullaevning ikki khil manodagi izohi quyidagicha buldi: «Bu haqda men tuliq malumotga ega emasman. Ularning qulida egalik huquqini beruvchi qarori bor… Bor deyishyapti… Lekin, khalqning talabi tugri. Usha suvni etkazish inshootlarini «vodazabor» deymiz. Chindanam qishloqqa suv etkazish uchun yana bitta «vodazabor» qushsak aholiga suv etardi. Hozir hududda 13 ming aholi bor. Bitta inshoot 6,5 ming aholiga etadi. Yana bitta inshoot qushsak, barchani taminlaymiz. Joylarni ham qaytarib olamiz».

Buni qarangki, aholi vakillari bizga aynan «Yangiqurgon qishloq ichimlik suv» rahbari M.Mirsaydullaev imzosi bilan yuqolib ketgan hovuzlar urniga yangi inshootlar qurilishi uchun noqonuniy berilgan erlar masalasi 2019 yilning okhirigacha bartaraf qilinishi buyicha javob khatini taqdim qilishgan edi.

Ushbu mutasaddi Nanayning 85 foiz suv bilan taminlanganini kanaldan oqib kelayotgan suv taminotidan kelib chiqib aytgan ekan.

«Ota-bobomiz shu suvdan ichib kelgan. Shu yil suv inshootlarini tamirlaymiz. Noqonuniy berilgan joylarni qaytarib olamiz. Joriy yilda barcha kamchiliklarni bartaraf etamiz», deydi u.

Tugrisi, ichimlik suvi taminoti rahbarining suzlaridan sung uning vadalariga ishonish-ishonmaslikni bilmay qoldik.

Nanay ahli esa tarkibi sanitariya holatlariga javob bermaydigan oqin ariqdagi suvni 10 yillardan beri istemol qilib kelmoqda. Turtta maktab, uchta bogcha, ikkita tibbiyot muassasasi ham toza suvga muhtoj.

Bugungi kunda rahbarlar oldiga aholi dardini tinglash va muammolarni tezlik bilan hal qilish talabi quyilgan. Uylaymizki, Nanay qishlogidagi ichimlik suvi masalasi tez orada hal buladi.

О нас

Яна маълумот

fvGNP0oqWlPbliyv7NALPHrP4U0JlXGo

Qozogistonlik ayrim chegarachilarning «hurmati juz-juz»mi? Rossiyaga safar sarguzashtlari

019 yilning noyabr-dekabr oylarida khizmat safari bilan Rossiyada buldik. Borish va qaytish poezdda buldi. Bundan …