Главная / Jamiyat / Ommaviy bushatilgan “Shurtanneftgaz” ishchilari norozilik bildirmoqda

Ommaviy bushatilgan “Shurtanneftgaz” ishchilari norozilik bildirmoqda

"Shurtanneftgaz"ning ishdan bushatilayotganlar ruykhatiga kirgan ishchilari.
“Shurtanneftgaz”ning ishdan bushatilayotganlar ruykhatiga kirgan ishchilari.

Qashqadarëning Guzor tumanida joylashgan “Shurtanneftgaz” korkhonasining 324 nafar ishchisi rahbariyatning uzlarini ishdan bushatish qaroriga norozilik bildirmoqda. Uzbekneftgaz”dan olingan malumotga kura, norozi ishchilarning talablarini urganish uchun makhsus ishchi guruh tuzilgan.

Ozodlikka 5 noyabr kuni murojaat qilgan “Shurtanneftgaz”ning bir guruh ishchilari korkhonada ommaviy ishdan bushatish holati bulayotganini aytib, bunga norozilik bildirishdi.

“Bizni ommaviy ishdan bushatishayapti. Jami 324 kishi. Iltimos yordam beringlar”¸ deyiladi Ozodlikka yullangan maktubda.

Ishdan bushatilayotganlar ruykhatiga kirgan ishchilardan birining Ozodlik bilan suhbatda aytishicha, ishdan haydalaëtganlarning barchasi korkhona quriqchilaridan iborat.

“Biz hammamiz “Shurtanneftgaz”ning “Tezkor quriqlash khizmati”da ishlaymiz. Boshliq majlis qilib, “okhranniklar hammasi ishdan bushatildi” dedi. Bizning huquqlarimizni poymol qilishayapti. Bizni oldindan ogohlantirishmadi. 324 ishchini birdaniga kuchaga haydayapti. Shuncha odam oilasini qanday boqadi endi?”, deydi “Shurtanneftgaz” quriqchilaridan biri.

“Shurtanneftgaz” mulozimlaridan biriga kura, 2 noyabr kuni korkhonadagi “Tezkor quriqlash khizmati” bulimi butunlay tugatilib, uning urniga IIVning quriqlash khizmati bilan shartnoma tuzilgan.

“Bu ishchilar shuning uchun bushatilayapti. Korkhona Ichki ishlar bulimining Quriqlash khizmati bilan imzolagan shartnomaga muvofiq, bundan keyin korkhonaning neft, gaz quvurlarini quriqlash ichki ishlar khodimlari zimmasiga yuklatildi”, dedi “Shurtanneftgaz” mulozimi.

Mamlakatdagi eng yirik gaz qazib chiqarish korkhonalaridan biri bulgan “Shurtanneftegaz” – “Uzbekneftegaz” milliy kholding kompaniyasining shuba korkhonasidir.

Ozodlik boglangan ishchilarning aytishicha, ommaviy ishdan bushatishga qarshi ishchilarning bir guruhi 5 noyabr kuni Toshkentdagi mutasaddilarga bevosita shikoyat qilish uchun “Uzbekneftgaz” bosh ofisiga kelgan.

Ozodlik boglangan “Uzbekneftegaz” mulozimiga kura, “Shurtanneftegaz” rahbariyati 324 ishchini ishdan bushatish holatida bir qator qonunbuzilishlarga yul quygan.

Ishdan bushashiga norozi bulgan ishlarning bir guruhi
Ishdan bushashiga norozi bulgan ishlarning bir guruhi

“Boshliq bu erda notugri ish qilgan. Ishdan bushatish haqida 2 oy avval ishchilarga ogohlantirish berishi lozim edi. Profsoyuz bilan hal qilish lozim edi. Mehnat kodeksiga zid ish tutgan”, dedi ismini ochiqlamayotganimiz “Uzbekneftegaz” mulozimi.

5 noyabr kuni kechga yaqin “Uzbekneftegaz” shirkati matbuot khizmati rahbari Mehribon Mamedovaning Ozodlikka aytishicha, “Shurtanneftegaz” ishchilarining shikoyatini urganish uchun makhsus ishchi guruh tuzilib, ishchilarning shikoyati qisman qondirilgan.

– Ular yana ikki oy ishlaydi. Ikki oy ichida ularga oylik beriladi. Ular bu vaqt ichida uzlariga boshqa ish qidirishi mumkin. Uchinchi oy ularga kompensasiya beriladi. Ishchi guruh sharoiti ogir, nogiron, kup farzandli oilalarning yashash sharoitini urganadi, ularga yordam kursatiladi. Ular neft-gaz tizimidagi bush urinlarga ishga olinadi. Ularni ish bilan taminlab beramiz, dedi Mehribon Mamedova.

“Shurtanneftgaz” korkhonasi 1980 yilda tashkil topgan bulib, gaz qazib olish, gaz, gazokondensat, neft konlarini ishlatish, gazni va gaz kondensatini tayyorlash va qayta ishlash bilan shugullanadi.

Hozirda “Shurtanneftegaz” jami 21 ta neft va gaz kondensati konlaridan foydalanmoqda.

“Shurtanneftegaz”ning yillik gaz ishlab chiqarish hajmi qariyb 15 milliard kub metrni tashkil qiladi. Bu mamlakat buyicha yillik gaz ishlab chiqarishning turtdan biriga tugri keladi.

Shuningdek, korkhona 175 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Яна маълумот

nUpwfes8jZf5puqVDrT-ygaHB6NViOgS

Qaysi kasalliklarda Fitoterapiya samarali tasir qiladi?

Shifobakhsh usimliklardan tayyorlangan dorilar qaysi kasalliklarga samarali tasir qilishi haqida malumot berildi. Shifobakhsh usimliklar qadimdan …