Главная / Siyosat / Oltinsoy voqeasi: Mahalliy aholi nimadan tahlikada va nimadan umidvor?
<

Oltinsoy voqeasi: Mahalliy aholi nimadan tahlikada va nimadan umidvor?

Surkhondaryo viloyati Oltinsoy tumanining «Khalqobod» mahallasida fermer khujaligiga ajratilgan er maydonida noqonuniy turarjoylar barpo etgan fuqarolar va huquq-tartibot organlari urtasidagi mojaro katta shov-shuv keltirib chiqardi.


Foto: Skrinshot / You Tube

Mojaro yuzasidan ketma-ket ravishda IIV, bosh prokuratura va Surkhondaryo viloyati hokimligining rasmiy munosabatlari elon qilindi. Bayonotlarda fuqarolarning er uchastkasini noqonuniy egallashgani, 14 fevral kuni yuz bergan janjal natijasida ikki nafar ichki ishlar organi khodimlariga tan jarohati etkazilganiga urgu qaratildi.

Kim haqligi borasida jamoatchilik fikri ikkiga bulingan. Ushbu bahsli masala yuzasidan deputatlar, partiya rahbarlari ham uz pozisiyalarini malum qilishmoqda.

Lekin mahalliy fuqarolar tomonidan olingan tasvirlarda khalqobodliklardan biri qonga belanib yotganini kurish mumkin. Tartib posbonlari keksa kishini sudrashgani ham aytilgan. Rasmiy munosabatlarda bu savolga oydinlik kiritilmagan.

Khalqobodda nima bulgandi uzi? Kun.uz mukhbirlari vaziyatga oydinlik kiritish va rasmiy munosabatlarda tilga olinmagan jihatlarni urganish uchun Oltinsoyda buldi.

Khalqobod mahallasi juda katta. Bu erda yashovchilarning ota-bobosi utgan asrning 50-yillarida togdan tushib kelib, shu adirliklarni obod qilib, makon tutishgan. Hozir bu maskanda 10 mingdan ziyod kishi istiqomat qiladi. Bu erdagi aholi uchun ikkita maktab bor. Uqitish uzbek va tojik tillarida olib boriladi.

Qishloqdoshlar fermer erida uy qurgan 5 yosh oila bu ishga noilojlikdan qul urganini aytishmoqda. Aytishlaricha, bitta khujalikda bir necha oila siqilib yashagan, shuning uchun alohida ruzgor qilib chiqishga majbur bulishgan.

Uyi buzilishi muljallanayotgan yosh oila intervyu chogida er uchastkasi fermerdan 2008 yilda olingani, uy esa 2017 yilda qurilganini davo qilishdi.


Botir Muhammadiev va Sunbula Davlatova

Botir Muhammadiev va Sunbula Davlatova 2012 yilda turmush qurishgan. Davoga kura, erni Botir Muhammadievning otasiga fermer bergan. Kup yillar ekin-tikin  qilib foydalanib kelishgan. Biroq erga egalik qilish uchun birorta hujjat berilmagan.

Ular 2018 yilda ham shu joyda uy qurishga urinib, poydevor urnatishganida, betonlar masullar tomonidan buzib tashlangan.

Turli munosabatlar va chiqishlarda aholi bu noqonuniy uylarni hujjatlashtirib olishga urinish uchun tezlikda qurgani, bu uylar vaqtinchalik uylar ekani takidlanmoqda. Lekin bu khonadon egalari bu erda ancha vaqtdan beri istiqomat qilib kelishayotganini aytishmoqda.

Ularning suzlariga kura, buziladigan bu uylar uchun rasmiylar boshqa joydan er taklif qilishmagan, faqat tumanda qurilayotgan kup qavatli uylardan sotib olishnigina tavsiya qilishgan.

Noqonuniy qurilgan deb topilgan va buzilishi kerak bulgan 5ta uydan biri Mehriniso Sattorovaning ugliga tegishli. Onakhonning aytishicha, ugli ikki yildan beri Rossiyada. Lekin IIB malumotnomasida uning nomi ham mojaro vaqtida qarshilik kursatganlar orasida sanab utilgan.


Mehriniso Sattorova

Gugl kharitasi arkhiviga etibor bersak, 2018 yil iyul oyida ham er maydoni egallanmaganiga guvoh bulamiz. Bu erda hech qanday qurilma yuq. Uzoq 2012 yilda ham bu erlar dala bulganini kharitadan kurish mumkin. Khulosa qilish mumkinki, uylar 2018 yil okhirida va 2019 yil boshlarida qurilgan.

Usha kuni janjal qanday yuz berdi?

Voqea guvohlaridan biri Gaffor Mirzoevning hikoya qilishicha, 8 fevral kuni ishchi guruh tomonidan turar joylar buzilishi haqida ogohlantirish berilgach, qishloq ahli 14 fevral kuni avtobus aytib, tuman markaziga — tuman hokimi bilan uchrashib, masalani muhokama qilish uchun bormoqchi bulib turishgan.


Gaffor Mirzoev

Mirzoevning suzlariga kura, usha kuni soat 13:00lar atrofida ichki ishlar organlari khodimlari uylarni buzish uchun tekhnika olib kelishgan, lekin aholining qarshiligi tufayli qaytib ketishgan. Keyin 1 soatlar utib kupchilik bulib qaytishgan. Ularning orasida formadagilar ham, fuqaro kiyimidagilar ham bulgan. Orada janjal boshlangan.

