Главная / Madaniyat / Onasi fohishalikka qushgan 7-sinf uquvchisining homilasi¸ mulozimlar topshirigi bilan uyida yuq qilindi

Onasi fohishalikka qushgan 7-sinf uquvchisining homilasi¸ mulozimlar topshirigi bilan uyida yuq qilindi

Fargona viloyat, Beshariq tumanidagi qishloqlaridan biri maktabining 7-sinf uquvchisi K.M ning besh oylik homilasini akusher-doya mahalliy mulozimlar buyrugi bilan uyida abort qildi.

1249c0a3-2cfa-45bf-b350-4ea78fb95af5_w1023_r1_s

(Ozodlikka qishloq va maktab manzili¸ bu jaraënga aloqador shakhslarning ismi-sharifi malum. Aybsizlik prezumpsiyasi va akhloq normalaridan kelib chiqib¸ ular elon qilinmaëtir – tahr.)

Fargona viloyati IIB khodimining Ozodlikka 15 avgust kuni bildirishicha¸ joriy yil may oyida homilasi tushirilgan uquvchi qizning 39 yashar onasiga nisbatan “Uzbekiston Jinoyat kodeksining 28- 118- moddasi 4-qismi va 131 moddasi (qushmachilik qilish yoki fohishakhona saqlash) 4 -qismi “a” bandida kuzda tutilgan jinoyatni sodir” qilganlik buyicha prokuratura ayblov khulosasi taqdim qilingan.

Fargona viloyat prokurorining birinchi urinbosari imzolagan ayblov khulosasining Ozodlikka yuborilgan nuskhasidan anglanilishicha¸ turt shakhs “14 ëshga tulmagan ojiz ahvoldagi shakhsga nisbatan jinsiy ehtiëjini ananaviy va noananaviy tarzda qurqitib qondirishda” ayblanmoqda. Ozodlik voqea guvohlari va mahalliy rasmiylar bilan suhbat asosida Chorbogturongi qishlogida yuz bergan voqeani urgandi.

Usmir qiz uyda abort qilindi

Beshariqdagi maktablardan biri mamuriyati shu yil bahorda 7-sinf uquvchisining surunkali maktabga kelmaganidan tashvishga tushib¸ qizning uyiga boradi va usmirning homiladorligidan khabar topadi.

Ayni maktab uqituvchilaridan birining ismi sir qolish sharti bilan Ozodlikka aytishicha¸ “bu paytga kelib¸ 7-sinf uquvchisining buzilib ketgani” haqidagi khabar hamma ëqda tarqalib ulgurgan:

– Mahalla khotin-qizlari bilan ishlash buyicha maslahatchi sinf rahbari bilan birga qizning uyiga bordik. Keyin qiz va uning onasini olib Beshariq tuman hokimining khotin-qizlar buyicha urinbosari oldiga bordik. Opa qizning onasini koyidi¸ qizning uzi bilan suhbatlashdi.Tuman IIB profilaktika inspektoriga khabar berdi¸ dedi shakhsi ochiqlanishini istamagan jaraënga aloqador beshariqlik uqituvchi.

Ozodlikka malum bulishicha¸ bu suhbatdan sung IIB profilaktika inspektori¸ qiz uqiydigan maktab direktori va sinf rahbari qizning onasi bilan homilani tushirish masalasini muhokama qilgan.

Ayblov khulosasida ëzilishicha¸ qizning onasi “sharmandalikdan qurqib¸ qizining kasalkhonada abort qildirilishiga qarshilik qilgan”.

Beshariq tuman markaziy shifokhonasi vrachining Ozodlikka aytishicha¸ tuman hokimining khotin-qizlar ishlari buyicha urinbosari topshirigiga binoan uquvchi qiz ginekologik tekshiruvdan utkazilgan va homilaning 18 haftalik ekani aniqlangan.

