Главная / Jahon / “Osiyo ayigi”ga kimlar hujum qilgani aniqlangani khabar qilindi

“Osiyo ayigi”ga kimlar hujum qilgani aniqlangani khabar qilindi

12

Aralash janglar ustasi Murod Khonturaevni pichoqlagan shakhslar kimligi aniqlandi. Biroq Jinoyat-prosessual kodeksiga asosan jinoyat ishi buyicha lozim bulgan tergov harakatlari buyicha boshqa malumotlar oshkor qilinmaydi. Bu haqda Toshkent IIBB Akhborot-multimediya markazi vakiliga tayanib mahalliy OAV khabar qildi.

“Osiyo ayigi” laqabi bilan tanilgan aralash janglar ustasi Murod Khonturaevga nomalum odamlar uning ofisiga bostirib kirib hujum qilishgan.

Mahalliy nashrlarning uz manbalariga tayanib khabar berishlaricha, Murod Khonturaevning Chorsu maydonidagi «Toshkent» savdo markaziga tutash qilib qurilgan binodagi Silver Power kompaniyasi ofisiga 26 noyabr kuni makhsus qora kiyimlarda va niqoblarda bulgan 6-8 kishi bostirib kirgan.

Sportchining pichoqlanishi bilan bogliq holat yuzasidan usha kunning uzida Toshkent IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan Uzbekiston Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b» va «v» bandlari (bezorilik, bir guruh shakhslar tomonidan sovuq qurol yoki kishining sogligi uchun amalda shikast etkazishi mumkin bulgan narsalarni (qurol sifatida) namoyish qilib, ularni qullash bilan qurqitib yokhud qullab) buyicha jinoiy ish quzgatilgan.

Яна маълумот

RQCZaZtdosB73SzRIGCmu6sOcnZNQE_

Prigojinning samolyoti qulashi – malumot

Biznesmen yulovchilar ruykhatida qayd etilgan, ammo u bortda bulgani — okhirigacha aniq emas. «Vagner» KhHK …