Главная / Madaniyat / Onajon (Muhammad Yuruf) sheri

Onajon (Muhammad Yuruf) sheri

Topmoq – yuqotmoqdir,
Yuqotmoq – topmoq,
Sen sulib,
Men yashab,
Tulishimga boq.
Sensiz topganimdan
Kuproq yuqotdim –
Sen meni yupatding,
Seni yiglatdim,
Sen meni yaratding,

ona
Seni tugatdim.
Uyalmay ONA deb,
Kelishimga boq!..

Soginch haqda she`rlar
YOzdim uzimcha,
Mendan peshonangda
Doglar tizimcha.
Ugil bulmay ulay,
Attangb ming attang.
Qiz tugsang netardi,
Kuproq qiz tugsang!..
Tirgak bulolmadim
Bitta qizingga
Uyalmay shoirman
Deyishimga boq.

Joningdan aylanay,
Turgil jonajon,
Yul qarab buldimi
Jigarginang qon?
Boqma, kuzlarimga
Bemajol, khasta,
Mening topganlarim
Gulmi bir dasta,
Yuqotganim senmi
Endi ONAJON?..
Uz etimni uzim
Eyishimga boq.

Bilsang yuragimni
Bir alam elar.
Buyursang qulimdan
Kelmaydi nelar,
Ayt,
Pichan yigaymi,
Utin yoraymi,
Erni haydayinmi,
Kuk agdaraymi?..
Itdek oyogingga
Suykalgim kelar –
Uchib-uchib, mana
Qunishimga boq.

Hech narsa kerakmas,
Bolam, hech deysan.
Endi kech deysan-da,
Endi kech deysan.
Yuzimni bosaman
Muzday yuzingga,

ONAJON,

Zor qilib ketma izingga!
Ulim oldida ham
Gamimni eysan,
Men-chi, jim, taqdirga
Kunishimga boq.

She`rim bitdi,
Khayir,
Dustlar khush qoling.
Bedil yashamakka
Urganmang menday
Boring,
Volidangiz
Kunglini oling,
Ertaga
Kech qolib
Urtanmang menday.

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …