Главная / Jamiyat / «Onlayn darslarda ota-onalarga tushadigan yuk kupayib ketdi» – Khalq talimi vaziri
<

«Onlayn darslarda ota-onalarga tushadigan yuk kupayib ketdi» – Khalq talimi vaziri

Khalq talimi vaziri Sherzod Shermatov karantin davrida onlayn talim berish chogida kuzatilgan muammolarga tukhtaldi.

«Onlayn darslarda ota-onalarga tushadigan yuk kupayib ketdi. Agar ota-ona uyda utirgan bulsa, uzi ham masuliyatli bulsa, ularning bolalari darslarni yakhshi uzlashtirishdi. Endi ota-ona uyda bulmagan, karantin davrida ham ishda bulgan, boshqa paytlarda ham bolasiga unchalik etibor qilolmagan bulsa, ular haqida bunday deb bulmaydi.

Juda kup ota-onalarimiz bor, farzandi qaysi maktabda uqishini bilmaydi. Yana bir toifada ota-onalar qizlarining talim olishiga bulgan munosabati bilan farqlanadi. Ular qizlarni uqishga ragbatlantirish urniga tezroq turmushga bervorish payida bulishadi.

Onlayn maktabning eng katta kamchiligi shundaki, talimga katta etibor beradigan ota-onalarning farzandlari bilan «Maktabga borib nima qilasan, undan kura bor, molga qara», deydigan toifadagi ota-onalarning bolalari urtasida bilimlarni uzlashtirishi buyicha tafovut kattalashib ketdi. Agar talim onlayn shaklda davom ettiradigan bulsa, ana shu tafovut usib boraveradi. Maktab talimi davlat nazoratida deyilishining ham sababi shundaki, bolalarimizning talim olish huquqini taminlab berishimiz kerak» deb aytgan Sherzod Shermatov 9 iyul kuni bulib utgan matbuot anjumanida.

Khalq talimi vazirining «Onlayn maktab» loyihasi ishga tushirilgan dastlabki kunlarda televidenieda tekhnik qiyinchiliklar kuzatilgani, qolaversa, joylarda internet tezligi bilan bogliq muammolar uchraganini takidladi. Shu bilan birga u uzi rus tilini bilmay turib farzandini ruscha talim beriladigan sinflarga uqishga bergan ota-onalar masofadan uqish paytida hammadan kura kuproq qiynalishganini malum qildi.

«Toshkent shahrida har yili bitta muammo kuzatiladi. Oila rus tilini umuman bilmaydi, uyda umuman rus tilida gaplashilmaydi, lekin farzandini majburlab rus sinfiga uqishga bergan. Ana shunaqa ota-onalar karantin davrida maktablar yopilgach juda qiynalishdi.

Bolasining kitoblari, darsliklari ruschada. Televidenieda berilayotgan darslar ham ruschada. Ota-ona ruschani tushunmaydi. Uz-uzidan bu bolada ham talim sifati pasayib ketadi.

Shuning uchun fursatdan foydalanib ota-onalardan farzandlarini uzbek maktablarga berishlarini iltimos qilardim. Mana, hozir 1-sinflarga uquvchilar qabul bulayapti», deydi u.

Avvalroq Sherzod Shermatov yangi uquv yilida maktablarda uqish tiklanishini rejalashtirilayotgani, lekin shunda ham televidenie orqali onlayn darslar davom ettirilishini malum qilgan edi.

О нас

Яна маълумот

gSVsd8VHSBxWXbR-8yle8ewnTSf6MLc

Tanlovdan olingan er: Oqdaryoda tadbirkor 4 yildan buyon kutmoqda, nizom buzilgan, hokimlik uz davosini uzgartirgan

Samarqand shahridan Ulugbek Mansurov tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanish maqsadida er olish uchun bundan turt yil …