Ozodlik tasarrufida mavjud ayblov khulosasiga kura¸ bu tekshiruvdan sal utib qizning uyiga hokim urinbosari va maktab direktori topshirigi bilan doya-akusher kelib¸ 4¸5 oylik homilani ona qornida uldirish uchun unga turt dona tabletka bergan. Ayblov hujjatida ëzilishicha¸ ugil bola bulgan homila tushirilgandan keyin jasadni qizning otasi oq matoga urab mahalliy qabristonga kumib kelgan.

Fargona viloyat IIB tergov boshqarmasi khodimining ismi aytilmaslik sharti bilan Ozodlikka bildirishicha¸ bu holatda birdaniga ikki jinoyat sodir etilgan:

– Birinchidan¸ 12 haftadan utgan homilani tushirish mumkin emas. Ikkinchidan¸ bu ishni uyda tashkil qilish jinoyatdir¸ dedi huquq mulozimi.

Voqea tafsilotlaridan yakhshi khabardor beshariqlik manbaga kura¸ bu ikkala jinoyat “7-sinf uquvchisining fohishaga aylantirilib¸ homilador bulgani ovoza bulishdan qurqqan” tuman hokimligining ayrim rasmiylari nazoratida amalga oshirilgan.

Anjir darakhti ostidagi fohishakhona

Usmir qizning uyda noqonuniy tarzda abort qilingani haqida profilaktika inspektoridan bildirgi olgan Fargona viloyat IIB tergov boshqarmasi utgan oy bu voqea yuzasidan surishtiruv boshlagan. Tergov davomida beshariqlik 22-36 ësh orqaligidagi turt nafar oilali va bolali erkakning 14 ëshga tulmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgani aniqlangan. Ayblov khulosasiga tikilgan uquvchi qiz kursatmasida bu erkaklarning “anjir darakhti ostida zurlik ishlatib¸ u bilan jinsiy aloqa qilgani” tafsilotlari keltiriladi.

Ayblanuvchilarning uchtasi qizning uz ikhtiëri va onasiga pul berish evaziga rozilik bilan jinsiy aloqa qilgani haqida kursatma bergan. Turtinchi ayblanuvchi – maktabning adabiët uqituvchisi esa umuman bu qiz bilan jinsiy aloqa qilmaganini ëzib bergan.

Voqea sodir bulgan mahalla faolining Ozodlikka aytishicha¸ homilador bulgan 14 yashar qizning otasi ishsiz¸ oila ona va qizlarining tuy va marakalarda idish-tovoq yuvishi hisobiga topgan puliga kun kuradi. Bu mablag tirikchiligiga etmagani vajidan qizning onasi uz mahallasida ikki qizini pul evaziga erkaklarga qushib berish bilan ham tanilgan.

Ayblov khulosasasida onaning mahalliy fermer yigitlar va maktab uqituvchisidan 30 ming sumdan pul olib¸ qizini ularga qushib quyganiga oid guvohlik va iqrorlik kursatmalari bor.

Mulozimlar sukutda

Ozodlik yuz bergan voqea yuzasidan Beshariq tumani hokimining khotin-qizlar ishlari buyicha urinbosaridan izoh suradi. Uzini hokim urinbosarining ërdamchisi deb tanishtirgan mulozim 14 yashar qizning uyida abort qilingani faktini tasdiqlab¸ keyinroq qungiroq qilishni suradi. Keyingi telefon qungirogiga javob berib¸ uzini Beshariq tuman hokimi Rasuljon Juraevning ërdamchisi deb tanishtirgan mulozim “bu voqeadagi barcha aybdorlar qonun oldida javob beradi” degan izoh bilan cheklandi.

Ozozlikka bildirilgan sunggi malumotlarga kura¸ qizning onasi sudgacha hibsda qolmoqda; qizni zurlaganlikda ayblanaëtgan uch nafar fermer yigit ham hibsga olingan. Uz uquvchisini pakhta dalasida zurlaganlikda gumonlanaëtgan adabiët muallimi esa tilkhat bilan uyiga quyib yuborilgan.

Fargona viloyati IIB khodimining Ozodlikka bildirishicha¸ tergov jaraëni yakuniga etgan va yaqin kunlarda ish sudga oshiriladi.

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …