Главная / Sport / Osiyo Kubogi. Yana ikki jamoa guruhdan chiqdi, Uzbekiston 1/8 finalda Avstraliya bilan uynashi ehtimoli ortdi
<

Osiyo Kubogi. Yana ikki jamoa guruhdan chiqdi, Uzbekiston 1/8 finalda Avstraliya bilan uynashi ehtimoli ortdi

football

Osiyo Kubogi boshlanganidan bir hafta utib, pley-offning uch ishtirokchisi malum buldi. Ikkinchi turning ilk kunida Iordaniya birinchi bulib yullanma sohibiga aylangan bulsa, juma kungi bahslarda Khitoy va Janubiy Koreya terma jamoalari ham dastlabki vazifani uddaladi.

«B» guruhi
Ushbu turtlikda birinchi va ikkinchi urin masalasi amalda hal etib bulindi. Iordaniya ilk turda Avstraliyani, keyin Suriyani maglub etdi va 6 ochko bilan birinchi urinni oladigan buldi. 11 yanvarda Falastinni yirik hisobda taslim etgan Avstraliyani endi uchinchi turda Suriya bilan bahsda durang ham qoniqtiradi, iordaniyaliklar hatto maglubiyatga uchrasalar ham birinchi pogonadan pastga tushib ketishmaydi. Boisi – ochkolar teng kelganda birinchi navbatda uzaro uyinlar natijasi inobatga olinadi.

Eslatib utamiz, «B» guruhida ikkinchi urin egasi (katta ehtimol bilan Avstraliya) nimchorak finalda Uzbekiston joy olgan «F» guruhining ikkinchi jamoasi bilan tuqnash keladi. Demak, Ektor Kuper qul ostidagi jamoa yo pley-offning ilk raundidayoq «kengurular»ga duch keladi yoki yaponlarni ortda qoldirib, nimchorak finalda Yaponiya – Avstraliya juftligi hosil bulishiga, demakki goliblikka davogar favoritlardan birining musobaqani tark etishiga erishadi. Albatta, variantlar sifatida Uzbekiston va Avstraliyaning guruhdan uchinchi urin bilan chiqishi ehtimoli kam bulsa-da, mavjud ekanini qayd etib utish joiz.

Avstraliya – Falastin 3:0
Gollar
: Maklaren (18), Mabil (20), Giannu (90)

«C» guruhi
Yuqorida takidlanganidek, Osiyo Kubogining 7-kuniga kelib, pley-offning uch ishtirokchisi malum bulib ulgurdi. Iordaniyadan tashqari, uchinchi kvartetdagi Khitoy va Janubiy Koreya terma jamoalari pley-offga yullanmani qulga kiritdi. Marchello Lippi shogirdlari Filippin darvozasini javobsiz uch marta nishonga olishgan bulsa, janublik koreyslar Qirgiziston bilan uyinda ilk turdagi kabi 1:0 hisobi bilan cheklanishdi.

Qayd etish kerak, Khitoy terma jamoasi 2015 yilgi Osiyo Kubogida guruh bosqichining barcha uchrashuvlarida (Uzbekiston, Saudiya Arabistoni va KKhDR ustidan) galabaga erishgan edi. Shuni hisobga olganda, jamoa turnir guruh raundida ketma-ket beshinchi uyinida golib chiqdi, ammo ilk marta raqibdan ikki va undan kuproq tup farqi bilan ustun keldi. Filippin esa Osiyo Kubogi final bosqichidagi debyutini ketma-ket ikki maglubiyat bilan boshlagan tarikhdagi beshinchi terma jamoa buldi. Bunga qadar Falastin (2015), Bangladesh (1980), Janubiy Yaman (1976) va Kambodja (1972) ana shunday muvaffaqiyatsiz start qayd etgandi.

Etiborlisi, Abu-Dabidagi Filippin – Khitoy uyini qupolliklarga boy tarzda kechgani bilan ham diqqatga sazovor. Uyinda jami 39 marotaba qoida buzilishi kuzatildi; bu galgi Osiyo Kubogida bunga qadar bir uyinda kupi bilan 29 marta qoidabuzarlik qayd etilgandi.

Shu bilan birga, bu safargi turnirda zakhiradan tushgan futbolchilarning gol urish holatlari ancha kup kuzatilyapti. Khitoyliklar hujumchisi Yu Dabao 80-daqiqada yakuniy hisobni (3:0) urnatganida maydonga tushganiga bor-yugi 19 soniya bulgan edi. U tupga birinchi tegishdayoq uni darvoza turiga joylab quydi. Shu tariqa, zakhira vakillari urgan gollar soni bir haftadayoq 9taga etdi. Osiyo Kubogi–2015da zakhiradan uyinga qushilgan futbolchilar jami 7 marta gol muallifi bulishgandi.

Khitoy – Filippin 3:0
Gollar
: U Ley (40, 66), Yu Dabao (80)

Janubiy Koreya – Qirgiziston 1:0
Gol
: Kim Min-Je (41)

12 yanvar, shanba kuni «D» guruhida Vetnam – Eron (16:00) va Yaman – Iroq (18:30), «E» turtligida Livan – Saudiya Arabistoni (21:00) bahslari bulib utadi.

О нас

Яна маълумот

uRTNao6w55JIyLOzKo7TJS0Rg-4TltO

Afrika millatlar kubogida chorak finalnnig barcha ishtirokchilari malum. Gana musobaqani tark etdi

Misrda davom etayotgan Afrika millatlari kubogida nimchorak final bosqich uyinlari ortda qoldi. 8 iyul oqshomida …