Gaffor Mirzoev ham 2008 yilda shu er shakhsiy tomorqa uchun zakhira qilinganini aytib, 5ta khujalikka masullar hujjat qilib bermaganini takidladi.

Ichki ishlar organi vakillari shu erda uy qurgan oilalardan birining vakili bulmish Zargul Kholmurodovani homilador bulishiga qaramasdan, sudrab avtobusga olib chiqishgan.


Zargul Kholmurodova

IIB khodimlari sudraganda Kholmurodovaning tizzalari shilinib ketgani aytilmoqda.

Umuman, usha kuni qishloq ahli tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilishganda ularni qabul qilishmagan. Usha kungi videolarda boshidan jarohat olgan Ilhom Muhammadiev ham Termiz shahridagi shifokhonaga olib borib yotqizilgan.

Usha kuni tuman ichki ishlar bulimiga avtobusda turt nafar yosh yigit va shu kelinchak Zargul Kholmurodovani olib ketishgan. Faqatgina homilador ekanligini aytganidan sung, yulning yarmida uni avtobusdan tushirib qoldirishgan. Avtobusda maktab uquvchilari ham bulgan. Oilalar utgan kunlar davomida faqat janjal khavfi bilan tahlikada yashab kelishgan.

Qishloq ahli erlardan 2008 yildan buyon foydalanib kelinayotganini aytishmoqda. Shu bilan birgalikda, qullarida hech qanday hujjat yuqligini tan olishmoqda. Qishloqda faqat mana shu 5 khonadon noqonuniy qurilmalar uchun elon qilingan «prezident amnistiyasi»ga tushmay qolgan.

Bu esa uylar amnistiyaga ildirish uchun shoshilinch qurilgani haqida takhminlar paydo qiladi.

Ular nega bunday noqonuniy tarzda shoshilinch uy qurib olishganini oilaviy ahvollari tangligi, turar joyga muhtojlik bilan tushuntirishdi.

Mahalliy aholi vakillarining suzlariga kura, ishchi guruh hech qanday sud qarorisiz, kuch ishlatib, ularning mehnat sarflab qurgan uylarini buzishga harakat qilgani odamlarni junbushga keltirgan.

Mahalliy aholi masullarning tashrifidan yurak oldirgan. Bu erga viloyat hokimi Tura Bobolov ham kelib, aybdorlarga chora kurilishini aytib utgan.


Foto: Surkhondaryo viloyati hokimligi akhborot khizmati

Viloyat hokimi bunday holatga sabab bulganlarning u khoh davlat hokimiyati organi vakili bulsin, khoh oddiy fuqaro — ularning khatti-harakatlariga huquqiy baho berilib, albatta qonuniy chora kurilishini aytib utdi. Shuningdek, uy-joyga muhtoj bu oilalarga qishloqning boshqa joyidan er ajratib berilishi haqida topshiriq berilganini aytdi.

Chindan ham, khalqobodliklarning aytishicha, faqatgina viloyat hokimi Tura Bobolovning tashrifidan sung, bu masalada ularni hech kim tashvishga solmayapti, yani quloqlari biroz tinchigan.

«Khalqobod»dagilar bu voqea butun respublikada katta rezonans keltirib chiqarganini tushunib turishibdi.

«Agar shunday bulishini bilganimda bu erga uy qurmasdim», deydi Mehriniso Sattorova.

Endi duppini olib bir uylab kuraylik. Vaziyat oddiy emas. Fermerga tegishli sugoriladigan er noqonuniy egallangan. Bunday holatlarga indamay qarab turib ham bulmaydi. Chora kurilmasligi, jazo taminlanmasligi kelgusida yana noqonuniy er egallashlar kupayishiga olib kelmaydimi?

Uz khizmat vazifasini olib borayotgan ichki ishlar organlari khodimlariga fuqarolar tomonidan tajovuz qilinishini jazosiz qoldirish haqida ham shunday deyish mumkin.

Keyin, mahalliy aholining huzuriga kelib, quruqdan quruq duq-pupisa qilish ham mana shunday khunuk oqibatlarga olib kelishi barcha uchun dars bulishi kerak. Bunday masalalarning barchasi huquqiy maydonda hal etilishi lozim. Dalada emas! Masalan, usha noqonuniy joylashib olgan khalqobodliklar sud qaroriga asosan er uchastkasida majburiy tarzda chiqarilganda gap-suzlar kamroq bular edi. Balkim bulmas ham edi.

Khullas, Oltinsoydagi bu qishloq aholisi ushbu chigal vaziyat tezroq bir tomonga echilishini, hal bulganda ham imkon qadar uzlari uchun manfaatli tomonga hal bulishini istashadi.

Kuramiz, viloyat va tuman rasmiylari bunga qanday echim topishar ekan? Kelgusida shunday holatlar boshqa biror joyda takrorlanmasligi uchun ham mojaro kelib chiqishiga yul quygan aybdorlarga albatta qonuniy chora kurilishi kerak.

О нас

Яна маълумот

Uzbekistondagi koronavirus bemorlari haqida yangi malumotlar berildi

Sogliqni saqlash vazirligi koronavirusga chalingan bemorlar buyicha qushimcha malumot berdi. Sogliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan …