Главная / Madaniyat / Onam joylaringiz jannatda bulsin

Onam joylaringiz jannatda bulsin

Bugun kunglim chukkan, kuzlarimda yosh,
Qalbimda ogriq bor kutarolmam bosh,
Sahar tongi guldek edi ul sirdosh,
Onam joylaringiz jannatda bulsin…

Keldim uzoqlardan kechikib nodon,
Mendayin yuqdira nonkur bir inson,
Ammo dilimdadir usha hur iymon,
Onam joylaringiz jannatda bulsin…

mazor-qabriston

Sizni onam dedim, omonat bilmay,
Boshimda bor dedim, sajdalar qilmay,
Nega duo olmadim, beparvo kulmay,
Onam joylaringiz jannatda bulsin…

Sochingizga oq tushsa qarilik debman,
Ne esam uzim deb yigibman, ebman,
Endichi poyingiz topib ham bupman,
Onam joylaringiz jannatda bulsin…

Qish keldi sovuqmasmi ayting Onajon,
Suzlashing iltimos men bilan bir on,
Uzoqlarda yuribman, yuribman sarson,
Onam joylaringiz jannatda bulsin…

Alloh jannatidan joy bersin sizga,
Tuproq uyumingiz surtaman yuzga,
Okhirgi gaplarimda, yosh oldim kuzga,
Onam joylaringiz jannatda bulsin…

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …